Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.
Qonun tushunchasi dunyoning
mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning
abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini
saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini
o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etamiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi
narsalarning bir-biri bilan alokadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har
daqikada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi.
Xo‘sh qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega?
Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik
hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya
qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k.
YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bulgan xossa, xususiyatlar
bormi? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson
taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h.
k,) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning
amal qilish xususiyatlarini o‘rganish, ochib berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez buladi. Taraqqiyot qonunlarini
bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan
mamlakat singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat,
fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqsa. Bunda umumbashariy qonunlar va
mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik
anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriyligi yani ob’ektiv
tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab
olish mazmuniga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi». Ana
shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingni!» shunga
moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa
qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha tarif berish mumkin:
Qonun
olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari,
aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir.
Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz:
1)
Qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, yani bunday
bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu «olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda
hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
2)
Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashi, ya’ni tasodifiy
bog‘lanishlar, goh paydo
bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi;
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi rivojlanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi,
yani bir safar berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni butunlay qamrab olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |