2-ma’ruza Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida



Download 79,31 Kb.
bet5/14
Sana04.03.2022
Hajmi79,31 Kb.
#482607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-ma’ruza Mavzu O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan si

Yusuf Xos Hojib. Sharqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga misol tariqasida Yusuf Xos Hojibning quyidagi fikrlarini kеltirish maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. Tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish mumkin. Zеro, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki aksincha, boshi egik bo‘lishi mumkin”. Dеmak, so‘z ma’nolarini ilg‘ash so‘z ishlatish uchun ham bilimdonlik talab etiladi.
Alisher Navoiy. Alisher Navoiy o‘zbek tili ravnaqi uchun astoydil kuyindi... Turkiy til ravnaq uchun qat’iy kurash olib bordi. Navoiy asarlari til omillaridan, o‘zbek tilining leksik – grammatik imkoniyatlaridan unumli va mahorat bilan foydalanishning oliy namunasidir. Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning adabiy tilga muvofiq ijod etganini maxsus ta’kidlaydi: “Andijon elining lafzi qalam bila rostdur, oni uchun kim Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, undan nash’u namo topibtur, bu til biladur”.
Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi, uni “guhari sharif” deya ta’riflaydi. So‘z insonni hayvondan ajratgan ulug‘ ne’mat deya ulug‘laydi:
“Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz”.
Navoiy har doim shaklning mazmunga uyg‘un bo‘lishini talab etadi:
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli ma’oniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga.
Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali o‘qish san’atini egallashlariga diqqatni tortdi. Shoir o‘zining “Lisonut-tayr” asarida asar mazmunini tushunib o‘qish usulini egallashga chaqirdi. “Mahbub ul-qulub” asarida Xushnavis chiroyli yozishning va yozma nutq malakasini egallashning barchaga “osoyish” berish”ini ta’kidladi. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida talaffuz va imlo, so‘z qudrati va nutq madaniyati, so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalanish, nutqni to‘g‘ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini berish bilan turkiy (o‘zbek) tilini chuqur o‘zlashtirish metodikasiga ulkan hissa qo‘shdi.1

Download 79,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish