2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja



Download 65,21 Kb.
bet1/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2


2-MA’RUZA

Qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari

REJA:

  1. Ko’k tangri dini.

  2. Shomoniylik, moniylik, buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik.

  3. Diniy e’tiqod va badiiy ijod.

  4. Muqaddas diniy kitoblar va turkiylar adabiyoti

Milodimizdan avvalgi 2000 yildan oldinroq turkiy xalqlar Markaziy Osiyoda Oltoy-Ural tog’laridan Mo’g’ulistongacha bo’lgan kengliklarda yashashgan. Hozirgacha turkiy qavmlarning bosh bo’g’ini va o’z davlatchilik tarixiga ega bo’lgani skif – «iskit»lardir. Ularning davlati milodimizdan avvalgi VII asrlarda katta mavqye egallagan. Forsiy zabon xalqlar ularni «sak»lar deb atashgan. Skiflardan so’ng eramizning beshinchi yuz yilliklari orasida Arshakiylar davlati yuzaga keldi. Arshaker sakning o’zgargan shakli bo’lib, jasur, mard, bahodir saklar ma’nosini beradi. Yevropa tarixchilari ularni kimmerlar deb atashgan. Arshakiylar davlati Eronning Sharqiy qismi, Turkmaniston, Anatoliya (Turkiya)ni o’z ichiga oladi.

Skiflar bilan bir davrda miloddan avvalgi VII asrlarda Kengaras davlati ham yuzaga kelgan. Bu davlat Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent, Buxoro, Xorazmni o’z ichiga olgan bo’lib, eramizning V asrlarigacha yashagan.

G’arbiy Yevropada esa turkiylarning xun imperatorligi yuzaga keldi. U tarixda Attila xunlari deb ham yuritiladi (374 yildan boshlangan). Uning birinchi hukmdori Balamirdir. Imperatorlikning so’nggi hukmdori Attilla (434-453 yillar) hisoblanadi. 367-560 yillarda Oq xun imperatorligi yuzaga keldi. Uning asoschisi Kun xon edi. Bu davlat tarkibiga Hindistonning yarmi, Afg’oniston va Turkistonning katta qismi kirgan. 386-557 yillarda esa Tabg’ach davlati yuzaga keldi. Uning asoschisi Shamoxon bo’lib, davlatining hududiga Markaziy Osiyodagi Qoshg’ar, Turfon viloyatlari, Urxun vodiysidagi jo’jan davlatining sharqiy bir qismi kirgan. Shundan so’ng islomgacha Eltarish xoqon, Bilga xoqon kabi turkiy hukmdorlar yashaganligi tosh bitiglar orqali ma’lum. Turk xoqonligining Oltoy, Janubiy Sibir va O’rta Osiyoning bir qismidagi hukmronligi VIII asrgacha davom etdi11.

Turkiylar ulkan hududlarda yoyilib yashadilar. Islom dinini qabul qilganlarigacha ular turli diniy shakllar va oqimlarga amal qilishgan. 2

Totemizm

Totemizm (Shimoliy Amerika hindularining ojibve qabilasi tilidagi «totem» – «uning urug’i» so’zidan olingan) dinning insoniyat tarixida bundan 30-40 ming yil, balki bundan ham avvalroq yuzaga kelgan ilk shaklidir. Totemizmga sig’inuvchi xalqlar o’zlarini biror bir hayvon, o’simlik yoki jonsiz narsadan paydo bo’lgan deb tushunadilar. Turkiy xalqlar o’zlarining ota-bobolari ho’kiz, ot, ilon, bo’ri, it, bo’g’i kabi hayvonlardan kelib chiqqan deb tushunishgan va ularga e’tiqod qo’yishgan.

Gerodotning «Tarix» kitobida skiflarning birinchi ajdodlari dunyoga kelishi bilan bog’langan ikki afsona totemizmning yorqin namunasidir.

Targ’itoy afsonasi. Ma’budlar ma’budi Zevs bilan Borisfenesa daryosining yarmi ilon, yarmi ayol qizidan birinchi odam tug’ildi. Kimsasiz cho’lda paydo bo’lgan bu odamning ismi Targ’itoy edi. Undan Lipoqsay, Arpaqsay, Qoloqsay degan uch o’g’il dunyoga keladi. Bir kuni osmondan omoch, arqon, bolta va tovoq yog’iladi. Ular oltindan yasalgan edi. Katta va o’rtanchi o’g’il ularni olishga yaqinlasha olmaydi. Faqat qichik o’g’il kelganida ulardan tarqalgan nur to’xtaydi va u oltinlarni uyiga olib ketadi. Shundan so’ng Qoloqsayga shohlik in’om etiladi. Bu skiflarning birinchi shohidir. Skiflar Targ’itoyning ana shu uch farzandidan tarqalishgan.2

Gerodot yozishicha, Lipoqsayning avlodlari «Axvatovlar», Arpaqsayniki «Katiaram» va «Trasinam», Qoloqsayniki «Paralatam» nomi bilan shuhrat qozongan. Qoloqsaydan shoh-jangchilar, Lipoqsaydan kohin va din vakillari, Arpaqsaydan dehqon va chorvadorlar paydo bo’lishgan ekan.




Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish