2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja


Tisht – xalq o’rtasida asrlar o’tishi davomida «Sust»



Download 65,21 Kb.
bet17/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

Tisht – xalq o’rtasida asrlar o’tishi davomida «Sust» nomi bilan o’zgargan. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi «Sust xotin» qo’shiqlarida Tishtar obrazi yaratilgan. Qurg’oqchilik kelgan yillarida dehqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlar Tishtar – yomg’ir tangrisidan yordam so’raganlar. Bu marosim o’ziga xos ko’rinishda o’tkazilgan: dehqonchilik bilan shug’ullaniladigan joylardagi ayollar to’planishib, odam shaklidagi qo’g’irchoqqa kampirning ko’ylagini kiygizishib, «Sust xotin» qo’shig’ini aytishgan va o’z qo’ni-qo’shnilarinikiga kirishgan. Uy egalari qo’g’irchoqqa suv sepishgan, «Sust xotin» qo’shig’ini aytganlarga xayr–sadaqa berishgan. Quyidagi parchada yaratilgan Sust xotin obrazi «Avesto»dagi suv xudosi Tishtar mifologiyasiga bog’lanadi.

Sust xotin-o, Sust xotin,

Ko’lankasi maydon xotin, Sust xotin.

Dehqonlarni g’am bosdi, Sust xotin.

Omochini chang bosdi, Sust xotin.

Havo yog’sin sebalab, Sust xotin.

Bo’ri qochsin jebalab, Sust xotin,

Bug’doy bo’lsin zarchalab, Sust xotin,

Sag’ir - sug’ir qolganlar, Sust xotin,

Nonni yesin parchalab, Sust xotin,

Sust xotin-o, Sust xotin,

Ko’lankasi maydon xotin, Sust xotin.1

Turkiylarning o’ziga xos suvga topinish mifologiyasi bo’lgan. Bu mifologiya ularning boshqa xalqlardan farq qiluvchi mafkurasi mahsulidir. Turkiylar o’zlariga tangri tomonidan sehr–jodu amali berilgan deb hisoblaydilar va ulardagi bunday qobiliyatni tarix ham e’tirof etadi. Turkiylar sehr yo’li bilan yomg’ir yoki qor yog’dirish quvvatiga ega bo’lganligi to’g’risida o’nlab rivoyatlar mavjud.

O’zbek mifologiyasida suv xudosi haqida bitilgan afsonalarning boshqa namunalari ham mavjud. Adabiyotshunos N.Mallayev «O’zbek adabiyoti tarixi» darsligida suv xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramon Xubbi obrazi yaratilgan quyidagi mazmundagi afsonani keltiradi:

Juda qadim zamonlarda Farudin va hatto Jamshid zamonasidan burun Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo’lgan ekan. U bir qo’li bilan baliq tutar, ikkinchi qo’li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq yeb, Amudaryoda yetti yuz yil yashabdi, daryoni qo’riqlabdi, biroq yomon ruh, hattoki chivin ham daryoga yaqin yo’lashga botina olmabdi. Xalq suvga ma’mur bo’lib, shod–xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib Xubbi g’oyib bo’libdi. Kishilar uni osmon suvlarining hukmroni bo’lgan qiz o’g’irlab ketgan deb faraz qilibdilar. Xubbi g’oyib bo’lganidan keyin Amudaryoga uning onasi kelibdi. U birinchi bo’lib qayiq yasabdi, kishilarni qayiqda suzish va dushmanga qarshi suvda jang qilishga o’rgatibdi. Biroq kunlardan bir kun Xubbining onasi ham g’oyib bo’libdi. Lekni kishilar o’z xomiylarini, Xubbi va uning onasini unutmabdilar. Ular qayiqlarda Xubbining onasi qiyofasini tasvirlabdilar.2

Demak, «Avesto» faqat diniy kitob emas. U turkiy xalqlarning ham adabiy yodgorliklari va e’tiqodlari ifodalangan, qadimgi o’zbek xalq og’zaki ijodi shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatgan nodir yozma asardir.




Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish