tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to‘zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish
istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy to‘zilishlari
xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning
o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi
aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa
ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir.
Borliqni tashkil qilgan
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura»
va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat
jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit
sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar,
ijtimoiy qatlamlar,
tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy,
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy to‘zilishni tashkil qilgan. O‘z
navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy to‘zilishidagi har bir elementning
funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerak-ki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan
manfaatlari va extiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab,
har bir elementni nisbatan
mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni
tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy
hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil
sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib,
kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va
hodisalarni
bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik
asosi bo‘lib xisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim
bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
CHunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra,
o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Birok, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek,
turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va
extiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, konkret makon va zamonda
sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy
funksiyasida muqobilliklar
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab to‘rgan
muxim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha
bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning
mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv
qulanmalaridan farqli ularok,
bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini
ochib berish imkoniyatini yaratishdir. CHunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl»,
«sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni,
yuqorida ko‘rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura»,
«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. SHuning uchun biz falsafa
kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi
tarzida
olib qarashni
lozim
topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: