O’rta asrlarda G’arb va SHarqda falsafa rivojlanishining umumiy
belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va SHarq falsafasi avvalo feodal
jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi.
Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va
dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan.
Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish
huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi
ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan.
Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta‘minlovchi integratsion asos din
bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |