1-мавзу. Iqtisodiy tahlilning mohiyati, ahamiyati va vazifalari



Download 21,16 Kb.
bet1/4
Sana29.04.2022
Hajmi21,16 Kb.
#594383
  1   2   3   4
Bog'liq
1-¼áóºÒ

1-мавзу. Iqtisodiy tahlilning mohiyati, ahamiyati va vazifalari



1.1. Korxonalarni boshqarishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati

Respublikamizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish ja­rayo­nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqa­rish tizimiga bog‘liq. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali bosh­qarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil mu­him ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar ham­da ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olin­gan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.


Fan-texnika yangiliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta’minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘­jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlan­ti­rish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksal­tirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazi­falarni muvaf­faqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining fao­liyatini har to­monlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish zarur.
Iqtisodiy tahlil sanoat korxonalarini boshqarish tizimida ora­liq bosqichni egallaydi. Shu joyda boshqarish jarayonidagi asosiy uch bosqichni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Axborotlarni (ma’lumotlarni) to‘plash va tayyorlash.
2. Obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va uning nati­jalari asosida takliflar kiritish.
3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Ko‘rinib turibdiki, qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning o‘z vaqtida hamda tezkorlik bilan o‘tkazilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yerda asosiy vazifa ana shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda uyg‘unlashtirish hisoblanadi.
Korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun rahbarlar kerakli ma’lumotlar bilan ta’­minlanishi zarur. Buning uchun korxonaning xo‘jalik faoliyati uzluk­siz kuzatib boriladi. Kuzatish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar miq­dor ko‘rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalanish uchun ular o‘ziga xos maxsus tartibda, hisob tizimi usullari va shakllari bo‘­yicha ro‘yxat qilib boriladi. Bu holat xo‘jalik hisobi tizimining aso­siy maz­munini tashkil qiladi.
Hozirgi davrda korxona iqtisodini boshqarish ancha murakkab ma­sala. Chunki boshqariluvchi obyekt shakl va mazmuni hamda boshqaruv maq­sadiga ko‘ra turli xildir. Lekin barcha holatlarda ham tejam­korlik tamoyiliga amal qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik hisobi tizimida tejamkorlik asosida mehnat vositalaridan samarali foydalanish, korxonada mavjud bo‘lgan xomashyo va material­larni ilmiy asosda sarflash hamda mehnat resurslaridan oqilona foy­dalanishni taqozo etadi. Bu jarayonda iqtisodiy tahlilni obyektiv va natijali bo‘lishi ko‘p jihatdan tahlil ishlarini to‘g‘ri uyushtirish yoki tashkil etishga hamda ilmiy asosda rejalashtirishga bog‘liq.
Milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlari kor­xo­nalarning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishga va eng muhimi tashqi bozor nuqtai nazaridan korxonalarimizning ishi­ga, ular­ning mahsuloti sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishiga keng yo‘l ochmoqda. Chunonchi, korxonalarning mustaqil tarzda tashqi bozorga chiqishi va ularning xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishlari o‘z navbatida bu borada ham iqtisodiy tahlilning o‘ziga xos maxsus usullarini ishlab chiqishni va ularni takomillashtirishni taqozo qiladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar nati­jasida bozor munosabatlari davr talablari asosida rivojlan­tirilib tobora takomillashtirilib borilmoqda. Bu jarayonda korxonalar:
• O‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish.
• Texnik yangilash va diversifikatsiya qilish.
• Innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish.
• Ishlab chiqarish resurslaridan tejamkorlik asosida foydala­nish.
• Rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshira borish.
• Ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish kabi ustuvor vazi­fa­larni amalga oshirishi zarur.
Ushbu qayd qilingan dolzarb vazifalarning bajarilishida iqti­sodiy tahlil ham boshqa fanlar kabi o‘z ahamiyatiga ega. Bu esa o‘z nav­batida iqtisodiy tahlilning usullarini ham davr talablari asosida takomil­lash­tirishni taqozo qiladi.


Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish