Qadimgi YUnonistonda falsafiy maktablarning yuzaga kelishi va
rivojlanishi. Qadimgi YUnonistondagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o‘ziga
xos xususiyatlari. Ellin madaniyati, uning YAqin SHarq mamlakatlarining
madaniyati bilan bog‘liqligi. Qadimgi YUnon mifologiyasi. Qadimgi YUnon va
Rumo falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning davrlarga bo‘linishi va
manbalari.
Ioniya falsafasi. Milet falsafa maktabi. Fales (mil.av. 625-547 y): ―Suv-butun
borliqning asosi‖. Anaksimandr (mil.av. 610-540), uning ―Tabiat haqidagi‖ asari,
apeyron to‘g‘risidagi ta‘limoti, kosmologiyasi, esxatologiyasi va sodda
dialektikasi.
Anaksimen (mil.av. taxminan 588-525 y): ―Havo-borliqning asosi‖. Uning
kosmologik va jon haqidagi ta‘limoti. Milet falsafa maktabining Qadimgi
YUnonistonda tutgan o‘rni. Efeslik Geraklit (mil. av. 540-580 y): ―Olov elementi-
borliqning asosi‖ Geraklit- stixiyali dialektikaning asoschisi. ―Logos‖ haqidagi
ta‘limoti va gnoseologiyasi. Geraklitning ma‘naviy va ijtimoiy -siyosiy qarashlari.
Miloddan avvali VI asr- V asrning birinchi yarmida Italiya va Sitsiliyadagi
ijtimoiy hayot va uning falsafadagi in‘ikosi.
Pifagor (580-500) va pifagorchilarning falsafiy qarashlarining evolyusiyasi.
Pifagorchilar Ittfoqi: ―Mavhum sonlar-borliqning asosi‖. Pifagorchilarning
kosmologik ta‘limotlari. Eley falsafiy maktabi. Parmenid va uning ―Tabiat haqida‖
asari. Parmedning borliq, haqiqat va xushxabar to‘g‘risidagi ta‘limoti. Parmenid
tomonidan noborliqning inkor etilishi. Zenonning harakatini tadqiq etishi, uning
aproiyalari.
Empedokl (mil.av. 490-430 y) borliq, uning moddiy asoslari va
harakatlantiruvchi kuchlari haqida. Uning kosmologik ta‘limoti va biologik
taxminlari. Empedoklning bilish nazariyasi. Anaksagor (mi.av. 500-428 y), uning
gomeomeriyalar va Nous (aql) haqidagi ta‘limoti. Anaksagorning kosmologik
qarashlari, bilish nazariyasi.
Demokrit (mil.av. 460-370), uning atom va bo‘shliq haqidagi ta‘limoti.
Demokritning hayot va jon, jamiyat va davlat to‘g‘risidagi fikrlari, til va san‘at
haqidagi qarashlari.
Suqrot (mil.av. 469-399 y). ning borliq va bilish to‘g‘risidagi qarashlari.
―Mayevtika‖ usuli va uning dialektikaning haqiqatni bilish metodi sifatida
shakllanishida tutgan o‘rni. Suqrotning ijtimoiy qarashlari.
Aflotun (mil.av. 427-347) falsafasi, uning ijtimoiy va gnoseologik ildizlari.
Uning kosmologik va kosmogonik ta‘limoti. Aflotun dialektikasi. Uning jamiyat,
davlat va ahloq to‘g‘risidagi qarashlari. Aflotun ta‘limotining O‘rta asr SHarq
falsafasiga ta‘siri.
Arastu (mil.av. 384-322 y) uning materiya va shakl to‘g‘risidagi ta‘limoti.
Bilish nazariyasi. Arastuning mantiqiy ta‘limoti, axloq va nafosat to‘g‘risidagi
qarashlari. Arastu dialektikasi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ta‘limotlari. Arastu
ijodining O‘rta asr SHarq va G‘arb falsafasiga ta‘siri.
Ellinizm falsafasi. Epikur (mil.av. 341-270): ―Bog‘‖ nomli falsafa maktabining
tashkil etilishi. Epikur atomizmi. Bilish nazariyasi. Jon va ruhiyat to‘g‘risidagi
ta‘limoti. Epikurning jamiyat va davlat, ahloq to‘g‘risidagi qarashlari.
Stoya falsafasida bilish masalalarining tadqiq etilishi. Skeptitsizmning
shakllanishi va mohiyati. Kiniklarning falsafiy qarashlari.
Qadimgi Rumoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi Kvint Enniy
(mil.av. 232-169 y) –dastlabki Rumo faylasufi. Lukretsiy Kar (mil.av. 49-45 y)
ning jon haqidagi qarashlari hamda ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy ta‘limotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |