2-ma’ruza Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida



Download 79,31 Kb.
bet1/14
Sana04.03.2022
Hajmi79,31 Kb.
#482607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-ma’ruza Mavzu O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan si


2-ma’ruza
Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida
REJA:
1. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.
2. “O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi” fanining shakllanish tarixi, XI asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrda yashagan allomalarning til va nutq haqidagi fikrlari.
3. XX asrning ona tilini o‘qitishda alohida o‘rin tutganligi va bu davrning quyidagi kichik davrlarga bo‘linishi: 1)1910-1930-yillar; 2)1930-1960-yillar; 3)1960-1970-yillar; 4) 1970-1990-yillar; 5)1990-yildan hozirgi davrgacha.
4. O‘TDA yig‘inlari materiallari ustida ishlash.

1. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.


Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo‘lmish "Ta’lim to‘g‘risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab ta’limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo‘ydi. Birinchi Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim past bo‘lishi muqarrar", degan ta’kidlari maktab ta’limi va didaktlar oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o‘z navbatida ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o‘zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala birinchi navbatda ta’lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo‘lishi lozim.
Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o‘rinda turadi. Chunki maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o‘ r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o‘z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o‘rinda bir necha haqli savollar tug‘iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo‘g‘in va bosqichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o‘quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika tilshunoslik ilmi asoslarini o‘rganish uchunmi? Jamiyat a’zolarining barchasi tilshunos bo‘lishi shartmi?!
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” pedagogik sikldagi fanlardan biri bo‘lib, u didaktika bilan uzviy bog‘langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi bilan bevosita aloqadordir. Ta’limning umumdidaktik asoslaridan xabardor talaba “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanini osonlik bilan o‘zlashtiradi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda ona tili “Nima uchun o‘qitiladi?”, “Nega shunday o‘qitiladi?”, “Nima o‘qitiladi?”, “Qanday o‘qitiladi?”, “Ona tili ta’limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?” degan savollarga javob izlaydi.
Maktab, AL va KHKlarida o‘zbek tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda belgilangan prinsiplarga tayanadi. Ta’lim mazmuni masalasi pedagogika tarixida eng qadimiy va ayni paytda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Pedagog olimlar jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida «Nimani o‘qitish kerak?» degan savolga javob izlash bilan shug‘ullandilar va hali-hamon bu savolga to‘liq va har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q. Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Cnunki odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Ta’lim mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada, xususan, o‘zbek tili o‘qitish metodikasida quyidagi 4 ta muhim tarkibiy qism hisobiga amalga oshiriladi:


Download 79,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish