O‘zbek tili o‘qitish maqsadi
Amaliy maqsad
|
Tarbi-yaviy maqsad
|
Ta’limiy maqsad
|
Rivojlanti-
ruvchi maqsad
|
Yo‘nalti-ruvchi maqsad
|
Jadvalda o‘qitish maqsadi besh turda ko‘rsatilgan:
– amaliy maqsad: til imkoniyatlaridan mustaqil va erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;
– ta’limiy maqsad: talabalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini egallash, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni shakllantirish;
– tarbiyaviy maqsad: ma’naviy, g‘oyaviy — estetik tarbiya berish;
– rivojlantiruvchi maqsad: talaba shaxsini aqliy jihatdan rivojlantirish;
– yo‘naltiruvchi maqsad: talaba tafakkurini maqsadli yo‘naltirish.
6-ilova
Til o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda, adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri ifodalay oladigan, bir ma’noni turli holatlarda bera bilish ko‘nikmasi shakllangan, adabiy nutq me’yorlarini egallagan, yetuk murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.
7-ilova
8-ilova
O‘zbek tili o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi:
– o‘quv mashg‘ulotlarini til va nutq hodisalarini o‘zaro farqlash, qiyoslash, umumlashtirish asosida olib borib, talabaning mustaqil va ijodiy fikrlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;
– o‘quvchi faoliyatini so‘zga ehtiyoj hosil qiladigan o‘quv topshiriqlari orqali maqsadli boshqarib borish, so‘z boyligini oshirishni, tafakkur doirasini kengaytirish, nutqiy salohiyatni (og‘zaki va yozma matn yaratish) shakllantirish;
– o‘quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini orttirishning shakl, yo‘l, vosita va usullarini o‘rganish.
Demak, o‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, so‘z tanlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash o‘z fikrini aniq, ixcham, ravon ifodalashga o‘rgatish til o‘qitish metodikasining birlamchi vazifasi bo‘lsa, «talaba - talaba», «talaba - o‘qituvchi» tizimida o‘zaro muloqotni, bahs-u munozarani to‘g‘ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jarayonlarini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirishni o‘rganish, talabalarni o‘qituvchilik mahorati va ilg‘or texnologiya bilan tanishtirib borish metodika fanining ikkinchi va bag‘oyat muhim vazifasi hisoblanadi.
2. O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi fanining shakllanish tarixi, XI asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrda yashagan allomalarning til va nutq, ta’lim va tarbiya haqidagi fikrlari.
Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbеk xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alishеr Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim-tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar.
Ona tilini o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Sharqda IX-XV asrlarda ijtimoiy-madaniy hayotda yuksalish, ilm-fanda taraqqiyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qlgan, qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilm-u fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim va tarbiya bobida ham o‘chmas iz qoldirdilar.
Chunonchi, buyuk mutafakkir Al Xorazmiy “Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, – deydi va bilim egallashda ijodiy faoliyatni asos qilib oladi.
Sharqda “ikkinchi muallim” deb tan olingan (Arastudan keyin) Abu Nasr Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asaridagi “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim jarayoni o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishi lozim” degan fikri “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |