2-mavzu. Kimyo fanining asosiy qonunlari



Download 0,85 Mb.
bet15/20
Sana13.04.2022
Hajmi0,85 Mb.
#548728
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ma\'ruza - 2

Ko’p elektronli atomlar


Vodorod atomidan boshqa ko’p elektronli atomlardagi har qaysi elektronning holatini ham to’rt kvant son n,l, m va ms bilan belgilash mumkin. Bu sonlar vodorod atomidagi kvant sonlar qiymatlariga teng deb qabul qilinadi.
Ko’p elektronli atomlarda elektron faqatgina yadro maydonida­gina emas, balki boshqa elektronlararo maydonlarda ham harakatla­nadi, ya’ni n bir xil qiymatga, l esa turli qiymatlarga ega bo’l­ganligi sababli elektronlarning energiyalari ham turli qiymatga ega bo’lib qoladi. Shuning uchun ko’p elektronli atomlarda elektron energiyasi ikki kvant soni n va l bilan belgilanadi. Bunday holatda elektronning energiyasi n va l ortib borishi bilan ko’payadi.
Atomdagi elektronlar soni ortib borishidagi energiyaning o’zgarishi l ortib borishidagi energiyaga qaraganda birmuncha sezilarli bo’la­di. Natriy atomidan chiqarib yuborilgan elektronning kvant sonlari n =3, l= 0 (3s) ga teng bo’lgan qavatdagi va n=3^ l=1 (3p) ga teng bo’lgan qavatdagi energiyalarning ayirmasi 2,1 eV ga teng. Bu miqdor, kvant sonlari n=3, l=0 (3s) va n=4, l=0 (4s) ga teng bo’lgan qavatlardagi energiyalar ayirmasi miqdori (3,1 eV) ga yaqinlashadi. Elektronlar soni ortib borgan sari atomlarda l o’zga­rishi bilan energiya sezilarli ravishda o’zgaradi. Bu atomlarning tuzilishini turlicha bo’lishi bilan tushuntiriladi. Umuman, ko’p elektronli atomlarda energetik qavatlarning o’zgarishini quyidagi­cha yozish mumkin: n, -s, (n-1)d va (n-2)f qavatlari energiyalari jihatidan birbiridan kam farq qilib, n,p- qavatlariga nisbatan kichkina qiymatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, energiyaning ortib borishi quyidagi energetik qa­vatlar tartibida xarakterlanadi:
1s< 2s < 2p< 3s< 3p< 4s»3d< 4p< 5s»
4d< 5p<6s»5d<4t<6p12
Ko’p elektronli atomlar­da elektronlarning holatlari Pauli prinsipi asosidagi kvant me­xanik qonunga javob beradi. Ushbu prinsipga muvofiq atom va mole­kulyar sistemada to’rttala kvant sonlar bir-biriga teng bo’lgan"ikkita elektron bo’la olmaydi. Pauli prinsipi atomda bosh kvant soni n ma’lum qiymatga ega bo’lgan elektronlar sonini cheklab qoyadi.
Agar n=1 bo’lsa, u holda l=0 va me=0 ga ega bo’ladi. Shuning uchun n=1 ga teng bo’lganda elektronlar bir-birlaridan spin kvant sonlari bilan farq qiladi. Shunday qilib, atomda bosh kvant soni n=1 bo’lgan ikki elektron bo’lishi mumkin.

n l me ms


1.Birinchi elektron 1 0 0 +1/2
2.Ikkinchi elektron 1 0 0 -1/2
Shunga o’xshash n=2 bo’lgan holatda kvant sonlari bir-biriga o’xshash bo’lmagan 8 elektron borligini kuzatishimiz mumkin:

N

L

M

ms

n

l

M

ms

2

0

0

½

2

1

0

+1/2

2

0

0

½

2

1

0

-1/2

2

1

1

+1/2

2

1

+1

+1/1

2

1

1

-1/2

2

1

+1

-1/2

Xuddi shu usul bilan bosh kvant soni n=2 ga teng bo’lganda elekt­ronlarning maksimal soni ko’pi bilan 18 ga, n=4 bo’lganda Z=2 ga teng ekanligini hisoblab topish mumkin. Umuman, bosh kvant son n qiymatga ega bo’lsa elektronlarning eng ko’p soni 2 n2 ga teng bo’ladi. Bosh kvant son n ning qiymati elektronlarning yadrogacha bo’l­gan o’rtacha masofasini belgilaydi, shu sababli bir xil qiymatga ega bo’lgan elektronlar yig’indisi elektron qavat deb ataladi (elektron qavatlarni belgilash yuqorida ko’rsatib o’tilgan edi).
n qavatda orbital kvant soni, l ning qiymatlari 0 dan (n-1) ga qadar bo’lishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilganidek, har qaysi qa­vatdagi maksimal elektronlar soni 2 n2 ga teng bo’lgani uchun, ya’­ni birinchi qavatda ko’pi bilan 2 ta, ikkinchi qavatda 8 ta va ho­kazo elektron bo’ladi. Shunga muvofiq har qaysi qavatlardagi elektronlarning eng ko’p soni esa 2 (2l+1) ga teng bo’ladi. Agar s qavatchada bir-biriga qarama-qarshi spinga ega bo’lgan 2 ta elekt­ron bo’lishi mumkin bo’lsa, r qavatchada elektronlar soni oltita bo’- ladi. U holda elektronlar spinlari qanday taqsimlanadi, degan savol tug’iladi. Masalan: azot atomining elektron konfigurasiyasi 1s2.2s2.2p3 formulaga ega (ya’ni birinchi qavatda 2 ta ikkinchi qa­vatda 5 ta) bo’ladi. Bu formulaga asosan elektronlarni ikki xil variantda joylashtirish mumkin13:
Har qaysi yacheykalar ma’lum orbitalga mos keladi, ya’ni har qaysi orbitalda bir-biriga qarama-qarshi spinga ega bo’lgan ikki elekt­ron joydanishi mumkin. Birinchi sxemada r elektronlar turli ms qiymatga, ikkinchi sxemada esa ikkita p elektronda ms qiymati bir xil. Shunga o’xshash ko’pgina elementlarda elektronlarning joylanish variantlari ko’p sonni tashkil qiladi, ya’ni d qavatchalarda yacheykalar soni 5 ga teng bo’lgani uchun, d qavatchada 10 ta, f qavatchalar soni 7 ga teng bo’lgani uchun f qavatchada 14 ta elektron joylashishi mumkin.
Kvant mexanikasi va spektral analiz natijalari shuni ko’rsa­tadiki, kam energetik holatga ega bo’lgan atomlarda kvant yacheyka­larining elektronlar bilan to’lib borishi quyidagicha sodir bo’ladi: kvant yacheykalarga elektronlar taqsimlanishida birinchi navbatda ular magnit kvant ms coni turli qiymatlarga ega bo’lgan elektron­lar bilan to’ladi, keyinchalik elektronlar ko’payib borishi natija­sida yacheykalarda spini qarama qarshi bo’lgan elektronlar joylasha­di. Energetik yacheykalarning elektronlar bilan to’lishida ularning spin kvant sonlar yig’indisi eng yuqori qiymatga ega bo’lishiga in­tiladi. Bu Gund qoidasi deb ataladi. Yacheykalarning elektronlar bilan to’lib borishi elementlarning fizik va kimyoviy xossalari davriy o’zgarishini vujudga keltiradi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish