2-mavzu. Sanoat korxonalarni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish Reja


Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyati



Download 370,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana20.04.2020
Hajmi370,22 Kb.
#45883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2-mavzu

Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyati 

Rejalarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslashda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 

Ko’rsatkich  bu  topshiriqning  ifodalanish  formasi.  Ko’rsatkichlar  tizimi  esa 

ko’rsatkichlarning mazmuni mohiyati va ifodalanishi majmuidir. 

Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi: 

Birinchidan: ma’lum bir maqsad va adresga qaratilganlik. 

Ikkinchidan: barcha sub’ektlar uchun umumiylik. 

Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagilar kiradi: 

1. Natura va qiymat. 

2. Miqdor va sifat. 

3. Tasdiqlangan va hisob-kitob. 

Rejalashdagi  qo’llaniladigan  ko’rsatkichlar,  son  va  sifat,  hajm  va  solishtirma 

ko’rsatkichlarga bo’linadi. 

1.Sonli  ko’rsatkichli  reja  absolyut  o’lcham  bilan  ifodalanadi.  Bunga:  tovar  hajmi,    sotish 

hajmi, ishchilar soni, ish haqi fondi, foyda summasi, turli ishlab chiqarish resurslarini sarfi (metall, 

yonilg’i va boshqalar.) 




2.Sifat  ko’rsatkichlari  nisbiy  o’lchamda  hisoblanadi.  Ular  ishlab  chiqarishni  iqtisodiy 

samarasi,  uning  alohida  omillari  bilan  ifodalanadi.  Bu  mehnat  unumdorligini  o’sishi,  mahsulot 

tannarxini kamayishi va boshqalar. 

  Sifat ko’rsatkichlari, son ko’rsatkichlarning o’zaro nisbiyligini ifodalaydi Masalan, ishlab 

chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, mahsulot sifati va boshqalar.  

Son  va  sifat  ko’rsatkichlarining  o’zaro  bog’lanishi  va  o’zaro  ta’siri  korxona  jamoasi 

mehnatini  samarali  tashkil  etish  uchun,  uzluksizlikni  va  ishlab  chiqarishni  o’sish 

proportsionalligini ta’minlash, ishchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirish 

uchun  bitta  ko’rsatkich  masalan,  tovar  mahsuloti  hajmi  kamlik  qiladi,  bunda  bar  qator 

ko’rsatkichlar  tizimi  kerak  bo’ladi.  Son  va  sifat  ko’rsatkichlarini  hisoblash,  soha    ishchilarini 

ishlab  chiqarishdagi  mahsulot  chiqarish  hajmiga  yo’naltirilgangina  bo’lmasdan  aholi  uchun 

kerakli  bo’lgan  mahsulot  ishlab  chiqarish  kerak,  xalq  xo’jaligiga  tur  bo’yicha,  kerakli    sifat 

talabida kam sarf qilish bilan foyda ko’rinishidagi samara olish kerak. Ushbu muammolarni hal 

etish yechimi, korxonani bozor munosabatlariga o’tishi hisoblanadi. 

Hajmli  ko’rsatkichlar  ishlab  chiqarishni  bir  butun  absolyut  o’lchamlari,  unda 

qatnashayotgan alohida jarayonlar, omillar bilan belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarishni bir butun 

hajmi, mexanik ishlovlar, yig’im, mehnat sarflari, material resurslari va boshqalar hajmlari. 

Solishtirma  ko’rsatkichlar  ikki  yoki  bir  qancha  o’zaro  bog’langan  ko’rsatkichlarni 

belgilanish nisbiyligi. Masalan, mahsulot birligiga metall sarfi, ishlab chiqarish quvvati birligiga 

kapital qo’yilma va boshqalar. 

Tasdiqlangan ko’rsatkichlar yuqori davlat organlari tomonidan beriladi, bajarilishi majbur 

hisoblanadi. Masalan, yalpi paxta hosili. hisob-kitob ko’rsatkichlar tasdiqlangan ko’rsatkichlarni 

asoslashda foydalaniladi. Ularga ekin maydoni, hosildorlik, ishlab chiqarish quvvati, quvvatdan 

foydalanishni misol qilib olishimiz mumkin. 

Korxonani rivojlantirish rejasiga quyidagi asosiy bo’limlar kiradi: 

1. 


Soha  mahsuloti ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish programmasi).                        

2. 


Fan va texnikani rivojlantirish rejasi. 

3. 


Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish  rejasi.  

4. 


Kapital qurilish va kapital qo’yilma rejasi. 

5. 


Material texnik ta’minot rejasi. 

6. 


Mehnat va xodimlar rejasi. 

7. 


Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni sotish rejasi. 

8. 


Moliyaviy reja. 

9. 


Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasi 

10. 


Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan unumli foydalanish rejasi. 

  Mahsulot  ishlab  chiqarish  rejasi  ishlab  chiqarishdagi  alohida  turdagi  mahsulotga 



belgilanadigan  natural  va  qiymat  ifodasidagi  topshiriq  bo’lib,  kelajakda  mahsulot  sifatini 

oshirishni ko’zda tutadi. Mahsulot hajmini aniqlash uchun tovar  mahsulotni qiymati va uni sotish 

ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.  

  Fan va texnikani rivojlantirish rejasi - uning bosh ahamiyati - ilmiy texnik  taraqqiyotni 



tezlashtirish, shu sababli, ushbu tadbirga ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishda mahsulotning 

yangi  turini  ko’paytirish,  progressiv  texnologiyani  joriy  etish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

mexanizatsiyalash,  avtomatlashtirish,  mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etish  kiritiladi.  Fan  va 

texnikani  rivojlantirish  ko’rsatkichlari  mamlakatda  birinchi  ishlab  chiqariladigan  mahsulotni 

yo’lga qo’yishda, mexanizatsiya  darajasi  va  mehnatni avtomatlashtirish, asosiy  va  yordamchi  

ishlab  chiqarishga  ajratish, rejali davr uchun, ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirish tadbiri 

bo’yicha  nisbiy  ishchilar  sonini  kamayishi,  mehnat  unumdorligini  ortishi  va  tovar  mahsuloti 

tannarxini  kamayishi,  shuningdek  soha    korxonalari  ishlab  chiqarish  uchun  uslubiy  bo’lgan 

ko’rsatkichlar  -  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  sifati,  jihozlardan  foydalanish,  ishlab 

chiqarishdagi material sig’imi, mehnat unumdorligi natural ko’rinishi va boshqalar hisoblanadi. 

  Ishlab  chiqarishda  iqtisodiy  samaradorlikni  oshirish  rejasi  -  unda  umumlashgan 



ko’rsatkichlar,  ishlab  chiqarish  iqtisodiy  samaradorligini  oshirish,  jonli  mehnat  iqtisodiy 


samaradorligini oshirishni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari - asosiy fondlar, aylanma vositalar, 

kapital qo’yilma, material resurslar beriladi. SHu ko’rsatkichlar sonidan sof va tovar  mahsuloti 

ishlab chiqarishni o’sish surhati,  umumiy rentabellik, bir so’mlik tovar mahsulotiga xarajatlar,  

mehnat unumdorligini o’sishi va aylanma vositalari aylanish sonini o’sishi bilan ifodalanadi.  

 


Download 370,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish