2-Ma’ruza: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Download 417,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana12.09.2021
Hajmi417,03 Kb.
#172221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2- Maruza. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsafasi. falsafasi. 9824d485987509b8ded2f65b66ce18c9

Tomas  Gobbs  (ingliz  faylasufi  1588-1679)  tomonidan  F.Bekonning 

materialistik  qarashlari  tizimga  solingan  va  rivojlantirilgan.  Gobbs  materiyaga 

birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni 

bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari deb hisoblagan. Materiya  – abadiy, 

jismlar  va  hodisalar  –  o‘tkinchi:  ular  vujudga  keladi  va  yo‘q  bo‘ladi.  Fikrlashni 

materiyadan  ajratib  bo‘lmaydi,  zero  materiyaning  o‘zigina  fikrlaydi.  Jismsiz  tana 

bo‘lmaganidek,  jismsiz  substansiya  ham  bo‘lishi  mumkin  emas.  Aynan  materiya 

barcha o‘zgarishlar sub‘ekti hisoblanadi.  

Barcha  moddiy  jismlar  ko‘lamlilik  va  shakl  bilan  tavsiflanadi.  Ularni  o‘lchash 

mumkin,  chunki  ular  uzunlik,  kenglik  va  balandlikka  ega.  F.Bekondan  farqli 

o‘laroq,  Gobbsda  materiya  sifat  ko‘rsatkichlariga  ega  emas,  u  materiyani 

matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan o‘rganadi. Unda materiya dunyosi 

rang,  hid,  ovoz  kabi  xossalardan  mahrum.  T.Gobbs  talqinida  materiya  go‘yo 

geometrik  tus  oladi  va  sifat  jihatidan  bir  jinsli,  rangsiz  narsa  tarzida,  miqdoriy 

kattaliklarning  muayyan  tizimi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Harakatni  u  faqat 

mexanik  nuqtai  nazardan  tushunadi.  Makon  va  vaqt  muammolarini  o‘rganishga 

nisbatan Gobbs materialistik nuqtai nazardan yondashadi.  

T.Gobbs o‘zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko‘radi. 

Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarga ham duch kelish 

mumkin.  Masalan,  u  Xudo  –  inson  tasavvurining  mahsuli,  degan  fikrni  ilgari 

suradi.  «Tabiiy  va  siyosiy  qonunlarning  elementlari»  asarida,  «Falsafa  asoslari» 



trilogiyasi  («Jism  haqida»,  «Inson  haqida»,  «Fuqaro  haqida»)da,  shuningdek 

«Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror  qayd etadi. 

Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, 

Xudo  «hamma  narsani  ko‘rguvchi  va  hamma  narsani  boshqaruvchi»,  «u  barcha 

sabablarning  birinchisi»dir.  Gobbs  Xudo  voqealarning  tabiiy  oqimiga 

aralashmasligini qayd etadi.  

F.Bekon  kabi  T.Gobbs  ham  gnoseologiyada  asosan  empirik  va  sensualist 

bo‘lgan  (hissiy  bilishni  bilishning  asosiy  shakli  deb  hisoblagan).  Insonga  moddiy 

jism  ta‘siri  natijasida  vujudga  kelgan  sezgini  u  bilishning  birinchi  bosqichi  deb 

hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo‘shish yoki ayirish deb hisoblagan, unga 

o‘z matematik metodini to‘la tatbiq etgan.  


Download 417,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish