2-Ma’ruza: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Download 417,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana12.09.2021
Hajmi417,03 Kb.
#172221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Maruza. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsafasi. falsafasi. 9824d485987509b8ded2f65b66ce18c9

So’fizm  falsafasi.  Bilish  muammosi  so‘fizmning  eng  muhim  tomonini  tashkil 

etadi.  Mo’‘tadil  so’fizm  ta’limotiga  ko’ra  gnostik  (orif)ning  asosiy  vazifasi  oliy 



maqsadga  erishish  –  haqiqatni  bilishdan  iborat.  Bu  maqsadga  o‘zini  o‘zi 

takomillashtirish  va  o‘zini  o‘zi  bilish  yo‘li  bilan  erishiladi.  O‘z  mohiyatini  bilish 

jarayonida inson o‘zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir 



to‘g‘ri  usuli  o‘zini  o‘zi  bilish,  ya‘ni  o‘zlikni  anglash  ekanini  tushuna  boshlaydi.  

Biroq  bilishning  bu  darajasiga  etish  uchun  odam  o‘zini  butunlay  o‘z  o‘zligini 

anglashga baxshida etishi lozim. U so‘fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek 

haqiqat  sari  yo‘l  tutgan  kishilarga  qo‘yiladigan  ayrim  boshqa  talablarni  bajarishi 

darkor.  Mo‘‗tadil  so‘fizm  vakillari  qatoriga  Xorisi  Muhosibiy,  Abulqosim 

Kushayriy,  Abu  Homid  G‘azzoliy  va  boshqalar  kiradi.  Ular  so‘fiy  shariat 

chizig‘idan  chetga  chiqmasligi,  uning  barcha  so‘zlari  va  ishlari  Qur‘oni  karim 

aqidalari  va  Muhammad  payg‘ambar  hadislariga  muvofiq  bo‘lishi  lozim,  deb 

hisoblaydilar.  

«Vahdati  vujud»  (borliqning  birligi)  nuqtai  nazarida  turuvchi  so’fiylar 



so’fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir 

deb  qaraydilar.  Tabiat  ilohiy  emansipatsiya  oqibatidir.  Inson  bu  emansipatsiya 

zanjirida oxirgi bo‘g‘inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga 

etadi,  balki  o‘zi  ham  Haqiqat  –  «Alloh»ga  aylanadi.  So‘fiylikning  bu  tariqat 

vakillari  yashirin,  sirli  narsalarni  bilishni  afzal  ko‘rib,  shariat  aqidalari  va 

me‘yorlarini tan olmaganlar.  

So‘fizm  Allohni  tabiat  bilan  uzviy  deb  qaraydi.  Uni  insonni  qurshagan  tashqi 

dunyoda  mavjud  har  bir  narsa  bilan  tenglashtiradi  va  ularda  Allohning  siymosi, 

mohiyatini ko‘rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin 

hodisalarning  har  birida  ilohiy  haqiqat  belgisi,  mohiyatini  topish  va  bilish 

maqsadida muayyan qadam tashlaydi.  So‘fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari 

va  vositalari  sifatida  vahiy  va  ilhom  amal  qiladi.  Bu  erda  sezgilar  va  aql  bilish 

vositalari  sifatida  ishlamaydi.  Borliqning  birligi  tarafdorlari  sanalgan  so‘fiylarda 

panteistik an‘analar ustunlik qiluvchi ta‘limotlarda Allohni bilish nazariyasi bilan 

bir  qatorda  dunyoni  bilish  nazariyasi  ham  mavjud  bo‘lib,  unda  bilish  ob‘ekti 

sifatida moddiy dunyoning o‘zi, bilish vositalari va usullari sifatida esa – sezgilar, 

aql, kuzatish, taqqoslash, so‘zning tor ma‘nosidagi tajriba amal qiladi. Garchi ular 

bilishning  turli  shakllarini  tan  olsalar-da,  mohiyatlar  mohiyati  (Alloh)ni  bilish 

darajasi  to‘g‘risida  so‘z  yuritilgan  hollarda  bilish  shakllarining  ahamiyatini 

cheklaydilar.  Allohni  bilishga  faqat  Uning  karami  va  nuri  yordamida  muvaffaq 

bo‘linadi.    Mutlaq  haqiqatning  tagiga  etish  yo‘lidan  boruvchi  odam  (orif)  o‘z 

oldiga  haqiqatni  bilish  vazifasini  qo‘ygan  faol  individga  aylanadi  va  uzoq 

izlanishlar,  turli  mistik  bosqichlar,  maqomlardan  o‘tish  va  o‘zlikni  anglash 

natijasida  o‘zida  mutlaq  haqiqat  (Alloh)ni  topadi  va  etuk  insonga  aylanadi. 

So‘fizm ta‘limotiga ko‘ra, haqiqatning tagiga etish uchun odam o‘z ichki dunyosi, 

qalbini  har  xil  dunyoviy  qusurlardan  forig‘  etishi  lozim.  Bunga  erishish  uchun  u 

bir qancha ma‘naviy bosqichlar yoki so‘fiylar ta‘biri bilan aytganda maqomlardan 

o‘tishi  darkor.  Bilish  va  ma‘naviy  sayohat  yo‘lida  odamga  uning  tafakkuri  yo‘l 

ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan bosqichlarning har biridan o‘tish natijasida odam axloqiy 

va ma‘naviy jihatdan takomillashadi va haqiqatni bilishga yaqinlashadi.  




Download 417,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish