cheksizligi g‘oyasini olib kirdi. Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan
jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o‘zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir
o‘zgarishdir. Agar harakatni umuman o‘zgarish, ya’ni har qanday o‘zgarish ma’nosida
tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o‘zgarishdir. Rivojlanish jarayonida ob’ektni tashkil
etuvchi barcha elementlar o‘zgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va
bir-biriga aloqador holda, kompleks va yahlit holda o‘zgaradi.
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy
holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. SHu tariqa o‘zgarish sistemaning
yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo‘ladi, ya’ni rivojlanish – bu
holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning o‘tishi nuqtai nazaridan izohlasak,
quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati va kelgusi zamonning
aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik
aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi
o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq
topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish
oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha
soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa,
rivojlanish – yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi.
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o‘zi
bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa
qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi
o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va
tashqi aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv
rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan
sistema har tomonlama o‘zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o‘zgarishlar esa orqaga
qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa
kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi o‘zgarishlarning bunday xususiyatlardan kelib
chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: