2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja



Download 65,21 Kb.
bet12/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

«Oltin yoruq» qadimgi sanskrit tilida yaratilgan asar bo’lib, X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung uni xitoycha variantidan turkiy tilga tarjima qilgan. Kitobning sanskritcha nomi «Suvarnanrabhasa» (oltin jilo)dir. Turkiycha tarjimada esa to’liq nomi «Altun o’nglug’ yaruq yaltriklыg’ qonda ko’trulmush nom eligi» – oltin rangli nur toblanadigan hammadan buyuk bo’lgan kitob tojdori)dir. «Oltin yoruq» budda diniga oid sutra – muqaddas kitoblardan biri hisoblanadi.

«Oltin yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima asaridir. U turkiy adabiyotda badiiy tarjima tarixi juda qadim davrlardan boshlanganligini ko’rsatadi. «Oltin yoruq» asli sanskrit tilida yaratilgan. Ma’lumki, sanskrit qadimgi hind adabiy tili hisoblanadi. U miloddan avvalgi birinchi asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskrit tilida ko’plab diniy, falsafiy, badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan.

Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon adabiyotning «Maxabxarata», «Ramayana», «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To’tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari sanskrit tilida yaratilgan. Sanskrit adabiyotining namunalari X asrdayoq Markaziy Osiyoda sevib o’qilgan va tarjima qilingan. Abu Rayhon Beruniy «Kalila va Dimna»ning tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga o’girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asarda budda dinining ta’limoti o’z mantiqiy ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilinganga qadar budda ta’limoti turkiy xalqlar o’rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar mavjud edi.

Budda dining paydo bo’lishi miloddan avvalgi 623-544 yillarda yashagan Siddhartha Gautama nomi bilan bog’langan. Budda – sanskritcha nurlangan degan ma’noni beradi. Uning asl mohiyati insoniyatni azob-uqubatlardan qutqazishdan iboratdir. «Oltin yoruq»dagi Mag’astvi o’z jonini qurbon qilishdan maqsad ham ana shu ta’limotga, bu dunyodagi azob-uqubatlardan qutulishga qaratilgan.

Budda ta’limotining Markaziy Osiyoga kirib kelishi, unga e’tiqod qo’ygan kishilar o’rtasida budda g’oyalari singdirilgan badiiy asarlarni o’qishiga ehtiyoj tug’dirgan. «Oltin yoruq»da budda ta’limotiga asos bo’lgan to’rt dunyoqarash – «haqiqat» singdirilgan: 1) turmush azob – uqubatlardan iborat; 2) azob – uqubatlar yuzaga kelishining sababi – odamlarning istak va nafslari; 3) bu azob uqubatlardan qutulish uchun odamlar o’z istak va nafslarini tiyishi kerak; 4) budda kashf etgan aqidalarga amal qilish azob – uqubatlardan ozod qiladi.

Mag’astvi – hayotda o’z istak va nafsiga erkinlik bergan, ammo o’z xatosini anglagan kishilarning umumlashma obrazidir. U faqat bir davrda yashagan odamlarning emas, balki, insoniyat nomidan gapirar ekan, yuz ming yillar davomida yaxshi turmush kechirib, gunohga botgan shaxslarning umumlashma obrazidir. Mag’astvi o’zlikni yo’qotib, lazzatli umr kechirish, mol – mulk to’plashga berilishni keskin qoralaydi. Mag’astvi bunday hayotni kechirilmas gunoh, azob – uqubat, tanning chirkin holatga tushishi deb tushinadi va o’z jonini qurbon qilish bilan undan xalos bo’ladi. O’z akalari ham azob – uqubatdan qutilishning bunday yo’lini tushunishlarini istaydi.

«Oltin yoruq» tarjima asar bo’lsa-da, kuchli his-hayajon, ehtiros bilan o’qiladi. Undagi lirizm ruhining balandligi asar asli she’riy yo’lda yaratilganidan dalolat beradi. «Oltin yoruq» diniy asar hisoblansada, unda real hayot manzaralari inson vujudini larzaga solarli darajada yaratilgan. O’z farzandidan judo bo’lgan ota – ulug’ elig va ona – malika kechinmalari asarning estetik kuchini oshirishga xizmat qilgan. «Oltin yoruq» yig’i va judolik ruhining kuchligi bilan tosh bitiklardagi ayriliq tasvirlariga juda ham ohang turadi1.


Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish