Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari turg’unboyeva Asiya



Download 1,47 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#772827
Bog'liq
2 5260727350051479090

IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI Turg’unboyeva Asiya

REJA: Korxonalarni boshqarishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati. Iqtisodiy tahlilning predmeti. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari va prinsiplari.

Korxonalarni boshqarishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati. Respublikamizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayo- nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog‘liq. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali bosh- qarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.

Iqtisodiy tahlil sanoat korxonalarini boshqarish tizimida oraliq bosqichni egallaydi. Shu joyda boshqarish jarayonidagi asosiy uch bosqichni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Axborotlarni (ma’lumotlarni) to‘plash va tayyorlash. Obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar kiritish. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Ko‘rinib turibdiki, qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning o‘z vaqtida hamda tezkorlik bilan o‘tkazilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yerda asosiy vazifa ana shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda uyg‘unlashtirish hisoblanadi.

Korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun rahbarlar kerakli ma’lumotlar bilan ta’- minlanishi zarur. Buning uchun korxonaning xo‘jalik faoliyati uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalanish uchun ular o‘ziga xos maxsus tartibda, hisob tizimi usullari va shakllari bo‘yicha ro‘yxat qilib boriladi. Bu holat xo‘jalik hisobi tizimining asosiy maz- munini tashkil qiladi.

Iqtisodiy tahlilning predmeti. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kela- digan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli fao- liyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy mo-liyaviy natijalar hisoblanadi. Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalar- dagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi.

Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari va prinsiplari. Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab belgilanib boriladi. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilarhisoblanadi: • O‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish. • Biznes-rejalar va me’yorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni uzluksiz takomillashtira borish. • Biznes-rejalarning bajarilishini hamda me’yorlarga amal qi- linishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o‘rganish. • Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalan- ganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish.

E`tiboringiz uchun raxmat !


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish