jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini
taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi
bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik hilma-
xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat
jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. aytaylik
ularning yo rangi yoki bir turli materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi
mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu
bilan birga narsa-hodisalar bir biridan
farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham
egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan
2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi bazi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda,
ular bir biridan
makondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan
Hasan va Husanlarda ham
huddi
kun farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fel-atvor,
qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin.
Demak, tarif
narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Xo‘sh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari qanday?
Qonun
,
bu –
muhim
xarakterga ega bo‘lgan aloqadir. Qonun va mohiyat tushunchalari
bir xil toifadagi
tushunchalardir. Qonuniyatli aloqalarning muhimlik va zarurlik xossalari ularning yana bir
xususiyatini –
umumiyligini
keltirib chiqaradi. Umumiylik qonunning tegishli sharoit bo‘lgan
hamma erda amal qilishini bildiradi. Qonunlar kamroq umumiy bo‘lib, faqat moddiy
jarayonlarning cheklangan
sohalaridagina amal qilishi, ayrim konkret fanlar tomonidangina
o‘rganilishi (masalan, energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek
qonunlar falsafa tomonidan o‘rganiladigan umumiy, universal bo‘lishi mumkin (dialektika
qonunlari).
Qonunlar o‘zining
ifodalash shakllari
bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bir xil qonunlar
hodisalar o‘rtasidagi qat’iy miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi va fanda matematik formulalar
bilan qayd etiladi (masalan, butun jahon tortilish qonuni). Boshqa xil qonunlarni esa qat’iy
matematik formulalar bilan ifodalab bo‘lmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni).
Qonunlarni
sinflarga bo‘lish g‘oyat muhim ahamiyatga ega: dinamik qonunlar (qattiq determinatsiya),
statistik
(ehtimoliy) qonunlar,
simmetrik
qonunlar,
boshqaruv
qonunlari. Qonunlarning turli
sinflari mavjudligi dunyoda sifat jihatdan turli tuman muhim aloqalar
mavjudligini aks ettiradi,
bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: