2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. STATISTIK JADVAL VA GRAFIKLAR.
Reja:
2.1 Statistik ma’lumotlarni jamlash to’g’risida tushuncha, ma’lumotlarni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi va ularning o’lchov birliklari.
2.2. Statistik guruhlash haqida tushuncha va uning usullari, asosiy prinsiplari (qoidalari).
Statistik guruhlar turlari. Ikkilamchi guruhlash.
2.3 Statistik jadvallar to’g’risida umumiy tushuncha, ularning turlari va ularni tuzishning asosiy qoidalari.
2.4 Statistik grafiklar haqida tushuncha va ularning unsurlari
2.5 Statistik grafiklarning asosiy turlari.
2.6 Maxsus statistik grafik belgilari.
Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28
Tayanch iboralar.
Jamlash; statistik jamlash; statistik ma’lumotlarni o’lchash; shkala o’lchovi, statistik jamlash ma’lumotlarni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi; statistik jamlash ma’lumotlarni o’lchov birliklari; jamlash texnikasi, jamlash dasturi, jamlashni tashkil etish uslubi; guruhlash; statistik guruhlash; guruhlash belgisi; atributiv belgi;
Grafik; belgi simvol; statistik grafik; grafik maydon; grafik tasvir; grafik miqyos (masshtab); grafik shkala; grafik talqini (eksplikasiya); diagramma; chiziqli diagramma; poligon; taqsimlanish poligoni; taqsimlanish gistogrammasi; ustun shaklli diagramma; lenta shaklli diagramma; balans shaklli; Varzar belgisi.
2.1.Statistik ma’lumotlarni jamlash to’g’risida tushuncha, ma’lumotlarni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi va ularning o’lchov birliklari.
Statistik kuzatish o’rganilayotgan hodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p ma’lumotlarni to’plashga imkon tug’dirsa-da, lekin olingan ma’lumotlarning tarqoqligi sababli hodisa to’g’risida umumiy xulosalar yasashga imkon bermaydi. Shuning uchun ham mazkur ma’lumotlarni bir tizimga solish, qayta ishlash navbatdagi vazifa bo’lib hisoblanadi. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo’lib, statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash deb yuritiladi.
Bu bosqichda tadqiqotni amalga oshirish uchun dastavval to’plangan ma’lumotlarni jamlash tizimidan boshlanadi.
Statistik kuzatish natijasida ko’pdan-ko’p ma’lumotlar to’planadi-ki, ushbu ma’lumotlar har bir to’plam birliklari to’g’risida alohida-alohida tavsifnoma beradi. Bu haqda rus statistik olimi A.A.Kaufman shunday degan ediki, «bu olingan ma’lumotlar hali g’ishtlarki, bulardan binolar qurish zururdir».
O’rganilayotgan to’plamdagi ma’lumotlarni ma’lum tartibga va tizimga solish hamda ushbu to’plamga umumlashtirilgan tavsifnoma berish uchun faqatgina statistikjamlash orqali erishiladi.
Statistikjamlashdeb, o’rganilayotgan hodisalarni kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni bir tizimga solish orqali to’plamga umumlashtirilgan tavsifnoma berilishiga aytiladi.
Bu bosqichda olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, jami to’plamdagi materiallarga to’liq va obyektiv tavsifnoma berish, ommaviy ijtimoiy hodisalarning rivojlanish umumiy qonuniyatini ochib berish statistikjamlashning eng muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Ushbu vazifasidan kelib chiqqan holda, jamlashning tarkibiy elementlarini ko’rsatib o’tamiz:
- statistik jamlash ma’lumotlarini va uning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimini to’plamlar va uning guruhlari bo’yiga ishlab chiqish;
- statistik guruhlash;
- guruhlar va to’plamlar bo’yicha umumiy natijalarni hisoblash;
- axborotlarning yakuniy natijalarini statistik jadval va grafiklarda joylashtirish.
Demak, ushbu bosqichda o’rganilgan to’plamning har bir birliklariga to’liq tavsifnoma berilishi orqali statistik jamlash ilmiy asosda tashkil etiladi. Masalan, qishloq xo’jaligi korxonalarida o’zining ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha statistik jamlashni amalga oshirish uchun dastavval brigadalari bo’yicha, so’ngra xo’jaliklar, tumanlar, viloyatlar va nihoyat respublika bo’yicha umumlashtiriladi. Ko’rinib turibdiki, o’rganilgan ijtimoiy hodisalarni statistik jamlashning umumlashtirilgan xususiyati shundan iboratki, bunda hodisalarning sifatini bilish uchun faqatgina miqdoran bilish orqali erishiladi. Natijada ushbu to’plam ma’lumotlari to’g’risida yangi (birlamchi ma’lumotlarga qaraganda) umumlashtirilgan statistik joriyaxborotnoma olinadi-ki, bularni boshqacha yo’l bilan olish imkoniyati bo’lmaydi. O’z navbatida bu olingan statistik axborotnomani umumlashtirish orqali tahlil qilinadi.
Agarda, bu statistikaxborotnomani tahlil asosida olingan natijalari to’g’ri hisoblangan va haqiqatni to’g’ri tavsiflagan bo’lsa, u holda bu o’rganilgan ishtimoiy hodisalarga umumlashtirilgan obyektiv xulosa va takliflar berilishi mumkin.
Agarda, bu statistik axborotnomani tahlil asosida olingan natijalari to’g’ri hisoblanmagan va haqiqatni to’g’ri tavsiflamagan bo’lsa, u holda bu o’rganilgan ijtimoiy hodisalarga umumlashtirilgan obyektiv xulosa va takliflar berish imkoniyati tug’ilmaydi.
Demak, statistik jamlash ijtimoiy-iqtisodiy o’lchov jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bunda o’rganilayotgan har qanday hodisa va jarayonlarning yakuniy natijalari o’lchash orqali shakllanadi.
O’lchash – bu maxsus bilish jarayoni bo’lib, bunda ijtimoiy hodisa va jarayonning o’lchov darajasi aniqlashi tushuniladi va uni quyidagi formula shaklida keltiramiz:
Q = qv,
bunda – Q - o’lchanadigan daraja;
v- o’lchov birligi;
q -o’lchanadigan darajaning miqdor soni.
Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni bunday o’lchash katta ahamiyatga egadir, chunki bularni hisoblamasdan turib, ularning miqdoriy tomonini bilish, bu tomonlarini bilmasdan turib esa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning chuqur mohiyatini hamda bularni o’lchash mumkinligini o’rganib bo’lmaydi.
Har qanday ijtimoiy hodisa va jarayonni bilishda, uni o’lchashda, o’rganilayotgan obyektning maqsadidan kelib chiqadi, ya’ni: obyekt to’liq o’rganiltgan bo’lsa, o’lchanadigan barcha hodisalar ushbu obyektda ma’lum va bir xil bo’lsa va hokazo.
Ushbu maqsadlar aniqlangandan so’ng, hodisa va jarayonlarning o’lchash jarayoni boshlanadi. Bu o’lchashlar har xil daraja ko’rinishida bo’lib, bular quyidagi tip (toifa) nomi bilan ataluvchi – shkalada o’lchanadi.
Shkala – bir xil darajali sifatga ega bo’lgan hodisa va jarayonlarning taqqoslanishini tushunamiz va bularning eng asosiylarini ko’rib chiqamiz:
- Nominal(nomlangan)shkala - o’rganilayotgan obyektdagi hodisalarning bir-biridan farqlani-shini tushunamiz. Masalan, studentlarning jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi va hokazo. Ushbu obyektlar ham raqamlanib chiqilgan bo’lishi mumkin, lekin bu belgilangan raqamlar miqdor jihatdan o’rganilmaydi. Faqatgina shu obyektda bilish belgisi sifatida foydaniladi. Masalan, guruhdagi studentlar soni 20-bo’lsa, u holda har bir student o’zining belgilangan raqami bo’ladi hamda shu guruhdagi jami studentlar 1-20 oralig’idagi raqamlar belgisi bilan belgilab chiqiladi.
- Tartibli(darajali)shkala -o’rganilayotgan obyektning oshib borish (kamayish) tartibida joylanishini tushunamiz. Masalan, guruhdagi studentlarning qishki yoki yozgi sessiyasini to’liq beshga, undan keyin to’rt va beshga, faqat to’rtga, undan keyin uch va to’rtga hamda qoniqarsiz topshirganlarga bo’lib o’rganilishi misol misol bo’la oladi. Bu shkala ham arifmetik jihatidan hisoblanishi mumkin emas.
Interval(oraliq)shkala - o’rganilayotgan obyektning ma’lum intervalda joylanishini tushunamiz. Masalan, xo’jalikda ish jarayoni kun, oy, chorak va yillar bo’yicha olib borilsa, studentlarning bilim darajasini – 5,4 va hokaza ballarda hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida esa yerning sifati 0-100 ball tizimi orqali belgilanadi.
Proporsional(munosabat)shkala - o’rganilayot-gan obyektda miqdoriy belgilar o’lchanadi va hamma statistik ko’rsatkichlar hisoblanadi (masalan, jami terib olingan paxta miqdori, xo’jalikdagi jami ish haqi fondi, kolxozchilarning yoshi va ish staji va hokazo.)
Demak, nominal va tartibli shkalalar so’zlar orqali ifodalansa, bu o’lchash ko’p hollarda sifato’lchash deb yuritiladi. Interval shkalada o’lchash natijalari maxsus sonlar orqali ifodalanib, bu sonlar orqali arifmetik hisoblar olib boriladi (masalan, ballarni qo’shish orqali). Bu o’lchashni ayrim hollarda kvantifikasiyao’lchash deb yuritiladi. Proporsional shkalada esa o’lchash natijalari oddiy raqamlarda ifodalanib, bunda hamma arifmetik hisoblar qo’llanib, bu yerda o’zining miqdor o’lchash birligi mavjud bo’lib, bu shkala metrli o’lchash deb yuritiladi.
Shkala – ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’lchashda katta ahamiyatga egadir. Har qanday o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisani hammavaqt ham sonlar bilan o’lchab bo’lmaydi, balki ularni yozish orqali ifodalash mumkin: «Yaxshi-yomon», «ertaroq-kechroq» va hokazo. Bu o’lchashlar u yoki bu narsaga bo’lgan talabda, mahsulotlarning sifatini aniqlashda, ishchilarning kvalifikasiyasini belgilashda, mehnatning intensivligini hisoblashda va hokazolarda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |