Qoldiq qiymat – asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farqdir.
Misol: Transformatorning narxi 500000 so‘m, ishlash davri 8 yil u 5 yil ishlab chiqarishda bo‘lgan.
Transformatorning qoldiq qiymati – 187500 so‘m ni tashkil qiladi. Transformatorning amortizatsiya ajratmasi 500000/8 = 62500 so‘m. 5 yil davomida 31250 so‘m lik qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazgan 62500·5 = 312500 so‘m. Qoldiq qiymat 500000 312500 = 187500 so‘m .
Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi, hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalar balans qiymatidan eskirish summasini ayirib topish mumkin. Asosiy fondlarning tugatilish qiymati bu ishlab chiqarishdan chiqarilgan (tugatilgan, yo‘q qilingan, lom) qiymatidir. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
Bu yerda:
FO‘r asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati;
Fy.b asosiy fondlarning yil boshiga qiymati (balans);
Fk kiritilgan asosiy fondlar qiymati;
Fch fondlarningtugatilish, ishlab chiqarishdan chiqarilish qiymati;
n1 ishlab chiqarishga kiritilgan asosiy fondlarni kiritilgandan boshlab foydalanilgan oylar soni;
n2 ishlab chiqarishdan chiqarilgan asosiy fondlarni chiqarilgandan oydan boshlab foydalanilmagan oylar soni.
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish – asosiy fondlarning birlamchi hislatlarini ishlab chiqarishda qatnashishi natijasida yo‘qotishi va tabiiy eskirishida yuzaga keladi.
Ma’naviy eskirish – asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo‘qotishidir. Ma’naviy eskirish 2 xil ko‘rinishga ega:
asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlanadi;
asosiy fondlar fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida yanada samaraliroq fondlarning paydo bo‘lishi natijasida qadrsizlanadi.
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsion ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Bu yerda:
Na – to‘liq qayta tiklash uchun yillik amortizatsiya me’yori,%;
Fb – asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m;
Ta – asosiy fondlarning me'yoriy xizmat vaqti, yil.
Yillik amortizatsiya ajratmalari (Aa) miqdori quyidagicha aniqlanadi.
Bu yerda:
Tk – xizmat muddati davomida kapital tamirlashga sarflangan xarajatlar;
M – modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar.
Amortizatsiya mablag‘lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovatsiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. Shu sababli, amortizatsiya me’yori ikki qismdan - fondlarni renovatsiya qilish (Nt.t) hamda kapital tamirlash va modernizatsiya qilish (Nk.t.) dan iborat.
Birinchi holda:
Bu yerda:
Th – asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qilish vaqti, yil.
Ikkinchi holda:
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli ularning ish qobiliyatini tamirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. Asosiy fondlarni tamirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag‘lariga ko‘ra mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Mashina va uskunalarni kapital tamirlashda ular to‘liq qismlarga bo‘linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi.
Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat tamirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |