2-mavzu. Kimyo fanining asosiy qonunlari


Ionlanish energiyasi va elektronga moyillik



Download 0,85 Mb.
bet19/20
Sana13.04.2022
Hajmi0,85 Mb.
#548728
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ma\'ruza - 2

Ionlanish energiyasi va elektronga moyillik


Kimyoviy jarayonlarda atomdagi elektronlarning orbitallarda qay darajada mustahkam joylashganligi katta rol oynaydi. Buning uchun, atomlarning ionlanish energiyasi tushunchasidan foydalaniladi.Normal holatda turgan atomlarda bitta elektronning ajralib chiqishi uchun sarf qilingan energiya miqdori ionlanish energiyasi deb ataladi. Bu tushuncha molekulalarga ham taalluqlidir. Ionlanish energiyasi miqdorini aniqlashda ham atomdagi elektronlarning ener­getik qavatlarini aniqlashdagi kabi spektral ma’lumotlardan foydalaniladi.Qisqa to’lqinli spektrlar seriyasi asosiy holatdagi atomlar­dan elektronlar chiqib ketganda ajralib chiqqan energiyaga mos ke­ladi, ya’ni atomdan elektronni chiqarib yuborish uchun shuncha energiya sarflash kerak bo’ladi. Shunday qilib, ionlanish energiyasini qisqa to’lqinli spektrlar chastotasidan Plank tenglamasi yordamida hisob­lab topish mumkin. Bu energiya eng kichik energetik qavatni ifoda­laydi. Ionlanish energiyasini boshqa usullar bilan ham, chunonchi, fotoionlanish va elektronlar bilan turtish usullari orqali aniqlash mumkin. Ionlanish energiyasi elektron voltlarda (eV) belgilanadi, bu energiya ko’pincha ionlanish potensiali deb ham yuritiladi.
Vodorod atomining ionlanish energiyasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
I=1/2 ( me e2 / h 2 ) Ushbu formuladagi qiymatlarni o’rniga qoyib hisoblash natijasida l = 1Z,60 eV ega bo’lamiz.Ko’p elektronli atomlarda ionlanish energiyasi ham bir necha l1,l2,l3... qiymatlarga ega bo’ladi. Bu energiyalar birinchi, ik­kinchi, uchinchi va hokazo elektronlarning uzilish energiyasiga mos keladi. Hamma xollarda har doim l1 < l2 < l3< ... bo’ladi. Chunki uzilib chiqayotgan elektronlar soni qancha ko’p bo’lsa,ionning musbat zaryadi ham shuncha ortadi, bu esa o’z navbatida shuncha elektronni o’ziga tortadi.Kuyidagi jadvalda bazi atomlarning ionlanish energiyalari kiymati keltirilgan.
Bazi atomlarning ionlanish energiyalari.

Atom

Elektronlar

1

2

3

4

5

H

13,595













He

24,581

54,403










Li

5,390

75,619

122,419







Be

9,320

18,206

153,850

217,657




B

8,296

25,149

37,920

259,298

340,127

C

11,256

24,276

47,871

64,48

392,00

N

14,53

25,593

47,426

77,450

97,863

O

13,614

35,146

54,934

77,394

113,873

F

17,418

34,98

62,646

87,23

114,214

Ne

21,559

41,07

63,5

97,16

126,4

Na

5,138

47,29

71,65

98,88

138,60

Mg

7,644

15,031

80,12

109,29

141,23

Al

5,984

18,823

28,44

119,96

153,77

Si

8,149

16,34

33,46

45,13

166,73

P

10,484

19,72

30,156

51,354

65,007

S

10,357

23,4

35,0

47,29

72,5

Cl

13,01

23,80

39,90

53,5

67,80

K

4,339

31,81

46,0

60,90

82,6

Ca

6,111

11,868

51,21

67

84,39

Bu jadvaldan ishqoriy metallar eng kam ionlanish energiyasiga ega bo’ladi. Birinchi ionlanish potensialining qiymati elementda l1 dan l2 ga o’tganda tez o’zgaradi. Masalan, bor atomidagi 1,2,3 elektronlarga nisbatan 4 va 5 elektronlarni uzish uchun o’n barobar ko’p energiya sarf qilinadi. Bu hol elektron­larni qavatlarga bo’lishga imkon yaratdi.
ls va 2s elektronlarning yadro bian bog’lanish energiyasi i ortgan sari ko’payishi-ion radiusining kamayishi va zaryadining or­tishi bilan tushuntiriladi. Umuman olganda har qanday atomning ionlanish darajasini hosil qilish mumkin. Lekin ximiklarni faqat birinchi ionlanish energiyasi qiziqtiradi, chunki 1 eV 9,664.104 J/molga ekvivalentdir. Shuning uchun kimyoviy jarayonlarning ener­getik effektlari birinchi ionlanish energiyalari bilan o’lchanadi. Haqiqatan ham, energiya yutilish va ajralishi bilan boradigan kimyoviy jarayonlarda 1 mol moddaga o’nlab, yuzlab Joul energiya sarf bo’lgan yoki ajralib chiqqan bo’lur edi. Masalan, ftor atomidan et­tita elektronni chiqarib yuborish uchun 6,276.104 J/m energiya kerak bo’lgan bo’lur edi. Ravshanki, ionlanish energiyasi atomlarni xarak­terlashda katta ahamiyatga ega. Uning qanchalik ahamiyatga ega ekan­ligini quyidagi misolda yaqqol tasdiqlash mumkin21.
1962 yili Bartlett O2 Rt F6 tartibli birikma sintez qil­di. Nazariy tafsilotlar shuni ko’rsatadiki, bu birikma 02+ va [Pt F6]- ionlardan tashkil topgan. Shundan so’ng Bartlett O2 va Xe molekulalarining ionlanish energiya-lari miqdori jihatidan bir-bi­riga yaqinligiga (12,2 eV, 12,3 eV) e’tibor berdi va ksenon bilan xuddi shunday birikma olish mumkinligiga ishonch hosil qildi.
Haqiqatan ham u Xe bilan [Pt F6] larni bir-biriga ta’sir etti­rib,Xe Rt F6 birikmasini sintez qildi.
Bu izlanish kimyo fanida inert gazlar birikmalarini olishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Atomda elektronlarni yadro o’z maydoni­da ushlab turadi. Bu maydon atomga yaqinlashgan boshqa erkin elekt­ronlarni ham tortishi mumkin. Lekin bu erkin elektron atomdagi jlektronlarning itarilish kuchiga duch keladi. Nazariy va tajriba natijalari ko’pgina atomlarda qo’shimcha elektronlarning yadroga tor­tilish energiyasi atomdagi elektronlarning itarilish energiyasidan katta bo’lishini ko’rsatadi. Bunday atomlar o’zlariga tashqaridan bir elektron biriktirib olib, barqaror manfiy zaryadli ion hosil qi­ladi. Ajralib chiqqan energiya atomning elektronga moyilligi bilan aniqlanadi. Elektronga moyillik ham ionlanish energiyasi kabi elektron voltlarda o’lchanadi.
Kvant-mexanik hisoblashlar ikki va undan ortiq elektronlar­ning atomga birikishi natijasida hosil bo’lgan itarilish energiyasi har doim tortilish energiyasidan katta ekanligini ko’rsatdi. Shuning sababli atomning elektronga moyilligi ikki va undan ortiq elektron­lar uchun manfiy qiymatga ega bo’ladi. Shuning uchun bir atomli ko’p zaryadli manfiy ionlar (O-2,S-2,N-3 va hokazo) erkin holatda mavjud bo’la olmaydi, ya’ni bunday ionlar molekulada ham, kristallarda ham mavjud emas. Ba’zi modda molekulalaridagi Sa2+, S2-,Cu2+,O2- va hokazo ionlarni faqatgina shartli ravishda mavjud deb qarash mum­kin. Elektronlarga moyillik hamma atomlar uchun ham ma’lum deb bo’lmaydi. Quyidagi jadvalda ba’zi atomlarning elektronga moyilligi qiymatlari keltirilgan:

Ba’zi element atomlarining elektronga moyilligi



Atom

E, eV

Atom

E, eV

Atom

E, eV

Atom

E, eV

H

0,754

O

1,27

Na

0,34

S

2,08

He

- 0,22

N

0,21

Mg

-0,22

Cl

3,61

Li

0,59

C

1,47

Al

0,5

B

3,37

Be

0,38

F

3,45

Si

1,84

I

3,08

B

0,30

Ne

0,22

P

0,8

Se

2,02

Ushbu jadvaldan elektronga moyillik energiyasi galogenlarda eng yuqori qiymatga egaligi, ftordan yodga qarab elektronga mo­yillik oldin bir necha marta ortishi va keyin esa kamaya borishini ko’rinib turibdi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish