Harakat potensiali: Natriy ionlari hujayra ichkarisiga kiradi Ta’sir tinch neyronga yetib kelganda, membranadagi natriy ion kanallari ochilib, Na+ hujayra ichiga o’ta boshlaydi. Endi hujayrada harakat potensiali shakllanadi. Natriyning hujayra ichiga o’tishi, hujayra ichini manfiydan musbatga o’zgartiradi. Hujayra tashqarisi aksincha, manfiylashadi. Harakat potensialining bu davriga depolyarizatsiya deyiladi. Har bir neyronning harakat potensialini hosil qilish bo’sag’asi bo’ladi. Ta’sirot kuchi shu bo’sag’adan past bo’lsa, harakat potensiali hosil bo’lmaydi.
3. Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. M. ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. M.ning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada M. soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. M.ning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat. M. energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.
M. matriksida DNK, RNK, ribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi. Shuning uchun M.ni yarim avto-nom organoid deyiladi. Mitoxondri-yalar simbiogenez gipotezasiga bino-an, aerob bakteriyalardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. M. boʻlinish orqali koʻpayadi
Sitoplazma qobigʻining tashqi qismi glikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil boʻlgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida koʻrinadi. Glikokaliks tashqi qavat boʻlgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol oʻynaydi.
14-VARIANT
1.Актив транспортэнергия сарфланиши билан юз беради. Бу энергия АТФ гидролизланиши ёки митохондрияда нафас занжири орқали электрон ўтказилиши энергияси ҳисобига ҳосил бўлади. Актив транспортда моддалар ва ионлар мембрана орқали кимёвий ёки электрокимёвий потенциал градиентига қарши йўналишда ташиладиИонлар актив транспорти системаларининг кўпчилиги энергия манбаи сифатида АТФ дан фойдананади. АТФ функционал транспорт АТФаза ферментларитаъсирида гидролизланади. У ёки бу ферментни ифодалаш учун АТФаза сўзи олдига ташиладиган ион белгисини қўшиб ёзиш қабул қилинган (Nа, К-АТФаза, Са-АТФаза, Н-АТФаза ва ҳ.к.).Прокариот ва эукариот ҳужайралар транспорт АТФазаларни Р, V ва Fдан иборат 3 турга ажратиш мумкин. Ion kanallari, ion oʻtkazuvchi kanallar —tirik hujayra va hujayra organoidlarining lipoproteid tabiatli membranalarida, membrananing har xil modda va ionlarga boʻlgan tanlab oʻtkazuvchanlik xossasini taʼminlovchi molekulyar sistemalar (Na+, K+ va Ca2+ kanallari, mitoxondriya va bakteriya hujayrasi membranasidagi proton kanallari). Ion kanallari dastlab nerv hujayrasi membranasida, keyinchalik boshqa toʻqimalarda hamda sitoplazmik membranalar komplekslari, sitoxromoksidazalar, rodopsin va boshqalar tarkibida qayd etilgan. Oqsillar membranani "teshib oʻtib", ion oʻtkazuvchi sistema hosil qiladi. Ion kanallarining tanlab oʻtkazish xususiyati uning geometrik parametrlari, ichki devori va boʻshligʻida joylashgan kimyoviy guruhlar xususiyatiga bogʻliq. Ion kanallari orqali transport faol (energiya sarfi orqali) va passiv (membrananing ikki tomonidagi elektrokimyoviy potensiallar farqi orqali) boʻladi.
2. Ochiq sistemalar aniqlanmasiga ko’ra ular termodinamik muvozanat holatida bo’la olmaydilar. Chunki termodinamik muvoanat ochiq sistema tushunchasiga zid bo’lib, u sistemaning shunday bir holatini tavsiflaydi, bunda mazkur sistemada hech qanday jarayon ketmaydi. Ochiq sistema tashqi muhit bilan modda va energiya almashinuvida bo’ladi. Shunga binoan, uning umumiy entropiyasi ikki qismdan, ya'ni sistema ichida sodir bo’ladigan o’zgarishlar bilan shartlangan entropiya dsi va sistemaning tashqi muhit bilan amalga oshadigan aloqasi tufayli yuzaga chiqadigan entropiyasi dse dan tashkil topgan.