Foydalanilgan adabiyotlar:
2. M.X.To‘xtaxo‘jayeva,Nishonova va boshqalar “Pedagogika” Toshkent 2010y.S 17
81
3. X.I.Ibragimov, U.A.Yo‘ldoshev, X.Bobomirzayev Pedagogik psixologiya 2009.
4. ”Tellekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi” N.Gulto‘rayev Toshkent 2018y.;
5. Internet saytlari: Ziyo.uz, Kitob. Uz, Cisco and Server, “Tarmoqni loyihalash”;
MEDIAPEDAGOGIKA - PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING MEDIA
MUHITI SIFATIDA
Beknazarova Saida Safibullaevna, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audio-vizual
texnologiyalar kafedrasi v.v.b. professori, texnika fanlari doktori
G’aniyeva Shaxrizod Nurmaxamadovna, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali
axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti
Annotatsiya
: ushbu maqolada mediata’lim tushunchasi va uning keng miqyosda qo‘llash samaradorliklari
yoritilgan. Mediata’limni qo‘llash maqsadlari aniq ifodalab berilgan.
Kalit so‘zlar
: mediata’lim, elektron aloqa vositalari, mediata’lim resurslari, mediapedagogika.
Аннотация:
В данной статье описывается концепция медиаобразования и преимущества его
широкого использования. Четко обозначена цель использования медиаобразования.
Ключевые слова:
медиаобразование, электронные средства коммуникации, медиаобразовательные
ресурсы, медиапедагогика.
Abstract:
The article describes the concept of media education and the advantages of its widespread use.
The purpose of using media education is clearly indicated.
Key words:
media education, electronic means of communication, media educational resources, media
pedagogy.
Bugungi kunda biror soha faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish
qiyin. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda ham u muhim omillardan biriga aylanmoqda.
Bu borada mediadan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan keng foydalanish
yo‘lga qo‘yilib, ta’lim jarayonida media, ya’ni, internet, televideniye, radio, kino, video, telefon va boshqa
aloqa vositalari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikricha, mediata’lim o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini
yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Ta’lim jarayonida mediata’lim qanchalik mukammal bo‘lsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual
salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi. Demak, bugun mediata’lim tamoyillarini nazariy jihatdan
puxta o‘rganib, amaliyotda yetarli darajada qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Axborot kommunikatsiyaning
globallashuvi sharoitida ta’lim jarayonida o‘ziga xos talablar paydo bo‘lmoqda. Bu talablar bevosita
mediata’lim bilan chambarchas bog’liqdir.
Mediata’lim barcha ta’lim sohasini sifat jihatdan yanada yuqoriroq pog’ona ko‘tarishga, axborot
madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Yan’i, o‘quvchiga o‘quv jarayonida nazariy bilim berish bilan
materiallarni yuqori darajadagi zamoniviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu
yangilik va tahbir joiz bo‘lsa, ilg’or usul talabalarda qiziqish uyg’otadi. Ular dars jarayonida o‘sha
mavzularni puxta o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Manbaalarda qayd etilishicha, YUNESKO qoshidagi kino
va televideniya bo‘yicha xalqaro kengash tomonidan 1973-yili birinchi martda video ta’limga shunday tahrif
berilgan edi: «Mediata’lim deganda pedagogika nazariyasi va amaliyotida maxsus bilim sohasi sifatida
qaraliyotgan ommaviy kommunikatsiya vositalarini egallash uchun nazariy va amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirishni tushunish lozim».
Dars jarayonida ayon bo‘lishicha, mediata’lim o‘qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini
sifat jihatdan o‘zgartirmoqda. Bu talabalarning individual qobiliyatlarini, ularning shaxs xususiyatlarini
rivojlantirishga, tafakkurini boyitishga, bilimlarini oshirishga yordam bermoqda. Mediata’lim resurslari
yordamida ular u yoki bu materialni tezroq o‘zlashtiradilar, o‘quv jarayoniga faol ishtirokchilar sifatida jalb
qilinadilar.
Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘plab gazeta, jurnal, axborotnoma-byulleten, radio, televideniye,
axborot agentliklari, internetda veb-saytlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ta’lim sohasida qanchalik
82
samarali foydalana olsak, mediata’lim shunchalik takomillashadi, albatta. Buning uchun talabalarga ta’lim-
tarbiya berayotgan professor-o‘qituvchilar uning asl mohiyatini teran anglab olishlari maqsadga muvofiqdir.
Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy
yo‘nalishlardagi media axborot tilini o‘rganish, o‘quvchining badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish,
mediamatnlarni qabul qilish, o‘rganish va malakali tahlil etish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Axborot sohasidagi globallashuv yangicha dunyoqarash shakllanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy
bilimlar takomillashgan sari axborotlardan to‘g’ri va samarali foydalanish muammosi paydo bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari
va yo‘llarini ham nazorat qilishning deyarli imkoni qolmayapti. Demak, bu masalada qandaydir
chalkashliklarga, xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mukammal tizim zarur bo‘ladi. Bu tizim – o‘sha
axborot tarqatuvchi hamda uning iste’molchisi qay darajada bilimli, saviyasi yuksak va ularning bir-birlarini
to‘g’ri anglashi bilan bog’liq bo‘ladi. Endilikda ayrim mutaxassislar o‘quvchi ongida axborotni to‘g’ri
shakllantirish, tabir joiz bo‘lsa, uni tizimli ravishda tartibga solish yo‘llari izlamoqdalar. Dunyodagi
rivojlangan mamlakatlar ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan.
Bu pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – medaiata’lim paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.
Pedagog olimlar, mediata’lim – talabalarga beriladigan dars, bilim, ma’lumotning tez, tushunarli va
yodda qolarli bo‘lishini ta‘minlovchi ta’lim usuli ekanini ehtirof etganlar. Talaba o‘qituvchining og’zaki
ma’ruzasidan ko‘ra, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirishidan ko‘proq ta’sirlanar ekan. Ana
shunda ular yetkazilayotgan mavzuni ko‘proq yodida saqlab qoladi. Talabalarda bunday darslarga nisbatan
qiziqish yuqori darajada bo‘ladi. Demak, dearli barcha fanlarni o‘qitishda bunday ilg’or usuldan foydalanish
foydadan xoli bo‘lmaydi.-----------------------------------------------------------------------------
Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi.
Mediapedagogika – yangi pedagogik texnologoiya hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalari yordamida
o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi
ma’lumotlar, televideniya, radio lavhalari, kino, video, audio materiallari kiradi.
Ko‘pchilik talabalar gohida noan’anaviy usulda o‘tiladigan darslarni qiziqish bilan tinglaydilar.
Axborot texnologiyalari yordamida o‘tiladigan darslar jarayonida ana shunday usullardan foydalanishga
imkon yaraladi. Bu ta’lim tizimini ham yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Ya’ni, globallashuv davri
hamda unga monand axborotlashgan jamiyatda yosh avlodni to‘g’ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli
axborotlarni qabul qilish, yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga o‘rganishdir. Mutaxassislar
fikricha, ta’lim axborotlashtirishi davlat ta’lim dasturini hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi deb ehtirof
etish mumkin.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Frantsiya kabi
davlatlarda 60-yillardan boshlab mediata’limga alohida ehtibor qaratila boshlagan. Bu o‘z navbatida
o‘quvchi va talabalarga mediamadaniyat dunyosiga kirishga, ommaviy axborot vositalari tilini,
mediamatnlarni tahlil qilishni o‘rganishda yordam bergan. Ayni paytda AQSHda bir necha yirik mediata’lim
markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani, bu hatto ta’lim standartlariga kiritilayotgani yaxshi mahlum.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham mediata’limga alohida ehtibor qaratilmoqda. Butun jahonda
globallashuv jarayonlari jadal tus olgan bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari
mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda
mamlakatimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari kompg’yuterlar bilan tahminlanmoqda. Bu texnologiya
har soniyada millionlab vazifalarni bajarar ekan. Bular orasida mediata’lim uchun xizmat qiladigan dasturlar
ham talaygina. Demak, undan ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda ham samarali foydalanish davr
talabidir.
Xozirgi kiberjinoyatchilik va axborot xurujlari avj olib borayotgan sharoitda biz bu zamonaviy
kommunikatsiya texnologiyalaridan ko‘proq ijobiy maqsadlarda foydalanish yo‘llarini topib, ulardan ta’lim
sohasini media texnologiyalari bilan yanada takomillashtirish uchun foydalanishimiz kerak. Demak,
mediata’lim talabalarning intellektual salohiyatini oshirish bilan bir qatorda ularni turli mafkuraviy
tajovuzlardan asrashda ham muhim o‘rin tutadi.
83
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Баранов О.А. Медиаобразование в школе и вузе. Тверь: Изд-во Тверского гос. ун-та, 2002. 87
с. Баранов О.А., Пензин С.Н. Фильм в воспитательной работе с учащейся молодежью. Тверь: Изд-во
Твер. гос. ун-та, 2005. 188 с.
2.
Вершинская О.Н. Информационно-коммуникационные технологии. М.: Наука, 2007. 203 с.
Возчиков В.А. Медиаобразование в педагогическом вузе. Методические рекомендации. Бийск: НИЦ
БиГПИ, 2000. 25 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |