2-Ma’ruza: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Download 417,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana12.09.2021
Hajmi417,03 Kb.
#172221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Maruza. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsafasi. falsafasi. 9824d485987509b8ded2f65b66ce18c9



2-Ma’ruza: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb 

falsafasi. falsafasi. 

 

Reja: 

 

1.  Hindiston va Xitoy falsafasi.Qadimgi Yunoniston falsafasi 



2.  O‘rta asr Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari. 

3.  Yangi davr falsafasi rivojidagi ijtimoiy siyosiy sharoit. 

4.  Yangi davr G‘arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolar 

 

Qadimgi  SHarq  va  G’arb  falsafasi  vujudga  kelishi  va  rivojlanishining 

umumiy  qonuniyatlari.  Qadimgi  SHarq  va  G‘arbda  shakllangan  falsafa 

insoniyatning ilm, fan, ma‘naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning 

rivojlanishi,  o‘ziga  xosligi  va  betakrorligidan  qat‘iy  nazar,  ayrim  umumiy 

qonuniyatlarga ega.  

Falsafa  tarixi  haqida  fikr  yuritishdan  avval  falsafa  fanining  bilish  nazariyasi, 

qonun va kategoriyalari, tamoyillari, inson falsafasi, jamiyatni falsafiy anglash, uni 

ilmiy bilish va ilmiy boshqarish muammolari, insoniyatning istiqboli falsafa bilan 

mafkura  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik,  o‘zaro  ta‘siri  kabi  masalalar  haqida 

talabalarga ma‘lumot berish lozim. 

Falsafa  tarixi  fani  bo‘yicha  talabalarga  ma‘lumot  berishda,  falsafiy 

dunyoqarash,  inson  faoliyatining  asl  maqsadi,  mazmuni  va  mohiyati,  moddiy 

borliq  va  ijtimoiy  hayot  o‘rtasidagi  o‘zaro  qonuniyatlar,  aloqadorlik  to‘g‘risida 

ma‘lumot berishi darkor. 

Falsafa  tarixining  shakllanishi  va  rivojlanishi,  tarkibiy  tuzilishining  tarixiy 

bosqichlari,  sinfiylik,  xukm  surgan  davrda  insonlarni  xaqqoniylik,  xalollik 

yo‘lidan chalg‘itib, g‘ayri ilmiy fikrlar ya‘ni ―Evropotsentrizm‖, ―Osiyosentrizm‖ 

g‘oyalarni  ilgari  surganliklari,  G‘arbni  SHarqdan  ustun  turishi  haqidagi  fikrlari 

ilmiy  asosga  ega  bo‘lmaganligi  sababli  bu  g‘oya  chok-chokidan  so‘kilganligi 

to‘g‘risida,  hozirgi  davrning  ilmiy,  falsafiy,  diniy  manzarasi,  falsafa  tarixining 

asosiy  yo‘nalishlari,  oqimlari  va  maktablari,  dunyoning  globallashuvi, 

insoniyatning  ekologik  va  boshqa  global  muammolari  haqida  tasavvurga  ega 

bo‘lishi lozimligi. 

Falsafa  tarixi  fanini  o‘rganishda  talaba  dunyoqarash  tushunchasi,  uning 

mohiyati va mazmuni. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mifologik dunyoqarash 

va uning xususiyatlari. Diniy dunyoqarash, uning xususiyatlari va ularning jamiyat 

hayotidagi 

o‘rni.  Falsafiy  dunyoqarash  –  olam  haqidagi  yaxlit  va 

sistemalashtirilgan  bilimlar  majmuasi.  Falsafiy  qarashlarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari. Nazariya bilan amaliyotning birligi  – falsafiy dunyoqarash tamoyili 

ekanligi.  Qadimgi  Misr  va  Bobilda  diniy  -  falsafiy  fikrlarning  shakllanishi  va 

rivojlanishi.  Dastlabki  ilmiy  fikrlarning  shakllanishida  aniq  fanlar  –  astronomiya, 

matematika, tabiatshunoslikning rivoji va ularning xalq hayoti bilan chambarchas 

bog‘liq  bo‘lgan  ilmiy  fikrlarning  o‘ziga  xos  yo‘nalishda,  amaliy  xarakterda, 

xukmron  mifologik  tasavvurlar  an‘analariga  bog‘liq  holda  rivojlanganligi. 

Xukmron  dunyoqarash  mifologik  xarakterda  bo‘lganligi.  Fikrimizning  tasdiqi 



sifatida  ―Xo‘jayinning  o‘z  quli  bilan  suhbati‖,  ―Arfis  qo‘shig‘i‖,  ―O‘z  ruhi  bilan 

suhbat‖, kabilarni olish mumkin. 

O‘tmish  falsafiy  ta‘limotlar  tarixini  bosib  o‘tilgan  bosqich  sifatida  o‘rganish 

hozirgi  davrda  katta  ahamiyat  kasb  etishini  yodda  tutmoq  darkor.  Bizning 

fikrimizcha falsafa bu ilmning shunday bir qismiki u na faqat yangi fanlarni tarixiy 

sharoitlarni,  tabiiy  ilmiy  kashfiyotlarni  tadqiq  etish  bilan  taraqqiy  etib  qolmay 

balki o‘zining falsafa tarixini anglash va yana qayta anglash yo‘li bilan rivojlanadi. 

Falsafa  tarixi  bu  ham  falsafiy,  ham  tarixiy  fandir.  Falsafiy  tarixshunoslik 

tushunchasidir.  Falsafa  tarixi  falsafaning  turli  tamoyillari  to‘g‘risidagi  fandir. 

Falsafa  tarixi  predmetni  o‘rganishda  falsafa  bilan  falsafa  tarixining  o‘rtasidagi 

munosabatni ko‘rish kerak. Falsafa tarixining turli tamoyillari to‘g‘risida, Gegel va 

uning ilmiy falsafa tarixining yuzaga kelishdagi roli haqida so‘z yuritish lozim.  

Talaba,  shuningdek  falsafa  tarixida  milliylik  va  baynalminalikning  dialektik 

birligi to‘g‘risida muhim dasturul amalligini tushuntirish lozim.  

Dastavval  ilmiy  falsafiy  fikrlar  eramizdan  avval  2  ming  yil  avval  shakllana 

boshlangan. Ilmiy-falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o‘ralgan edi. 

Qadimgi  SHarq  davlatlarida  madaniyat,  ilm  va  g‘oyalarning  shakllanishida 

kohinlarning roli katta bo‘lgan.  

Qadimgi Mirs va Bobilda ilmiy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi. 

Dastavval  ilmiy-falsafiy  fikrlar  eramizdan  avval  ikki  ming  yil  avval  shakllana 

boshlagan  ilmiy  falsafiy  fikrlar  diniy-mifologik  tushunchalar  bilan  o‘ralgan  edi. 

Qadimgi  sharq  davlatlarida  madaniyat,  ilm  va  g‘oyalarning  shakllanishida 

qohinlarning  roli  katta  bo‘lgan.  Ma‘lumki,  dastlabki  ilmiy  fikrlarning 

shakllanishida  Misr  va  Bobilda  aniq  fanlar-  astronomiya,  matematika, 

tibbiyotlarning  rivoji  va  ularning  xalq  hayoti  hamda  ishlab  chiqarish  bilan 

chambarchas bog‘liq bo‘lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o‘ziga xos yo‘nalishda, 

amaliy  xarakterda,  hukmron  mifologik  tasavvurlar  an‘analrga  bog‘liq  holda 

rivojlangan. Hukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo‘lgan.  

Mirs va Bobilda falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ta‘riflab, qadimgi Hindiston 

hamda  Xitoy  davlatlarida  dastlabki  sodda  materilistik  ta‘limotlarning  yuzaga 

kelishi to‘g‘risida fikr yuritmoq maqsadga muvofiq bo‘lur edi.  

1. 


Qadimgi 

Hindistonda 

diniy-mifologik 

ideologiyasi. 

―Vedalar‖ 

braxmanizm ideologiyasining asosiy manbai. 

2. 

Qadimgi  Hindistonda  tabiiy-ilmiy  bilimlarning  rivojlanishi.  Sinfiy 



kurashning keskinlashuvchi va asosiy falsafiy maktablarning yuzaga kelishi. 

3. 


Qadimgi  Hindistonda  idealistik  ta‘limotlarning  rivojlanishda  din  va 

mifologiyaning ta‘siri.  

Birinchidan,  Qadimgi  Hindistonda  jamiyat  a‘zolari  tabaqalarga  (kastalarga) 

bo‘lingan  edi.  Braxmanlar  (ruhoniylar  davlatni  idora  qiliuvchilar).  2.  Kshtariylar 

(xarbiy  aristokratiya).  3.  Vayshialar  (erkin  jamoa  a‘zolari,  ya‘ni  noz-ne‘mat 

bunyodkorlari.) 4. SHudralar ( past guruhlar bo‘lib, ular jamiyat a‘zolariga kirmas 

adilar).  Jamiyatning  oliy  tabaqasi  braxmanizm  diniy  ideologiyasini  yartdi  va 

rivojlantirgan.  Bu  oqim  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  reaksion  edi.  Vedalar  esa 

braxmanizm  ideologiyaining  asosiy  manbai  hisoblangan.  U  to‘rt  qismdan  iborat 

edi. 1. Rigveda. 2. Samaveda, 3. YAdjurveda, 4. Atxarvaveda. 




Ikkinchidan,  ―Vedalar‖  garchand  diniy  mifologik  ruhdagi  asar  bo‘lishiga 

qarmay, unda olam qanday paydo bo‘lgan uningboshi va oxiri bormi. Xudolarning 

vazifalari  nimadan  iborat  deyilgan  olam  haqidagi  dastlabki  sodda  qarashlarni 

qarashlarni  uchratish  mumkin.  Vedalarning  yakuni  hisoblangan  Upanishadlar 

(Mahfiy ta‘limot) da falsafiy fikrlar bayon etilgan. Eramizdan oldingi VII asrdan –

II  asrgacha  Qadimgi  Hindistonda  bir  qator  falsafiy  maktablar,  jumladan 

CHorvaka-Lokayata,  Sankxiya,  Vedanta,  Vaysheshika,  Yoga,  Nyaya,  Mimansa 

kabi  maktablarning  ta‘limotlari  asosiy  o‘rin  egallagan.  Bu  maktablarda  borliq, 

xarakat, olmani bilish masalalari o‘ziga xos ravishda talqin qilingan.  

Hindiston  bilan  bir  qatorda  qadimgi  Xitoyda  ham  ilm-fan  diniy  mifologik  va 

falsafiy fikrlar juda erta shakllanib borgan.  

Qadimgi Xitoyda falsafiy ta‘limotlarning yuzaga kelishi. Bu mavzuni quyidagi 

reja asosida o‘rgansa bo‘ladi.  

Qadimgi Xitoyda quldorlik jamiyatning yuzaga kelishi hamda hamda ―Osiyocha 

ishlab chiqarish usuli‖ ning o‘ziga xos xususiyatlari.  

Qadimgi Xitoy diniy-mifologik ideologiya haqida. 

Qadimgi  Xitoy  falsafiy  maktablari  haqida  (Konfutsiy,  Lao  szi  YAn  CHju 

falsafiy maktablari).  

Qadimgi  Xitoyda  sinfiy  qarama-qarshiliklar  tobora  keskinlashuvi  tufayli 

hukmron  sinf  o‘z  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  jonlariga  oro  kiradigan 

g‘oyaviy  qurol  –  dinga  suyana  boshladilar.  Din  va  iohiy  kuchlar  to‘g‘risidagi 

mistik tasavvurlar qadimgi Xitoyda eramizdan taxminan XX—XV asr ilgari paydo 

bhlgan.  Qadimgi  Xitoy  yozma  manba‘lari  hisoblangan  (―Go—YUy‖),  (―Qadimgi 

davr  haqida  so‘z‖),  ―SHitsain‖  (―Qo‘shiqlar  kitobi‖),  ―Iqzin‖  (―O‘zgarishlar 

to‘g‘risidagi  asar‖)  va  ―In‘fitszin‖  (―Zulmatning  garmoniyasi  to‘g‘risidagi  asar‖) 

nomli  kitoblardir.  Qul  egalari  diniy  ideologiya  yordamida  podsholar 

ilohiylashtirilgan,  ular  xudoning  erdagi  vakillari  deb  e‘lon  qilingan,  mehnatkash 

ommani  ezishda  dindan  qurol  sifatida  foydalanishar,  shu  bilan  birga  falsafiy 

fikrlarning shakllanib borish jarayoni ham ifodalangan. 

Qadimgi  Xitoy  madaniy  merosining  yozma  yodgorliklarida  mifologik 

tasavvurlar ifodalanishi bilan birga ayrim  ateistik fikrlar, olamning moddiyligi va 

manguligini ta‘kidlovchi fikrlarni ham uchratish mumkin. 

Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda ham turli falsafiy maktablar yuzaga 

kela boshladi. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablarni analiz qilishda Konfutsiy (551-

479  yillar)  asos  solgan  falsafiy  maktabning  axloqiy  siyosiy  ta‘limotiga  e‘tibor 

berish kerak. 

Konfutsiy  etikasining  asosiy  prinsplari  insonparvarlik, adolat, rasm-rusumlarga 

rioya qilishlik, sadoqat, donishmandlik to‘g‘risida yuritmoq lozim. Bu ta‘limotning 

keyingi  falsafiy  ta‘limotlarning  yuzaga  kelishidagi  ta‘siri  haqida  ham  gapirmoq 

lozim. 


Qadimgi Xitoy falsafiy maktablaridan Lao Szi maktabi ham alohida o‘rin tutadi. 

Bu  falsafiy  maktabning asoschisi  Li  Tan eramizdan  avvalgi  VI  asrda  yashab ijod 

etgan.  Uning  ―Dao‖  va  ―De‖  ta‘limoti  haqida  gapirish  kerak.  ―Dao‖  dunyoning 

tabiiy  qonuni  bo‘lsa,  ―De‖  jismlarning  sifatidir.  SHuningdek,  bu  falsafiy 

ta‘limotdagi  stixiyali  dialektikaga,  bilish  nazariyasidagi  ratsionalizmga  e‘tiborni 



jalb  etmoq  lozim.  SHuningdek,  unda  ifodalangan,  YAn-yorug‘lik  va  In  — 

qorong‘u kuchlari haqida ham gap yuritish kerak bo‘ladi.  

Dastlabki  falsafiy  materialistik  ta‘limot  eramizdan  oldingi  VII-VI  asrlar 

o‘rtasida  Milet  shahrida  yuzaga  keldi.  Bu  maktabning  asoschilari  Fales, 

Aneksimandr  va  Anaksimen.  Ular  substansiya  haidagi  ta‘limotlari.  Gilozoistik 

ta‘limot ongning kelib chiqishini hal etuvchi harakatdir. 

Efeslik  Geraklitning  Logos  haqidagi  ta‘limoti  hamda  uni  bilish  to‘g‘risidagi 

yo‘llarini  tushuntirmoq  lozim.  Sezgi  va  aql.  Bilish  jarayonida  ularining  o‘rni  va 

roli  haqida  gapirmoq  lozim.  Antik  naturfalsafasining  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

to‘g‘risida fikr yuritish lozim. 

Qadimgi Gretsiyada idealizmning genezisi degan masalani ko‘rishda Pifagor va 

pifagorchilar soyuzining ta‘limotlarini o‘rganish darkor. Ilk pifagorizmning asosini 

diniy-axloqiy  muammo  tashkil  etishini  anglash  darkor.  Ruhning  abadiyligi  va 

uning bir tanadan ikkinchi tanaga ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi fikrlar. Pifagorning 

aniq fanlarga va ayniqsa matematika faniga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritmoq 

lozim.  Uning  abstrakt  sonlar  to‘g‘risidagi  ta‘limoti.  SHakllarni  tashkil  etishda 

raqamlarning  absalyutlashtirilishi.  Pifagor  idealistik  dialektikaning  asoschilaridan 

biri to‘g‘risida. Pifagorning dunyo to‘g‘risidagi ta‘limotini tushuntirish lozim. 

Eley  falsafiy  maktabi  (VI  asr  oxiri  V  asr  boshlari).  Eley  falsafiy  maktabining 

asosiy  namoyondalari  Ksenofan,  Parmenid,  Zenonlarning  falsafiy  ta‘limotlari 

haqida.  Ksenofanning  panteistik  falsafasining  o‘ziga  xos  hususiyatlari  haqida 

kosmologiyasi  uning  an‘anaviy  mifologiyaga  qarama-qarshiligi  to‘g‘risida  gap 

yuritmoq lozim. Ksenofan asos solgan Eley maktabini Parmenid va Zenon davom 

ettiradi.  Parmenidning  aqlni  hissiyotga  qarama-qarshi  qo‘yishi  to‘g‘risida.  Uning 

gnoseologik  muammoni  shakllantirishdagi  roli.  Uning  fikr  va  predmet  (narsa) 

to‘g‘risidagi fikr birligi haqida. 

Borliq  haqidagi  tushunchasi  substansionallik  g‘oyalarining  ifoda  etilishi. 

Falsafada  metafizik  metodga  Parmenid  tomonidan  asos  solinishi.  Parmenid 

ta‘limotining  Zenon  tomonidan  asosli  ravishda  o‘zining  aporiyalari  bilan 

tasdiqlanishi.  Zenonning  o‘ziga  xos  dialektikasi  haqida.  Zenonning  ko‘plikni 

fikrlash, o‘arakatni fikrlashga qarshi argumentlari haqida gapirmoq lozim. 

Demokrit  ba‘zan  hissiy  qabul  qilina  olmaydiganlarda  qarama-qarshi  qo‘yadi. 

Lekin  moddiy  olamning  asosini  bo‘linmas  eng  mayda  zarrachalar  –  atomlar  takil 

etadi,  deydi  Demokrit.  Ma‘lumki,  dastlabki  ilmiy  fikrlarning  shakllanishida  Misr 

va  Bobilda  aniq  fanlar  astrologiya  va  matematika,  tibbiyotlarning  rivoji  va 

ularning  xalq  xayoti  hamda  ishlab  chiqarishi  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan 

ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o‘ziga xos yo‘nalishda amaliy xarakterda, xukmron 

mifologik  tasavvurlarga  an‘analarga  bog‘liq  holda  rivojlangan.  Xukmron 

dunyoqarash  mifologik  xarakterda  bo‘lgan.    Qadimgi  Misr  va  Bobilda  ilmiy 

ratsionalistik  fikrlarning  yuzaga  kelishi  tufayli  diniy  mifologik  qarashlar  ildiziga 

bolta  urilib,  olamning  paydo  bo‘lishi  va  uning  tuzilishi  haqidagi  dastlabki  sodda 

materialistik tasavvurlarning yuzaga kelishi. 

Qadimgi  Hindistonda  diniy  –  mifologik  ideologiya.  Vedalar  braxmanizm 

ideologiyasining  asosiy  man‘bai.  Qadimgi  Hindistondagi  mumtoz  falsafiy 

maktablarning,  falsafiy  ta‘limotlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  va  bu  maktablar 



ta‘limotlarining  ilk  o‘rta  asr  davrida  Hindistonda  yuzaga  kelgan  falsafiy 

ta‘limotlarga  ta‘siri.  Qadimgi  Hindiston  bilan  bir  qatorda  qadimgi  Xitoyda  ham 

ilm-fan,  diniy-mifologik  va  falsafiy  fikrlar  juda  erta  shakllanib  borgan.  Qadimgi 

Xitoyda  quldorlik  jamiyatining  yuzaga  kelishi hamda  ―Osiyocha ishlab  chiqarish 

usuli‖ning o‘ziga xos xususiyatlari. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari. Konfutsiy 

va  Lao  szining  diniy-falsafiy  ta‘limotlari.  Antik  davr  falsafasini  falsafa  tarixi 

fanining  ajralmas  bir  qismi  sifatida  o‘rganish,  ilmiy,  g‘oyaviy  va  tarbiyaviy 

jihatdan katta ahamiyatga ega ekanligi. 




Download 417,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish