2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja


Skifning tug’ilish afsonasi



Download 65,21 Kb.
bet2/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

Skifning tug’ilish afsonasi. Gerakl Gelion buqalarini haydab, o’sha zamonlarda kimsasiz yurt bo’lgan, keyinchalik skiflar egallagan joylarga kelib qoladi. Gerakl sovuqdan o’zini saqlash uchun yo’lbars terisini yopinib olgan edi. Kunlardan bir kuni u qattiq uyquga ketganida, oti g’oyibona yo’qolib qoladi.

Gerakl otini qidirib ko’p ellarga boradi. So’ngra Galeyey degan joyga keladi. Bu yerda u odamsifat Ilon qizga yo’liqadi. Ilon qizning yuqori qismi ayol zotiga o’xshasa, quyi qismi ilonga o’xshaydi. Taajjubga tushgan Gerakl undan «Begona otga ko’zing tushmadimi?» deb so’raydi. Ilon qiz Gerakl agar o’zi bilan qovushsa, otini berajagini aytadi.

Chorasiz qolgan Gerakl Ilon qizning bu taklifiga rozi bo’ladi. Biroq Ilon qiz otni tezda qaytarib bermaydi. U Gerakl bilan yana tan mahramlikni davom ettirishni xoxlaydi. Gerakl undan otini qaytarib olib, tezroq o’z yurtiga ketish uchun qizning hamma shartlarini bajarishga rozi bo’ladi.

Nihoyat, qiz Geraklga otini qaytarib berar ekan, shunday deydi: «Sening oting biz tomonlarga kelganda, men uni ehtiyot qilib yashirib qo’ygandim. Evaziga sen meni mukofotlading. Endi men sendan uch o’g’il tug’aman. Aytchi, ular ulg’aygandan so’ng nima qilishi kerak?» Ilon qizning savoliga Gerakl shunday javob beradi: «Sen o’g’illaringga shunday shart qo’yasan, ulardan qaysi birisi bu yoyni men kabi kuch bilan torta olsa, unga mening qayishim bilan o’z yeringni berasan. Qolgan ikkisini bu yerlardan haydab yuborasan». Shunday qilib, Gerakl o’zining yoyi bilan oltin tovoqsimon tug’ali qayishini Ilon qizga qoldiradi.

Kunlardan bir kuni Ilon qiz uchta o’g’il tug’adi. Ulardan biriga Agofir deb nom qo’yadi, ikkinchisini Gelon deb ataydi. Uchinchisi, eng keyin tug’ilganini Skif deydi. Uch o’g’lidan ikkitasi, ya’ni Agofir va Gelon otasi Gerakl qo’ygan shartni bajara olmagani uchun Ilon qiz ularni mamlakatdan quvib yuboradi. Eng keyin tug’ilgan kichik o’g’il Skif otasi Gerakl shartlarini bajargani uchun Ilon qiz unga tovoqsimon oltin to’qali qayish bilan bepoyon yerlarini beradi. Shundan buyon skiflar bu ellarda paydo bo’ladilar»3.

Har ikki afsonada ham skiflarning dunyoga kelishi Ilon bilan bog’langan. «Skifning tug’ilishi» afsonasida Skifga katta ishonch va hurmat bildirilgan. Geraklning o’g’illari orasida bahodiri, mergani, ya’ni otasidek pahlavoni Skifdir. Bu afsona asosida skiflar yunonlar bilan qarindosh degan qarashlar ham mavjud. Bu o’rinda Gerakl shaxsiyati haqida to’xtalib o’tish o’rinlidir. Yunonlarning afsonaviy qahramoni Gerakl tug’iladigan paytda xudolar Olimp tog’ida bazm qurib o’tirgan edi. Dunyo hokimi Zevs yerda, odamlar orasida bir farzand tug’ilishi, u kelajakda buyuk ishlarni qilib, qahramon bo’lishi va butun Yunonistonda hukmron bo’lishini bashorat etadi. Bu bola Fiva malikasi Alkmena va shohi Anditionning farzandi edi. Gerakl yunoncha «Gera (Zevsning xotini) maqtagan» degan ma’noni beradi. Zevs Alkmenani buyuk qahramonga ona qilib tayinlaydi. Biz Alkm – yenida turkiycha «Ena» so’zini his qilamiz. Gerakl nomi mazmun nuqtai nazaridan qaraganda, Ger – o’g’li ma’nosini beradi. Qadimgi lotin mifologiyasidagi Ger – kules, xristian mifologiyasidagi Geor – giy, turkiy mifologiyadagi Kor – o’g’li, Geor – o’g’li, Go’r – o’g’lining ma’nosi ham shunday xususiyatga ega bo’lishi mumkin.

Gerakl pahlavon bo’lib yetishar ekan, arslon terisini yopinib yurishi To’ng ibn Turk ibn Yofas alayhisalom davrida vahshiy hayvonlarning terisini libos qilib kiyish odat tusiga kirib qolganligini eslatadi. Geraklning yo’lbars terisini yopinishi yo’lbarsdek kuchliligining ramzi bo’lib, bu skif–turkiylarning o’z qahramonlaridagi bahodirlikni kuchli hayvonlar bilan tenglashtirish belgisiga yaqin turadi. Gerakl chaqaloqligida uning tagiga qo’chqor terisini – po’stakni to’shab qo’yadilar. Bu belgi ham chorvador skiflarga xos bo’lgan xususiyatlardan biridir. Geraklning birinchi qahramonligi arslonni o’ldirishdan boshlanadi. Arslon juda katta va og’ir edi. Gerakl u bilan olishar ekan, ko’tara olmaydi. Shunda arslonning terisini boshi bilan shilib oladi va o’zining ustiga yopadi. Geraklning bunday qahramonligi go’yo Alp Er To’nga – arslondan ham kuchli bahodir laqabiga sazovordek seziladi. Gerakl qilich, kamon va yoy bilan jangga otlanishida O’g’uz xoqon o’rmonda paydo bo’lgan odamxo’r, bahaybat yirtqichni yo’qotish uchun yo’lga tushishi yoki Alpomish bahodirligini ko’ramiz. Hayot haqiqatiga asoslanadigan bo’lsak, Geraklning kamonsozligi kimmeriy va skif merganlarining umumlashgan obrazini ham eslatadi. Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» kitobida O’g’uzxonning o’z o’g’illariga kamon va o’q taqsimlashi voqyeasi ham keltirilgan.


Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish