2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

«
juft kategoriyalar
»
deb ataladigan; umumiy 
bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. 
Mohiyat va hodisa, 
mazmun va shakl, miqdor va sifat, sabab va oqibat, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqe’lik
shular jumlasidandir. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, 
nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini 
ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va 
munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining o‘zluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat 
tarzida vujudga kelgan. 
Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi 
makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, 
individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi 
xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Aloxidalik va 
umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali 
ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy 
ifodasi konkretlik bo‘lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» 
narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy 
tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki 
birligining namoyon bo‘lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini aloxidalikdan xususiylikka va 
shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. 
Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday aloxidalikning individual 
xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy 
makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. 
Aloxidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor 
strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Aloxidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa 
hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan 
konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat 
muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada aloxidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan 
birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Xegel, aloxidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon 
va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi. 
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida aloxidalikning umumiylikdan farqini 
mutloqlashtirish 
natijasida 
muayyan qarashlar vujudga kelishi 
mumkin (Bu 
xaqda 
«Osiyotsentrizm» va «Evropatsentrizm» ta’limotlari to‘g‘risida eslash kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik 
mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. 


SHuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi targ‘ibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish
muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik 
qarash
lardan 
boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafko‘rasini shakllantirgan asosiy 
sababalardan biri edi. 
Aloxidalikni, umumiy qonuniyatlar targ‘ibidagi, elementlarning individual rivojlanish 
jarayoni sifatida olib 
qarash
kerak. CHunki har qanday umumiylik, dastlab vokelikning 
aloxidaligi tarzida vujudga keladi. SHunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z targ‘ibidagi nisbatan 
yangi, aloxida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. SHunday qilib, 
aloxidalik voqe’lik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir 
tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini 
ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi aloxidaliklar sistemasi 
tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tulakonli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga 
xos bo‘lgan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. YA’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik 
va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat targ‘ibida «iqtisodiy madaniyat», 
«huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil 
yo’nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo’nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini 
taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi 
manfaatlaridan kelib chigkan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», 
kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. YA’ni «aloxidalik», 
«xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik 
munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», 
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish 
munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. SHu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni 
yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan 
o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabul qilish mumkin emas. 
Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa 
va hodisalarni targ‘ibiy jixatdan «butun», «qism», «element»larga ajratish bilishga xos nisbiy 
hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida 
aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib 
qaralishi kerak.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish