2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja


Shomoniylik Shomoniylik (



Download 65,21 Kb.
bet10/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

Shomoniylik

Shomoniylik (evenk tilida shaman – ruhoniy) qadimgi turkiylarning diniy e’tiqod shakllaridan hisoblanadi. Uning asosini yovuz va ezgu ruhlarning inson hayotiga ta’sir etishiga ishonish tashkil etadi. Shomoniy ruhoniylar – shamanlar odamlar huzurida ruh bilan aloqaga kirishganlar va bo’lajak voqyealarni oldindan aytib berganlar. Gerodotning ko’rsatishicha, shomonlikning tarixi miloddan avvalgi XI asrlarga borib taqaladi.

Arab tarixchisi Juvayniy shunday yozadi: «Mo’tabar mo’g’ullardan eshitdimki, qora qishda yalangoyoq bo’lib, tog’larga chiqib ketgan bir kishi bor edi. U: «Tangri bilan gaplashdim. Buyurdiki: yer yuzini Timuchin va o’g’illariga berdim, aslini Chingizxon qo’ydim», deydi. Bu odamga Tab Tangri deyishardi».15 Tab Tangri – shomon bo’lib, u kelajakdan xabar beruvchidir. «Qo’rqut ota kitobi»da Qo’rqut ota turkiylar qavmini jipslashtirish, ularning turmush tarzini yaxshilashga rahnamolik ko’rsatgan ulug’ siymodir. Shu bilan birga u o’z qavmining kelajagini ayta olish qobiliyatiga ko’ra shomonlikning vakili sifatida ham namoyon bo’ladi.

Shomonlik turkiy qavmlar o’rtasida qom deb yuritilgan. Qomlar bola dunyoga kelishi bilan uning qismatidagi voqyealardan xabar bergan. Qo’rqut ota o’z qavmida tug’ilgan bolaga «ismini men berdim, umrini Tangri bersin» deb, duo qilishi shomonlik vazifasini o’tashidir. Eron tarixchisi Juvayniy keltirishicha, qom ilmidan xabardor uyg’urlar shaytonlarga ham hukmini o’tkazishga harakat qilganlar.

Qomlar qor va yomg’ir yog’dirish sehrini ham egallashgan. Mahmud Koshg’ariy «Devonu lug’otit-turk» kitobida bu voqyeaga shohid bo’lganligini eslaydi: «Yat - yomg’ir, shamol va boshqalarni talab qilish uchun maxsus toshlar (yada toshi) bilan fol ochish odatidir. Bu odat ular orasida keng tarqalgandir. Men buni yag’molar shahrida o’z ko’zim bilan ko’rdim. U yerda paydo bo’lgan yong’inni so’ndirish uchun shunday fol qilingan edi. Xudoning amri bilan yozda qor yog’di. Ko’z oldimda qor yong’inni so’ndirdi».16

Qomlar yada toshlari sehri bilan yomg’ir yoki qor yog’dirishi to’g’risida ko’plab rivoyat, afsona, tarixchi olimlarning esa hayotiy kuzatishlari bitilgan xotiralar yetib kelgan. Yada toshlarining paydo bo’lishi Nuh payg’ambarga bog’lanar ekan. Turk olimi Usmon Turon shunday rivoyatni keltiradi: Nuh payg’ambar Turkistonni o’g’li Yofasga berganida, u bu suvsiz o’lkada nima qilishini so’raydi. Ota unga yomg’ir yog’dirish qudratini baxsh etib, ustiga duo (ismi a’zam) yozilgan bir tosh (tilsim) beradi. Ya’ni ehtiyoj bo’lganda, shu tosh bilan Ollohga duo etib, yomg’ir yog’dirilar edi. Toshni «yada, toshi» (yada – jada, jodugarlik demakdir – A.A.) deyishardi. Rivoyatlarga ko’ra, tosh o’g’uzlar qo’liga o’tgani uchun unga ega bo’lish maqsadida qorluq, hazar va boshqa turklar o’rtasida urushlar bo’lgan. Turklarning ajdodiga Olloh yomg’ir yog’dirish qobiliyatini bergani haqidagi rivoyatlar Xitoy, islom va nasroniy manbalarda ham ko’p marta zikr etilgan.

Ahmad bin Yusuf al-Tifoshiy ham Ahmad bin Abu Xolidning «Kitob ul-Axjar» asari asosida yada toshlari bilan bog’liq rivoyatni keltiradi: «Xorazmshoh (Alouddin Muhammad)ning qo’shinida bir turk istagan paytda yomg’ir yog’dirgan. Yog’ingarchilik vaqtida Surxob nomli bir qush paydo bo’lib, tuxumdek keladigan toshlar tashlagan. Ular to’planib, hukmdor xazinasida saqlangan va kerak bo’lganida ulardan yomg’ir yog’dirish, dushmanga qarshi bo’ron turdirish maqsadida foydalanilgan…

Keksa bir turk chodir ichida yomg’ir yog’dirishga kirishganda, biz ham xazina boshchilar bilan birga usti ochiq bo’lgan o’zga bir chodirda edik. U oldiga suv to’la bir idish qo’ydi. Keyin uch dona qalin qamishni suvning o’ngu so’liga tiqib, oxirgisini ko’ndalang qilib qo’ydi. Ingichka va qizil yada toshi rangidagi ilon dumini ko’ndalang yotgan qamishga yonma-yon yotqizib, boshini suvning tepasida tutdi. Keyin ikkita yada toshini suvga solib, bir-biriga ishqadi. Bu ishni yetti marta takrorlar ekan, unga shogirdlari yordam berib turdi. Nihoyat, yadachi boshi ochiq, sochlari to’zg’agan, yuzi asabiy va ko’pchigan holda boshini ko’kga qaratdi-da, ikki soat davomida yomg’ir duosini o’qidi, nihoyat, osmonni bulut qopladi va qattiq jala quydi».17

Shomonlar yaxshi turmush tarzini orzu etishganlarida ezgu ruhlardan madad olganlar. Oltoy turkiylari ezgulik ruhini tog’ timsolida ko’radilar va u bilan muloqotga kirishadilar.

Quyosh aylanmas po’lat tog’,

Oy aylanmas po’lat tog’

Ona o’rmonlarining yopinchig’i

Muqaddas buyuk tog’.
Otalarimiz, buyuklarimiz senga topindilar

Bu biror yaxshilik keltiradi-mi?

Abadiy yashayajak urug’imizga foyda beradi-mi?

Qo’limizdan tutib yetaklaydi-mi?


Ey, beshik ruhini yaratgan,

Suruvlarimizga barokat ber!

Yurtimizga yashash baxsh etgin! 18

Shomonlar turkiylarning kelajakdagi hayotini bashorat qiladilar. Turk olimi A.Kabakli «Turk adabiyoti» kitobida shomoniylikning bu xil vazifasi aks etgan ikki she’riy parchani keltiradi. Telenget shomonlari oxir zamon ko’rinishini shunday bashorat qiladilar:

Oxir zamon kelganda,

Osmon temir bo’lib qolur.

Yer bokir bo’lib qolur

Xoqon xoqonga yopishar.

Qattiq tosh maydalanur.

Ota o’g’ilni tanimas,

O’g’il otani tanimas.

Pogir o’ti qimmatlanur.

Ot boshidek katta oltin,

Bir tavoq oshga arzimas.

Oyoq ostidan oltin chiqar,

Uni oluvchi yo’q bo’lur.

Qora yerga o’t yog’ilar.

Qayra xonla Xuday ota (Tangrilar)

Bunga tutar qulog’in.

Bu hangomadan dunyo buzilar.

Dengizlar chayqalar.3

Oltoy shomonlari ham oxir zamon belgilarini oldindan aytadilar:

Qora suv qon bo’lib oqadi,

Yer guldirar, tog’lar o’rnidan siljir.

Ko’k qimirlar, parchalanar,

Dengizlar oqar tagi ko’rinib.

Dengiz tubida to’qqiz qo’lli qora tosh,

To’qqiz yeridan parcha-parcha bo’lur.

U yerdan to’qqiz temir otli kishi chiqar,

Ular mingan otlar,

Yirik, sariq, urushqoqdir.

Daraxtlarga tegsa uni sindirar,

Jonivorga tegsa tilka-pora qiladi.

(O’sha lahzada) oyning yorug’i yo’q bo’ladi,

Daraxtlar tomiri bilan sug’iriladi.19

Magiya yoki so’zning sehr-jodu kuchiga ishonish shomonlikning shakli hisoblanadi. Ibtidoiy davrlardan boshlab odamlar tabiatdagi narsalardan qo’rqib yashaganlar. Qo’rqish esa ularning taniga turli xil kasalliklar keltirgan. Yoki inson vujudidagi ayrim modda almashishlarining noto’g’ri bo’lishi ham har xil kasalliklarga sabab bo’lgan. Qadimgi xalqlar bu hodisalarni yomon ruhlarning inson taniga o’rnashib olishi bilan bog’laganlar. Shu sababli ularni inson tanidan quvib chiqarish yo’llarini tanlashgan. Go’yo ezgulik ruhlari yomon ruhlarni yo’qotish uchun odamlar orasidan iqtidorli shaxslarni tanlaganlar va homiylik qilganlar.

Turkiy qavmlar o’rtasida kasallangan odamlarni qadim zamonlardan boshlab so’zning sehr-jodu qudrati orqali davolash bilan maxsus shug’ullanuvchi shaxslar bo’lgan. Gerodot «Tarix» asarida skiflar qavmi o’rtasida sehrgarlik bilan shug’ullanuvchilar ko’p bo’lganligini ta’kidlaydi. Ayrim manbalarda, masalan, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida Turon mamlakati hukmdori Afrosiyobga ta’rif berilar ekan, «u jodugar Nuh podshoning bolalaridan» deb ko’rsatiladi. Sehrgarlik Nuhga va Afrosiyobga bog’lanishi turkiy qavmlarning bosh bo’g’iniga mansub hukmdorlar ham sehr-jodu ishlarini bilishiga ishoradir. Tabariyning «Tarixiy Tabariy» asarida esa Afrosiyobning o’g’li Shad sehrgar bo’lgani va Eron lashkarlariga xavf tug’dirganligi keltirilgan.

So’z sehri bilan yomon ruhlarga qarshi kurashish jarayonida yuzaga kelgan matnlar sekin-asta janr xususiyatini ola boshlagan. Turkiy xalqlar o’rtasida islomdan so’ng ham so’z magiyasi rivojlangan, ular afsunlar (arabcha sehr-jodu) deb yuritilgan. Bu afsunlar hozir ham mavjud bo’lib, ular mullalar tomonidan o’qiladi. Afsunlarning matnlari asosan islom dini ta’limotiga aloqadordir. Shu sababli ular turkiy adabiyotning namunasi hisoblanmaydi.

So’z magiyasi matnlari orasida qadimgi turkiylar tomonidan yaratilganlari ham saqlangan. Markaziy Osiyoda yashovchi o’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq xalqlari o’rtasida badik marosimlari mavjud. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida «badik» so’zi «titroq», «larza» ma’nosi bilan izohlanadi. Bu so’zning «bezgak» ma’nosi ham mavjud. Badik inson tanida suvchechak, qizilcha, eshak yemi kabi toshmalar chiqsa, unga qarshi so’z kuchi orqali kurashiladigan marosimlardir. Badik matnlari yomon ruhlarni quvishga qaratilgan. Professor B.Sarimsoqov o’z tadqiqotlarida bu matnlarning turkiy xalqlar o’rtasida saqlangan parchalarini keltiradi.

O’zbeklarda:

Ko’ch-ko’ch ko’chasan

Ko’char yering men aytsam,

Qizib yotgan go’rga ko’ch,

O’lik yotgan mozorga ko’ch,

O’li bilan mo’liga ko’ch,

Bor, javobing beraman,

Tegirmonning do’liga ko’ch.

Iyiq bilan biyikka ko’ch,

Tovda yurgan kiyikka ko’ch.

Qizil egar naqshiga ko’ch,

Boqolmagan baxshiga ko’ch.

Qoraqalpoqlarda:

Ko’sher bolsang, ko’sh bedik,

Taylarga ko’sh,

Tayding artin jaylagan

Baylarg’a ko’sh.

Onnan jaylay toppasang

Men aytayin,

Qara basin oylag’an

Xanlarga ko’sh.

Ko’sh, ko’sh.

Qozoqlarda:

Badik, badik degende bastay keldik,

Barsha shapa basina jastay keldik,

Osi auilda bir badik bar degenge,

Yetin alip, suyegin tastak keldik.

Ko’sh! Ko’sh! Ko’sh!

Degenge burma badik, burma badik,

Buralip bosag’ada turma, badik,

Buralip bosag’ada turma, badik,

Keledi uyisine ulken kadik,

Ko’sh! Ko’sh! Ko’sh! 20

So’zning magik qudratidan kinnachi (suq, hasad, kek, o’ch, xusumatni qaytarishga kurashuvchi)lar ham foydalanishgan. Ular aytgan matnlar ham yomon ruhlarni quvish ruhida yaratilgan. Badikchilar va kinnachilarning sehr-joduli so’zlarida buyruq ohangi birinchi o’rinda turadi. So’zning butun kuchi, ezgulik ruhi homiylik qilayotgan kishining qahr-g’azabi yomon ruhni inson tanasidan haydashga qaratiladi.




Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish