Asosiy vositalarning dinamikasi deganda ularning yillar bo‘yicha o‘zgarishlari tushuniladi.
Dinamik o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‘yicha mutloq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida asosiy vositalarning tarkibiy o‘zgarishlariga baho berish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish vositalari tarkibining tahlili
2-jadval
Ko‘rsatkichlari
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Yil boshiga nisbatan uzgarishi
|
Mln.
so‘m
|
%
|
Mln.
so‘m
|
%
|
Mln.
so‘m
|
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
1.Binolar
|
227
|
33
|
217
|
31
|
-
|
95
|
2.Inshootlar
|
195
|
2
|
1950
|
2
|
-
|
-
|
3.Uzatkich jihozlar
|
287
|
4
|
287
|
4
|
-
|
-
|
4.Mashina
|
354
|
52
|
383
|
55
|
+284
|
108
|
5.Transport
|
4401
|
6,5
|
4730
|
6,8
|
+329
|
107,4
|
6.Inventarlar
|
483
|
0
|
404
|
0
|
-79
|
83
|
Jami asosiy ishlab chiqarish fondlari
|
67937
|
100
|
69991
|
100
|
+2054
|
+103
|
Кeltirilgan jadval ma’lumotlariga ko‘ra, firmada jami asosiy vositalar 71 mln. 49 ming so‘m ni tashkil qilgan. Yil boshiga nisbatan 1 mln. 567 ming so‘m ga yoki 2,2% ga o‘sgan. Sanoat asosiy ishlab chiqarish vositalarining salmog‘i esa 3% ga yoki 2 mln. 054 ming so‘m ga ko‘paygan, boshqa tarmoqlarning asosiy ishlab chiqarish fondlari esa 487 ming so‘m ga kamaygan. Noishlab chiqarish fondlari umuman o‘zgarmagan. Korxonada boshqa tarmoqlarning asosiy ishlab chiqarish fondlari kamayishi korxonada ish sharoitining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Asosiy vositalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Korxonada jami sanoat ishlab chiqarish fondlari yil oxirida, yil boshiga nisbatan 2 mln. 054 ming so‘m ga yoki 103%ga ko‘paygan. Shundan mashina va uskunalar 2 mln. 848 ming so‘m ga ko‘paygan. Binolar esa hisobot yilining boshiga nisbatan 1 mln. 044 ming so‘m ga, inventarlar 79 ming so‘m ga kamaygan. Inshootlar va uzatkich jihozlar umuman o‘zgarmagan. Asosiy fondlar aktiv qismining salmog‘i 52,2% dan yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 55% ni ko‘rsatgan.
Qanday maqsadga mo‘ljallanganidan qat’iy nazar asosiy vositalar ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan (mashinalar, dastgohlar, qo‘rilmalar va h.k.) yoki ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadigan (ishlab chiqarish binolari, uzoq, masofaga tortilgan quvurlar va h.k.) vositalar kiradi. Asosiy noishlab chiqarish vositalari maishiy, xizmat obyektlari, tibbiy muassasalar va h.k.
Hisob va rejalashtirish uchun asosiy vositalar turli xizmat muddati va ishlab chiqario‘da qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlariga qarab asosiy vositalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo va boshqa sohalarning asosiy ishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi.
Asosiy vositalar o‘z turlariga ko‘ra hozirda quyidagi guruhlarga ajratilgan:
Binolar. Asosiy, yordamchi jarayonlar o‘tadigan bino; ma’muriy binolar; xo‘jalik qurilmalari. Bu obyektlarning qiymatiga qurilish qiymatidan tashqari, isitish, suv, elektr sistemalari va ventilyatsiya qurilmalari qiymati va boshqalar kiradi.
Inshootlar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi muhandislik-qurilish obyektlari: yo‘llar, estakada, tunnel, ko‘priklar va boshqalar.
Uzatish xo‘jaliklari. Turli energiya mashina-dvigatellaridan ish mashinalariga uzatib beruvchi issiqlik tarmog‘i, bug‘ yo‘llari, suv yo‘llari va elektr tarmoqlari.
Mashina va jihozlar:
hamma turdagi energetik agregatlar va dvigatellarni o‘z ichiga oluvchi kuch mashinalari va jihozlari;
mehnat predmeti bevosita ta’sir etuvchi ishchi mashina va jihozlar;
o‘lchovchi va tartibga soluvchi, boshqaruvchi priborlar va qurilmalar, laboratoriya jihozlari;
hisoblash texnikasi: elektron hisoblash-texnikasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonni boshqaruvchi mashina va qurilmalar.
keltirilgan ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa mashina va jihozlar.
Transport vositalari. Korxonaga tegishli bo‘lgan temir yo‘l tarkibi, suv va avtomobil transporti vositalari: avtokranlar, aravacha va boshqalar.
Asbob va uskunalar. Hamma turdagi asboblar.
Ishlab chiqarish inventarlari. Materiallarni, asbob-uskunalarni saqlash uchun mo‘ljallangan verstaklar, stollar, konteynerlar va boshqalar.
Xo‘jalik inventarlari. Idora va xo‘jalik predmetlari (mebel yoki shkaflar, ko‘paytirish apparatlari, yong‘inga qarshi predmetlar va boshqalar).
Ishchi va mahsulot beruvchi jonivorlar.
Ko‘p yillik o‘simliklar.
11.Yerni yaxshilashga mo‘ljallangan kapital xarajatlar (qurilmalarsiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |