Asosiy vositalarning tarkibiy tuzilishi va о‘sishining tahlili
3-jadval
Ko‘rsatkichlar
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Yil boshiga nisbatan o‘zgarish
|
mln
so‘m
|
%
|
mln
so‘m
|
%
|
mln
so‘m
|
%
|
Sanoat asosiy ishlab chiqarish vositalari
|
67937
|
97,7
|
69991
|
98,5
|
+2054
|
103
|
Boshqa tarmoqdarning asosiy ishlab chiqarish vositalari
|
1536
|
2,2
|
1049
|
1,5
|
-487
|
68,3
|
3. Noishlab chiqarish vositalari
|
9
|
0,01
|
9
|
0,01
|
|
|
Jami asosiy vositalar
|
69482
|
100
|
71049
|
100
|
1567
|
102,2
|
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi formula yordamida taqqoslang:
Bu yerda,
Izd1 - amaldagi asosiy vositalarning ishlab chiqirish xarajatlari (so‘m);
Izd2 - Yangi asosiy ishlab chiqarish xarajatlari (so‘m).
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
«Amortizatsiya» atamasi umuman olganda asosiy vositalarning eskirishini qoplanishini, tiklanishini bildiradi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning eskirishini pul mablag‘larini jamg‘arish orqali qoplash amortizatsiya deyiladi. Binobarin, amortizatsiya fondi – eskirishni (yeyilishni) qoplash uchun mo‘ljallangan pul fondidir. U amortizatsiyaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan tarkib topadi. Amortizatsiya - mehnat vositalarining eskirishini qisman qoplash uchun mablag‘ ajratishdir.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar yemiriladi, eskiradi, asta-sekinlik bilan o‘zining texnik xususiyatini, iste’mol qiymatini yo‘qotib boradi, ularning qiymati esa ishlab chiqarilayotgan tovarga o‘tkazilib boriladi.
Mashina, uskuna, asboblar yeyiladi, arzonlashadi. Asosiy vositalar qiymatining eskirish summasi amortizatsiya fondiga borib tushadi.
Amortizatsiya fondidan vositalarning ma’lum qismini kapital ta’mirlash davomida ularni qisman tiklash maqsadida foydalaniladi. Bu sharoitda yo‘qotilgan qiymatni qisman qoplash sodir bo‘ladi. Asosiy vositalarning xizmat muddati tugagandan keyin ular butunlay eskiradi, istemol qiymatini yo‘qotadi, jamg‘arilgan amortizatsiya fondi yangi Mehnat vositalarini sotib olish imkonini beradi.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida asosiy vositalar ma’naviy jihatdan juda tez eskiradi, jismoniy eskirishi bilan, is’temol qiymatini yo‘qotib boradi.
Binobarin, har bir xo‘jalikda amortizatsiya fondi ajratiladi. Aytib o‘tilganidek, asosiy vositalar o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga oz-oz o‘tkazib boradi.
Mahsulot sotilganidan so‘ng bu qiymat xo‘jalikka pul shaklida qaytadi va amortizatsiya uchun o‘tkaziladi. Bu mablag‘lar kapital remont va eskirgan asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun sarflanadi. Har yillik amortizatsiya ajratmalarining miqdoridan amortizatsiya me’yorlariga binoan asosiy vositalarning balans qiymatidan foizlar ajratiladi.
Asosiy vositalarning eskirishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning qoldiq qiymati shunchalik kam bo‘ladi va aksincha, asosiy vositalarning eskirish summasiga qarab korxonadagi mavjud asosiy vositalarning yangi yoki eskiligiga baho berish mumkin.
Eskirish summasini hisoblashni aniqlashtirish uchun yillik amortizatsiya summasi asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan foiz hisobida aniqlab olinadi. Buning uchun yillik amortizatsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lib, yuzga ko‘paytirish kerak. Shu yo‘l bilan topilgan raqam asosiy vositalarning amortizatsiya me’yori deyiladi. Asosiy vositalarni to‘la tiklash va kapital tamirlash uchun alohida amortizatsiya me’yorlari belgilanadi.
Har oyda ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazib turiladigan oylik amortizatsiya summasi yillik amortizatsiya summasini o‘n ikki oyga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Amortizatsiya ajratmalari har oyda oldingi oy uchun hisoblangan amortizatsiya ajratmalari miqdorida belgilanadi.
Asosiy vositalar o‘z balans qiymatini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga to‘liq o‘tkazmasdan hisobdan chiqariladigan bo‘lsa, farqi korxona tasarrufida qolgan foyda hisobidan qoplanadi. Amortizatsiya fondining ajratmalari mahsulot sotishdan tushgan pul mablag‘i tarkibida xo‘jalikning hisob-kitob raqamiga tushadi. Bu mablag‘lar faqat kapital xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun sarflanadi. To‘la tiklash uchun ajratiladigan asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
asosiy vositalarning eskirish darajasi;
yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali;
eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab, ularning texnikasiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vosita holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning har bir turi bo‘yicha o‘rganiladi.
Asosiy vositalarning texnik holati yangilanganlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish bilan to‘ldiriladi.
Korxonada jami asosiy vositalarning yangilanish darajasi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 1% ga (7,6-6,6) o‘sgan.
Sanoatda asosiy ishlab chiqarish vositalarining yangilanish darajasi esa hisobot yilida 6,9%ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3% ga (6,9-4,6) o‘sgan. Korxonada jami asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati o‘tgan yilda 69 mln. 482 ming so‘m ni tashkil etib, bu ko‘rsatgich hisobot yilida 1mln. 567 ming so‘m ga ko‘paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |