Mavzu: Umumta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlari. Annotatsiya



Download 25,86 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi25,86 Kb.
#521431
Bog'liq
bFL9NNJ63hF0Id7yzCzK4f49qjCYkG74 (1)


Mavzu: Umumta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlari.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, o’sib borayotgan yosh avlodni ma’naviy axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jixatidan yangi bosqichga ko’tarishning eng muhim sharti hisoblanadidan, shuningdek o’quv tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo’llashga ko’maklashadigan masalalar yoritib borilgan. Tizimdagi har qanday faoliyat qachon oqlaydi, agar u o’zining asosiy maqsadiga erishishga hissa qo’shsa. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tashkilot tizimdagi barcha faoliyat faqat u yaratilgan maqsadlarni amalga oshiradigan tarzda ishlab chiqilishi kerak.
Kalit so’zlar. Boshqaruv, ta’lim, dastur, o’quv reja, ta’lim tizimi, tarbiya, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, taraqqiyot, boshqaruv, tanqidiy tahlil.
Umumta’lim maktablarida ta’lim – tarbiya jarayoni , boshqaruv jarayoni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni O’zbekiston Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat ta’limi andozalari darajasiga muvofiq pedagogik jihatdan asoslangan o’quv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olingan asosga quriladi.
Umumta’lim maktablarini boshqarish jarayonini takomillashtirish rejalari
“Ta’lim to’g’risida” gi qonun;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi;
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi;
Umumta’lim maktablarining nizomi pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar hamda pedagogic menejmentning hozirgi zamon rivojlanishiga asoslanib tuzilishi lozim.
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Ularning raisliklarida Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo’yicha bir qancha videoselktor yig’ilishlar o’tqazilib kelinmoqda.
Yurtboshimiz umumta’lim maktablari tizimini isloh qilish bo’yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar xaqida fikr yuritar ekanlar, ulug’ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy ning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktabdir” degan fikrlarini alohida ta’kidlab, bu masalaning tub mohiyati va ahamiyaatiga to’xtalib o’tgan edilar.
Haqiqatdan ham jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularda jamiyat hayotini o’zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. Chunki ta’lim tizimini o’zgartirmasdan turib, jamiyatni o’gatirib bo’lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o’qituvchilardir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, umumta’lim maktablarini boshqarish jarayonlarini tubdan takomillashtirish, keyingi yillarda yuzaga kelayotgan bir qancha muammolarni samarali bartaraf etish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan Xalq Ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy – me’yoriy asoslari mustahkamlandi.
Ulug’ allomalarimiz – Mirzo Ulug’bek va al – Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Ishoqhon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Hudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi, zamonaviy namunali ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Shuningdek Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida tuzilma tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Eng asosiysi 48 ta maqsadli ko’rsatkichlarga erishish bo’yicha aniq mehanizmlar bilan belgilangan Xalq Ta’limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasqiqlandi.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish, xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil qilish, davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy texnik holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar aniqlanib, Xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy va ustivor yo’nalishlari, tartiblari, o’qituvchi maqomi, kuzatuv kengashlaari, nazorat qiluvchi organlar tarkiblari tuzilib, ularning faoliyatlari belgilab berildi.
Ta’lim sifatini oshirish g’oyalari yangi boshqaruv tizimlarini tanlash, loyihalash va qo’llash masalalari xozirda ilgari surilmoqda. So’nggi paytlarda ta’lim muassasasi faoliyati natijalariga ta’siri faol o’rganilayotgan eng jozibali boshqaruv tizimlaridan biri bu – dasturiy maqsadli boshqaruvdir.
Tor talqinda maqsadli boshqaruv bu – maqsadli dastur yondoshuvining barcha hususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi yagona rejalashtirish xujjati bo’lgan xar hil turdagi maqsadli komplek dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
Har qanday darajadagi tashkilot rahbarining vazifasi – tashkilot faoliyatiga ta’sir qiluvchi barcha hilma hil omillarni hisobga olish, vaziyatni to’g’ri baholash va eng yaxshi yechimlarni tanlash.
Umumiy qilib aytganda, so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, iqtisodiyot taraqqiyotining zamonaviy talablari, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyati, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining hayotimizga jadal kirib kelishi va boshqa shu kabi omillar ta’lim tizimining sifati va samaradorligi darajasiga alohida talablar qo’ymoqda, ta’limning barcha bosqichlari shakli va mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy va iqtisodiy-moliyaviy masalalarini tanqidiy o’rganib chiqish va konstruktiv o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzalarida “ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini” alohida ta’kidlab o’tgan edilar.
Xulosa
Yoshlarimizga jahon ta’lim mezonlariga mos xolda chuqur bilim berish, ularni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash masalalari ta’lim sohasining asosiy vazifasidir. Bu esa uz o’rnida ta’lim boshqaruvi organlari, muassasalari, o’quv yurtlari rahbarlaridan tashkilotchi xamda tadbirkor, yuqori bilim va yuksak madaniyat egasi bo’lishini talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – Toshkent, O’zbekiston, 2000.

3. Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992.
4. Pedagogika.A.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.
Download 25,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish