2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. Statistik jadval va grafiklar


Statistik grafiklar haqida tushuncha va ularning turlari



Download 428,95 Kb.
bet9/13
Sana05.04.2022
Hajmi428,95 Kb.
#529858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Stat 2-mavzu

2.4.Statistik grafiklar haqida tushuncha va ularning turlari.
Jadvallardan tashqari, statistik ma’lumotlarni ko’rgazmali va kompakt (bir tartib) holda keltirish uchun grafiklardan keng foydaniladi. Bu grafiklar ko’p hollarda har xil shartli belgi-simvol (nuqtali, chiziqli, figurali va hokazo)lar bo’lgan tasvir holida keltiriladi. Bu grafiklar statistikada XVIII–asrning oxirlarida qo’llana boshlandi, lekin faqatgina XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa bunga qiziqish va undan keng foydalanish natijasida ko’pchilik davlatlarda joriy etish boshlandi.
Statistik grafiklar- jadvallardan farqliroq, u yoki bu ijtimoiy hodisalarning holati va rivojlanish qonuniyatini umumlashtirilgan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga statistik grafiklarni ishlab chiqarish jarayoni, ishchilarning ishga chiqish va shu kabi grafiklardan farq qilmoq kerak-ki, bular hamma vaqt statistik jadvallardek, o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni statistik ko’rsatkichlar orqali tasvirlaydi.
Demak, statistik ma’lumotlar va ularning nisbatli bo’lgan ko’rgazmali tasvirlarini geometrik shakl va chiziqlar (diagrammalar), geografik xaritalar (xaritogramma va xaritodiagrammalar) yordamida ifodalash statistik grafiklar deb ataladi. Grafiklar kishining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga statistik ma’lumotlarni yaxshiroq esda saqlashga, to’laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun ham ular ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarni ommalashtirishda, kamchiliklarni esa yaqqol ko’rsatishda muhim qurol vazifasini o’taydi.
Bu grafiklar turli hodisalarni taqqoslashda, ularning dinamikasi va o’zaro bog’lanishlarni tahlil qilishda, davlat buyurtmalarini korxona, tuman, viloyat va mamlakatlar o’rtasidagi shartnomalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda, o’rganilayotgan to’plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqyealarning hududlar miqyosida yoyilish ko’lamini tavsiflashda keng qo’llaniladi.
Statistik grafiklarni tasvirlashdagi asosiy talablar quyidagilardan iboratdir:
- grafiklar birlamchi ma’lumotlarni aniq va to’la ifoda etishi kerak bo’ladi;
- birlamchi ma’lumotlar hayotdan olinishi bilan birga mantiqiy ko’rsatkichlar orqali tavsiflangan bo’lishi kerak bo’ladi;
- grafiklar ko’rgazmali va tushunarli, tez o’qiladigan, o’ziga jalb qiladigan va esda qoladigan bo’lishi kerak bo’ladi;
- grafiklar badiiy jihatdan to’g’ri va estetik jihozlangan bo’lishi kerak bo’ladi va hokazo.
Bu talablarni amalga oshirish uchun grafiklarning quyidagi asosiy unsurlariga e’tibor berish kerak bo’ladi:
Grafikmaydon – bu geometrik shaklning joylashadigan joyi tushuniladi. Bu maydonni aniqlayotganda grafikning kata-kichikligiga, undagi tomonlar nisbatiga ham albatta e’tibor berish kerak. Ko’pincha maydon tomonlarini aniqlayotganda 1,00 : 1,33 dan 1,00 : 1,50 gacha nisbatlarda grafiklar tuzish uchun asos qilib olinadi. Umuman bu nisbatlar har bir holatda tadqiqotchining mustaqil yondoshishi asosida ham aniqlanishi mumkin. Lekin grafikning yotiq (gorizontal) va tikka (vertikal) chiziqlarini o’ta uzaytirish ham uning ayonlashtirish qobiliyatini yo’qotib qo’yadi.
Grafik tasvir - bu grafikning asosi va tilidir. U yoki bu ko’rinishdagi geometrik shaklning qo’llanilishiga qarab grafiklar nuqtali, chiziqli, ustunli, lentali, kvadratli, doirali va hokazo ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Bulardan tashqari, tasvir nogeometrik shakllarda, ya’ni rasm-siluet ko’rinishida ham bo’ladi. Tasvir qo’shimcha unsurlar bilan to’ldiriladi. Bular jumlasiga grafikning nomi, shartli belgilari, koordinata o’qlari, miqyos va shkalalar kiradi.
Grafik miqyos (masshtab) - bu raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlar grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi «shartli me’yorlardir». U o’rganilayotgan hodisalarning qanday miqdori maydondagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O’zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzishda 1,0 mln. t. paxtani 1-santimetrga teng deb qabul qilib olsak, bu me’yor ushbu grafikning miqyosi bo’lib hisoblanadi.
Grafik shkala - bu grafikning shunday chizig’i tushuniladi-ki, bunda uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo’ladi, ya’ni:


0

10

20

30

40

50








































































  • Shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq.

  • Shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar.

  • Nuqtalarni tavsiflovchi raqamlar.


Grafik talqini (eksplikasiyasi) - bu grafikning mazmunini so’z bilan tushuntirish tushuniladi. Bu o’rinda shuni qayd qilish kerak-ki, grafik nomi aniq va qisqa bo’lib, nima, qanday va qachon degan savollarga to’liq javob berishi lozim. Agarda, grafik bir necha chiziqlardan tuzilgan bo’lsa va u grafik maydoniga sig’masa, bunday holatda chiziqlarni shartli belgilar bilan ifodalab, grafik maydonidan tashqariga chiqarish kerak bo’ladi. Grafik maydonida ko’rsatkichlar shartli belgilar qancha kam bo’lsa, grafik shuncha tez diqqatni o’ziga jalb qiladi. Undagi barcha yozuvlarni yotiq joylashtirishga harakat qilish kerak bo’ladi.


Download 428,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish