Muskul sistemasi amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan bo'lib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amniotalarga xarakterli bo'lgan qovurg'alararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol o'ynaydi. Sudralib yuruvchilarda teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.
Ovqat hazm qilish organlari. Og'iz bo'shlig'ining tubida go'shtdor, yassi tili joylashgan. Sudralib yuruvchilarning tili turli shaklda bo'ladi. Ilonlar va ko'pchilik kaltakesaklarning tili ingichkalashgan va uchi ikki ayrili, juda harakatchan bo'lib, ancha cho'zilib tashqariga chiqa oladi va qo'shimcha tuyg'u organi vazifasini bajaradi.
Xameleonlar tilining uchi ayrili emas balki enli bo'ladi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar, asosan hayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat ayrim toshbaqalar va iguanalar o'simliklar bilan oziqlanadi. Oziq ko'p sonli o'tkir tishlar bilan qurollangan jag'iari yordamida ushlab olinadi. Tishlar jag' va tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda (alveolalarda) joylashadi. Hozirgi sudralib yuruvchilarning tishlari deyarli bir xil, faqat ba’zi ilonlarda ixtisoslashgan yirik juft zahar tishlari taraqqiy etadi. Tishlar, asosan oziqni ushlash va tutib turish vazifasini bajaradi. Timsohlar va toshbaqalar katta o'ljadan bir bo'lagini uzib olish qobiliyatiga ega. Ko'pchilik sudralib yuruvchilar oziqni butunlay yutadi. Ilonlarning jag' apparati tuzilishi unga og'zini katta ochishga moslashgan. Shuning uchun hann ilonlarning bosh skeletida chakka yoylari yo'qolib ketgan, jag' apparati esa oshiq-moshiq sistemasiga aylangan, ya’ni ilonlarning yuqorigi va pastki jag'iari harakatchan.
Og'iz bo'shlig'ida so'lak bezlari bo'lib, uning shilliq sekreti og'izdagi oziqni ho'llash va yutish uchun xizmat qiladi. Zaharli ilonlarda ba'zi bir so'lak bezlari zahar ishlab chiqaradigan bezga aylangan. Og'iz bo‘shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo'ngach boshlanadi. Go'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda o'n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib. so'ng yo'g'on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko'richak ingichka ichak bilan yo'g'on ichak chegarasidan o'rin olgan. Yo'g'on ichakning keyingi qismida to'g'ri ichak joylashgan. To'g'ri ichak kloakaga ochiladi (100-rasm).Oshqozon osti bezi o'n ikki barmoqli ichak qovuzlog'iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin bo'shlig'ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan. Uning ichki tomonida o't pufagi joylashgan, o't pufagi yo'li o'n
ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi. Sudralib yuruvchilarning ko'pchilik turlari ochlikka chidamli bo'ladi. Ayrim ilonlar va toshbaqalar tutqunlikda bir yilgacha oziqsiz yashashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |