Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Massaning saqlanish qonuni 1789 yili A.Lavuaze va 1748 yili M.V.Lomonosovlar tomonidan mustaqil ravishda ochilgan. Olimlar qonunni tajribalar yordamida tasdiqlab, uning amaliy ahamiyatini ko’rsatib berishdi. Dastlabki olingan mahsulotlar bilan reaksiya natijasida hosil bo’lgan reagentlar massasi o’zaro miqdoriy tengligi isbotlanadi. Natijada massaning saqlanish qonuni yaratiladi.
Reaksiyagacha bo’lgan moddalar massasi reaksiyadan keyingi moddalar massasiga tengdir.
Ushbu qonun darhaqiqatan ham hech bir narsa izsiz yo’qolmasligini isbotlaydi. Qo’lga yoki daryoga quyilayotgan oqava suvlar ularga qo’shilib ketgach, yo’q bo’lib ketgandek tuyulsada, aslida unday bo’lmaydi. Tuzlar erib, ko’l yoki daryo suvi konsentrasiyasini o’zgartirib turadi, suvning umumiy miqdori esa ko’payib boradi. Er qa’ridan temir rudalarini qazib olib, undan temirni ajratish, turli buyum yoki apparatlar yasash bilan sayyoramizda temir atomlarini kamaytirib qoymasligimiz kamaytirib qoymasligimiz aniq, albatta. Lekin temirni biz keyin foydalanishimiz qiyin yoki mumkin bo’lmagan shaklga tushirib qoyishimiz mumkinligini yoddan chiqarmasligimiz zarur (masalan, tashlandiqlarga uloqtirib yuborilgan millionlab kir yuvish mashinalari yoki boshqa maishiy xizmat buyumlarini esga olaylik). To’g’ri tashlandiq temirni ham ishlatish mumkin. Ammo uni qayta ishlash uchun ko’p energiya sarflash kerak bo’ladi. Energiya zahiralari (ko’mir, o’tin, gaz) ham cheklanganligini hisobga olganda tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishimizni hayot taqoza qiladi.
Kimyoviy reaksiyalarda yangi atomlar vujudga kelmaydi va parchalanmaydilar, ular o’rin almashinadi yoki qayta guruhlanadi. Ammo massa bilan energiyaning bog’liqligini sezgan A.Eynshteyn 1905 yili buni tenglamada ifodalaganini esga olaylik. Jism energiya chiqarganda uning massasi ozayishi yoki qabul qilganda bir yo’la massasi ortishi tajribalarda isbotlangandir. Ammo oddiy kimyoviy reaksiyalarda buni sezib olish mushkul, albatta. Yadro reaksiyalari (vodorod bombasi portlaganda)da energiya katta miqdorda o’zgaradiki, massaga ta’sir etmay qolmaydi, shu munosabat bilan massa va energiya saqlanish qonunining umumiy ko’rinishdagi ifodasi yuzaga keldi.
Sistemadagi modda massasi bilan mana shu sistema tomonidan olingan yoki berilgan energiyaga ekvivalent bo’lgan massaning yig’indisi doimiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |