2-ma’ruza Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida



Download 79,31 Kb.
bet8/14
Sana04.03.2022
Hajmi79,31 Kb.
#482607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2-ma’ruza Mavzu O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan si

Beshinchi davr – 1991-yildan keyingi davr. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng ona tili ta’limi oldiga tamomila yangi talablar qo‘yila boshlandi. “O‘zbek maktablarida ona tili Konsepsiyasi” (1993) ishlab chiqildi.2
Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida qabul qilindi, DTSga muvofiq keladigan “Ona tili” dasturlari yaratildi; maktab darsliklari yangilana boshladi.
Ona tilining mazmuni, asosan, 50-yillarning o‘rtalarida shakllangan bo‘lib, o‘shandan beri dasturlar juz’iy o‘zgarishlar bilan 1998-1999-o‘quv yiliga qadar amalda bo‘lib keldi. 60-yillarga kelib “Fan yutuqlari – maktabga” shiori o‘rtaga tashlangach, maktab ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm hokimligi yuzaga keldiki, o‘qish ham, o‘qitish ham zerikarli bo‘lib qoldi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi nutqini rivojlantirishga qaratilgan foydali amaliy ishlar son-sanoqsiz grammatik talqin, qoida va ta’riflarni ko‘r-ko‘rona “o‘zlashtirish”, ya’ni ularni qorilarcha yodlab olishdan nariga o‘tilmadi.
Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar bilan bog‘liq chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki, fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va hatto matnni almashtira olishi, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi. Mavjud chalkashliklardan yana biri bir so‘z turkumdan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tish talqini edi. “Dono qiz dono so‘zlaydi” gapida birinchi dono ravish so‘z turkumiga kiritilgan edi.
Sintaksisda ulkan chigallik tug‘dirgan masalalardan biri gap talqini masalasi edi. Shaxs-son, zamon ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan kesimlar ham “kesim” deb atalib, “Men borganda…”, U kelgandan keyin…” tipidagi gaplar ham qo‘shma gap sifatida qaraladi.
Sho‘ro ta’limi sharoitida nafaqat ta’lim mazmuni, balki o‘qitish usulida ham dogmatizm hukmron edi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatishdan ahcha yiroq bo‘lib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi – nutqni shakllantirish va rivojlantirish uning soyasida qolib ketgan edi.

Download 79,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish