O‘rtacha ta’mirlash - texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko‘ra kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab qiladi. Bu jarayon korxonaning o‘zida amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlashda, asosan, asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchikliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning ikki guruhi mavjud:
Birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini beradi. Bunday ko‘rsatkichlarga fond sig‘imi, fond qaytimi, fond rentabelligi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh - xususiy va natural ko‘rsatkichlar bo‘lib, ko‘proq, asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq.
Ko‘rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti, ulardan vaqt bo‘yicha foydalanish darajasi;
- asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsiyenti, ulardan quvvat bo‘yicha foydalanish darajasi;
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsiyenti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanish.
Ekstensiv koeffitsiyent-dastgohlarning bir davr ichida (oy, yil) haqiqiy ishlagan vaqtining rejalashtirilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu yerda:
thaq – haqiqiy foydalanilgan vaqt; soat
trej – rejaga asosan foydalanish muddati; soat
Asbob-uskunalarning ekstensiv ko‘rsatkichini yaxshilash uchun ularning smenali koeffitsiyentini oshirish, smenalar orasida bekor turib qolishlarga barham berish, dastgohlarni tamirlash vaqtini qisqartirish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Uskunalarning smenalik koeffitsiyenti - sutka davomida mashina-smenalarning o‘rnatilgan uskunalar umumiy soni yoki ishchi o‘rinlariga nisbatidir. U quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda:
MS – sutka davomida haqiqiy ishlagan mashina-smenalar yig‘indisi;
A u.s – o‘rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Uskunalarning smenalilik koeffitsiyentini aniqlashning yana bir yo‘li bo‘lib, unga ko‘ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to‘liq foydalanilmasligi ko‘zda tutiladi. Masalan: t sehda 300 dona uskuna o‘rnatilgan bo‘lib, birinchi smenada 270 tasi, ikkinchi smenada esa 220 tasi ishlagan. Uskunalarning smenali koeffitsiyenti 1,63 (270+220) /(300) ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |