Markaziy Osiyoda O’rta asrlar falsafasi. SHarq yoki Musulmon Renessansi
tushunchasi. Tarixda O‘rta asrlar tushunchasi odatda melodiy SH - XU asrning
boshlarini o‘z ichiga oladi. Lekin, aynan shu davr mobaynida SHarq va G‘arb
mamlakatlarining madaniy rivojlanishlari bir-biridan jiddiy farq qilgan. Evropada
bu davrda xristian dini va cherkovining jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan
hukmronligini o‘rnatganligi, falsafa, adabiyot, san‘at faqat diniy sxolastikaga
xizmat qilganligi, har qanday ilmiy izlanish yoki erkin fikrlash taqiqlanganligi
ma‘lum. Lekin SHarqda, xususan, Musulmon SHarqida aynan shu davrda
ma‘naviy va madaniy rivojlanish yuz bergan bo‘lib, uni Arab Renessansi,
Musulmon Renessansi yoki islom mafkurasi, madaniyatiing ko‘pgina SHarq
mamlakatlarida keng tarqalganligi sababli SHarq Renessansi deb ham atashadi. Bu
davrda ―Baytul-Hikma‖ nomi bilan mashhur bo‘gan fan va madaniyat markazlari
paydo bo‘ldi. Bu ilk SHarq akademiyasi hisoblanib, u Abbosiy xalifa Ma‘mun ibn
Ma‘mun (813-833) davrida yaratilgan. Bu akademiyaga Markaziy Osiyodan
chiqqan buyuk matematik Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgan bo‘lib, ―algoritm‖,
―algebra‖ kabi matematik atamalarning kelib chiqishi uning nomi bilan bog‘liqdir.
Mazkur akademiyaddd Evropada ―Alfragamus‖ nomi bilan mashhur bo‘lan
farg‘onalik Ahmad bin-Muhammad Farg‘oniy ham ijod qilgan. Uning ―Ilmi nujum
asoslari‖ asari Evropada XU1 asrga qadar falakiyot ilmi bo‘yicha asosiy darslik
bo‘lib kelgan. Somoniylar davlatida Xorazmshoh Abdulabbos Ma‘mun (999-
1016) hukmronligi davrida Xorazmda yana bir akademiya barpo etildi. Unga
mashhur tabiatshunos olim va tarixchi Abu Rayhon Beruniy, buyuk faylasuf va
alloma olim, Evropada avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan Ibn Sino boshchilik
qildi. U qoldirgan bebaho meros keyinchalik jahon ilm-fani va falsafasi rivojiga
katta ta‘sir ko‘rsatgan. Keyinroq,, Saljuqiylar hukmronligi davrida yana bir boshqa
ilmiy markaz paydo bo‘ldi. U vazir Nizomumulk sharafiga Nizomiya deb ataldi.
Unda mashhur ilohiyotchi, so‘fiylik ta‘limotining nazaryotchisi al-G‘a zzoliy ijod
etgan. Ilk o‘rta asrlar Musulmon SHarqida yuz bergan madaniy ko‘tarinkilik
nafaqat dunyoviy, balki diniy ilmlarning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu
jarayonni rivojlantirishda hukmronlik qilgan halifalarning homiyligi ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, al-Ma‘mun (813-833) halifalik qilgan davrda
Bag‘doddagi akademiyada tarjimonlar va hattotlardan borat ijodiy guruhh tashkil
etilib, ular Platon va yangi platonchilar, Aristotel va uning sharhchilarining falsafa
va mantiqshunoslikka, Gippokrat va Gallenlarning tibbiyot ilmiga, Evklid,
Arximed va Ptolomeylarning matematika hamda astronomiyaga oid mumtoz
asarlarini arab tiliga o‘girdilar va keng tarqalishiga xizmat qildilar. Bu o‘z
navbatida yunon falsafasi va ilmining SHarq mamlakatlariga kirib kelishiga hamda
uning keyingi rivojiga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |