MAVZU-2. MAKROIQTISODIY TAHLILNING USLUBIYOTI VA USULLARI
Reja:
1. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi о‘rni. Iqtisodiy tahlilning о‘ziga xos xususiyatlari.
2. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uslubiyoti. Tahlil uslubiyotini shakllantirishda tizimli
yondashuv.
3. Makroiqtisodiy tahlilning amaliy ahamiyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
iqtisodiy tahlil natijalarining о‘rni va ahmiyati.
Tayanch sо‘z va iboralar
Makroiqtisodiy jarayonlar va ularni ifodalovchi kо‘rsatkichlar iqtisodiy tahlilining
obyekti sifatida. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi о‘rni. Iqtisodiy tahlilning о‘ziga xos
xususiyatlari. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uslubiyoti. Tahlil uslubiyotini
shakllantirishda tizimli yondashuv. Makrokо‘rsatkichlar tahlilning yuqori darajadagi
murakkab obyekti, ularning miqdoriy jihatdan shakllanishi. Iqtisodiy tahlil usullari va ularni
amalda qо‘llashning asosiy tamoyillari, tahlil obyektining xususiyatiga qarab ularni tanlash
uslubiyoti. Makroiqtisodiy tahlilning amaliy ahamiyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
iqtisodiy tahlil natijalarining о‘rni va ahmiyati.
2.1. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi о‘rni. Iqtisodiy tahlilning о‘ziga xos
xususiyatlari
Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki,Osiyo
taraqqiyoti banki kabi xalqaro moliya tashkilotlar faoliyatiga qatnashish bir qancha
qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Bulardan biri bо‘lib mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishini tahlil qilganda makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarini bir
xil usul va uslublarda hisoblash kiradi. Mamlakatni iqtisodiy
holatini, о‘tkazilayotgan joriy chora tadbirlarini zarurligini,
samarasini baholashda iqtisodiy tahlil juda katta ahamiyatga ega.
Tahlilning muhim vazifalaridan biri bо‘lib mamlakatda sodir
bо‘layotgan jarayonlarni modellashtirishning sifatini oshirish,
о‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatni natijalarini aniqlashdir.
Makroiqtisodiy tahlil kо‘rsatilgan iqtisodiy agregatlarni
о‘zgarishlarini
tushuntirib,
iqtisodiyotda
kutilmagan
о‘zgarishlarni oldini olish va chora tadbirlarni kо‘rish uchun
mamlakat mamuriyatiga belgilani kо‘rsatishni maqsad qilib
qо‘ygan. Mamlakatda sodir bо‘ladigan holatlarni aniq tahlili va
undan keyingi zarur bо‘ladigan siyosatni ishlab chiqish, aniq
iqtisodiy va statistik ma’lumotlari sistematik ravishda tо‘planishni
talab etadi.
Makroiqtisodiy tahlil shunday vositadirki, uning yordamida makroiqtisodiy tahlil
axborot ta’minoti, real sektor, tо‘lov balansi, byudjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati,
bandlik, ishsizlik va inflyatsiya darajalar ustidan nazorat yuritish mumkin bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |