2. Бир-биридан бирор масофада (дипол елкаси) жойлашган иккита тенг, лекин



Download 127,98 Kb.
bet9/13
Sana11.07.2022
Hajmi127,98 Kb.
#777223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BIOFIZIKA... (1)

Elektron - manfiy zaryadlangan barqaror elementar zarracha. Barcha moddalarning atomlaridagi elektron qobiqlar elektronlardan tashkil topgan. Elektron zaryadi elementar, deb qabul qilinadi va u −1,6021892(46)×10−19 Klga teng.
Elektron (elektro...) — fizika fanida birinchi kashf qilingan, eng kichik elektr zaryadga ega boʻlgan elementar zarra. E.ni 1897-yilda ingliz fizigi J. J. Tomson kashf etgan. E. har qanday atom tarkibidagi manfiy zarralardan iborat. Neytral atomda E.lar soni yadrodagi protonlar soniga teng .
Toʻlqin uzunligi - biror muhitda qandaydir maʼlum yoʻnalishda tarqalayotgan tebranma harakatning ikkita ketma-ket keluvchi, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalar orasidagi masofa
Kvant — biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi.
2. Diffuziya (lotincha: diffusio — singish, tarqalish) — molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarning tar-tibsiz issiklik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga oʻz-oʻzidan oʻtishi, birining ikkinchisiga singib ketishi. Diffuziya gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda boʻladi va tezligi moddaning zichligi va qovushoqligi, temperatura, diffuziyalanuvchi zarraning tabiatiga va h. k.ga bogʻliq. Temperatura koʻtarilishi bilan Diffuziya tezlashadi. Oddiy diffuziya - bu o'z-o'zidan paydo bo'ladigan jarayon bo'lib, u energiya talab qilmaydi, ammo kontsentratsiya gradiyenti tomonidan quvvatlanadi. Oson diffuziya bilan moddalar membrana orqali ham konsentratsiya gradienti bo'ylab, lekin maxsus transmembran tashuvchi oqsillar (translokazlar) yordamida uzatiladi. Tashuvchi oqsil tashiladigan moddani to'ldiruvchi bog'lovchi markazga ega, shuning uchun osonlashtirilgan diffuziya uchun oddiy diffuziyadan farqli o'laroq, yuqori selektivlik xarakterlidir: har bir modda yoki shunga o'xshash moddalar guruhi o'z tashuvchisiga ega.O'tkazilgan modda translokazaga qo'shiladi, buning natijasida uning konformatsiyasi o'zgaradi, membranada kanal ochiladi va modda membrananing boshqa tomonidan chiqariladi. Kanalda hidrofobik to'siq bo'lmagani uchun bu mexanizm osonlashtirilgan diffuziya deb ataladi.Ionlarning ion kanallari orqali o'tishi osonlashtirilgan diffuziyaning bir variantidir. Ion kanallari, ion oʻtkazuvchi kanallar —tirik xujayra va hujayra organoidlarining lipopro-teid tabiatli membranalarida, mem-brananing har xil modda va ionlarga boʻlgan tanlab oʻtkazuvchanlik xossasini taʼminlovchi molekulyar sistemalar I. k. orqali transport faol (energiya sarfi orqali) va passiv (membrananing ikki tomonidagi elektrokimyoviy potensiallar farqi orqali) boʻladi
3. Биологик жараёнлар кинетикаси - тирик тузилмаларда (молекуляр - биоценоз) кечадиган, турли табиатга эга жараёнларнинг вақт эътибори билан кечиши, бошқача айтганда, шу хил жараёнларнинг амалга ошиш тезликлари ва бу тезликларга ташқи омилларнинг таъсирини текшириш орқали, уларнинг бошқарилиш механизмларини ўрганиш билан шуғулланадиган биофизика соҳасидир. Реакцияга киришувчи модда ёки моддалар концентрациясининг вақт эътибори билан камайиши ёки реакция натижасида ҳосил бўлдиган маҳсулот миқдорининг ошишини ифодалайди. Массалар таъсири қонунига биноан, реакция тезлиги реакцияга киришувчи моддалар концентрациясига пропорционал.
Мазкур қонун ва реакцияларнинг молярлиги асосида, моно-, би- ва тримолекуляр реакциялар кинетик тенгламалари шакллантирилган.

18-VARIANT


1. Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermenta-tiv oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor. Kationlar (yun. kata — pastga va ion— harakatlanuvchi) — musbat zaryadli ionlar; elektr maydonida manfiy elektrod — katod tomon harakatlanadi Anionlarning rangi va hidi yo‘q, orbitada manfiy elektronlarning bo‘lishi ularga havodan turli mikrozarrachalarni o‘ziga tortish imkonini beradi, shu bilan havodagi changni olib tashlaydi va mikroblarni o‘ldiradi. Havo tarkibidagi anionlarning roli vitaminlarning inson ovqatlanishi uchun ahamiyati bilan taqqoslanadi. Shuning uchun ham anionlarni "havo vitaminlari", "uzoq umr ko'rish elementi" va "havo tozalagich" deb ham atashadi.
Anionlarning foydali xususiyatlari uzoq vaqt davomida soyada qolsa-da, ular inson salomatligi uchun juda muhimdir
2. Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayrastrukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni taʼminlaydi.Impedans –akustik tizimlar tebranishlarini oʻrganish maqsadida kiritiluvchi kompleks qarshilik. Akustik qarshilik tovush bosimining zarra (qaytaruvchi sirtga tik yoʻnalishda harakatlanayotgan zarra) tez-ligiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu fizik kattalik elektrotexnikada uchraydigan impedans (toʻla qarshilik) tushunchasi kabi aktiv Ra va reaktiv Xp Akustik qarshilik umu-miy yigindisidan iborat. Tizimdagi ishkalanishlar va atrofga nurlanadigan akustik energiya tufayli aktiv akustik karshilik, inersiya kuchlari (massalar) yoki elastik kuchlar reaksiyasi ta’sirida reaktiv Akustik qarshilik hosil boʻladi. Reografiya - organlar va to'qimalarni yoki tananing alohida qismlarini qonga chidamliligini ularning elektr qarshiligidagi o'zgarishlarni ro'yxatga olish asosida o'rganish usuli hisoblanadi. Ushbu uslub, har ikkala arterial va venoz yotqizilgan organik va funktsional qon tomir o'zgarishlarini aniqlash uchun, kollateral aylanish xususiyatlarini o'rganish uchun qo'llaniladi. Klinik amaliyotda reograf reaktsiyasi (reyon rezistentligi), o'pka reografiyasi (reopulmonografiya), yurak rezrafiyasi (rexardiografiya), jigarning reheografiyasi (reopatografiya), ko'zning rentgenografiyasi (reoftalmografiya), pastki va yuqori ekstremitalarning rezrafiyasi (rezonat) Kanallarning soniga nisbatan rezorbiya bitta kanalli va ko'p kanalli kanallarga bo'linadi. Har bir kanalda ishlatiladigan elektrodlar soniga qarab, ikkita elektrod va to'rt elektrod reograflar ishlab chiqariladi.
3. Issiqlik energiyasi Bu tanani tashkil etuvchi barcha zarrachalarga ega bo'lgan energiya. Harorat ko'tarilish va pasayish o'rtasida tebranganda, tanadagi faollik oshadi. Ushbu ichki energiya harorat ko'tarilganda ortadi va pastroq bo'lganda kamayadi. Oksidlanish, oksidlanish jarayoni — tor maʼnoda — turli moddalarning kislorod bilan birikishi. Kengroq maʼnoda — atomlar yoki ionlar elektronlarni tortib olishi bilan sodir boʻladigan kimyoviy reaksiya (qarang Oksidlanishqaytarilish reaksiyalari). Eng muhim oksidlovchilarga kislorod O2, ozon O3, vodorod peroksid N2O2, xlor S12, ftor Gʻ2, kaliy permanganat KMpO4 va boshqa kiradi. Adenozintrifosfat kislota, ATF – adenin, riboza va uch mo-lekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. Adenozintrifosfat kislota organizm xujayralarida doimo sintezlanib va iste’mol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi

19-VARIANT


1. Ichki energiya — jismning faqat ichki holatiga bogʻliq boʻlgan energiya; jismni tashkil etuvchi molekulalarining xaotik (tartibsiz) ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan potensial energiyalari hamda mo-lekulalardagi atomlarning xaotik teb-ranma harakat kinetik va potensial energiyalarining umumiy yigʻindisiga teng. Jismlar sistemasining I.e.si har bir jismning alohida olingandagi I.e.lari yigʻindisi bilan jismlar orasidagi oʻzaro taʼsir energiyasining yigʻindisidan iborat. Issiqlik miqdori. Ichki energiyadan farqli o‘laroq issiqlik miqdori xuddi ish kabi sistema holatining funktsiyasi emas. U holatning o‘zgarish jarayonini xarakterlaydi va sistemaning bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayonining berilishi bilan aniqlanadi. Energiyaning o‘zgarishi butunlay boshlang‘ich va oxirgi 
holat bilan aniqlanganligi tufayli termodinamikaning birinchi qonuniga binoan, jism ichki energiyasining o‘zgarishi hamda jismning bajargan ishi bilan o‘lchanuvchi issiqlik miqdori jismning bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayoniga bog‘liq. Bajarilgan ish jism bоsib o’tilgan yo’l va unga ta’sir etuvchi tashqi kuchga mutanоsibdir. 
2. Фотобиологик жараёнлар ёруғлик квантларини биологик функцияли молекулалар орқали ютилиши билан бошланиб, организм ва тўқималарда тегишли физиологик реакциялар билан тугайдиган жараёнлардан иборат.
Biologik jarayonlar kechishiga yorug‘lik ko‘rsatadigan ta’sirning muhim
xarakteristikasi — fotobiologik ta’sir spektrlari, ya’ni fotobiologik effektning
ta’sir etayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Fotobiologik ta’sir
spektrlari spektrning qaysi sohasi biologik jarayonni eng effektiv ravishda yuzaga
keltirayotganini, shuningdek, bunday ta’sirning mexanizmini aniqlash imkonini
beradi. Фотобиология, шунингдек, ультрабинафша, инфрақизил ва бошқа нурлар таъсирида тирик тизимларда юз берадиган бузилишларнинг молекуляр механизмларини ҳам ўрганади.Ултрабинафша нурлар организмнинг генетик тизимида ДНК даражасида комплементарликни бузиш хусусиятига эга. Фотобиология ультрабинафша ва кўринувчи нурлар энергиясининг ютилиши эвазига биомолекулаларда содир бўладиган электронли қўзғалиш ҳолатлари ва уларга боғлиқ ҳолда амалга ошадиган фотофизикавий ҳамда фотокимёвий ўзгаришларни ўрганиш билан чекланади.
3. kanal deb yog‘ va oqsil molekulalarini o ‘z ichiga olib, membranada o‘tish joyini hosil qiluvchi membrananing juda kichik bir qismiga aytiladi. Bu o ‘tish joyi membrana orqali faqat kichik molekulalarni, masalan, suv molekulalarini o‘tkazib qolmay, balki birmuncha katta molekulalaming sizib o‘tishiga ham yo‘l beradi. Juda mayda teshikchalar orqali yuz beradigan diffuziya hodisasi ham diffuziyaga oid tenglamalar orqali iofdalanadi, ammo teshikchalar (kovakchalar)ning bo'lishi P o'tkazuvchanlikni oshiradi. Kanallar turli xil ionlarga nisbatan o'zlarini selektor (istalgan bog‘lanishni hosil qiluvchi, tanlab olish, ajratish xususiyatiga ega) kabi namoyon qiladi, bu hoi tu rlich a io n lar uchun o'tkazuvchanlikning turlicha ekanligida ham namoyon bo'ladi.Diffuziyani osonlashtirishning yana bir turi ionlarni maxsus molekulalar tashuvchilar yordamida ko'chirishdir (13.13- rasm). Bizga valinomitsin (a ntibiotik) molekulasining, membrana modelining biqatlami orqali kaliy ionlarini tashuvchanlik qobiliyati ko'proq m a’lum. Bu molekula ionini ,,tutib“ qolib, lipidlardaeruvchan kompleks hosil qiladi va membrana orqali o'tadi. Membrana orqali ionlarni olib o'tish qobiliyatiga qarab, valinomitsin va unga o'xshash birikmalar ionoforlar nomini oldi. Tashuvchilar yordamida transport, estafetadagi uzatishlar variantidagi kabi amalga oshirilishi mumkin. Bu ho ld a tashuvchi molekulalar membrananing ko‘ndalang kesimi bo'ylab vaqtincha zanjircha hosil qiladi va singib aralashuvchi molekulani bir-biriga uzatadi.Ionlami membrana orqali ko‘chishini V.F.Antonov tekshirgan.
20-VARIANT
1. Актив транспорт энергия сарфланиши билан юз беради. Бу энергия АТФ гидролизланиши ёки митохондрияда нафас занжири орқали электрон ўтказилиши энергияси ҳисобига ҳосил бўлади. Актив транспортда моддалар ва ионлар мембрана орқали кимёвий ёки электрокимёвий потенциал градиентига қарши йўналишда ташиладиИонлар актив транспорти системаларининг кўпчилиги энергия манбаи сифатида АТФ дан фойдананади. АТФ функционал транспорт АТФаза ферментлари таъсирида гидролизланади. У ёки бу ферментни ифодалаш учун АТФаза сўзи олдига ташиладиган ион белгисини қўшиб ёзиш қабул қилинган (Nа, К-АТФаза, Са-АТФаза, Н-АТФаза ва ҳ.к.).Прокариот ва эукариот ҳужайралар транспорт АТФазаларни Р, V ва F дан иборат 3 турга ажратиш мумкин. Ion kanallari, ion oʻtkazuvchi kanallar —tirik hujayra va hujayra organoidlarining lipoproteid tabiatli membranalarida, membrananing har xil modda va ionlarga boʻlgan tanlab oʻtkazuvchanlik xossasini taʼminlovchi molekulyar sistemalar (Na+, K+ va Ca2+ kanallari, mitoxondriya va bakteriya hujayrasi membranasidagi proton kanallari). Ion kanallari dastlab nerv hujayrasi membranasida, keyinchalik boshqa toʻqimalarda hamda sitoplazmik membranalar komplekslari, sitoxromoksidazalar, rodopsin va boshqalar tarkibida qayd etilgan. Oqsillar membranani "teshib oʻtib", ion oʻtkazuvchi sistema hosil qiladi. Ion kanallarining tanlab oʻtkazish xususiyati uning geometrik parametrlari, ichki devori va boʻshligʻida joylashgan kimyoviy guruhlar xususiyatiga bogʻliq. Ion kanallari orqali transport faol (energiya sarfi orqali) va passiv (membrananing ikki tomonidagi elektrokimyoviy potensiallar farqi orqali) boʻladi.
2. Sinaps (qadimgi yunoncha: synapsis — ulanish, tutashish) — nerv hujayralari (neyronlar)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinaps signallarni impulslarga aylantiradi va uzatadi. „Sinaps“ terminini birinchi boʻlib ingliz fiziologi Charlz Sherrington neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897). Sinaps yordamida neyronlar bir-biri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Neyronlararo sinaps, odatda, bir nerv xujayrasi aksonining tarmoqlari va tana, dendritlar yoki boshqa neyron aksoni vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida sinaps tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish mediatorlar (kimyoviy sinaps), ionlar (elektr sinaps) yoki ikkalasi (aralash sinaps) yordamida uzatiladi. Sinaps funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik Sinapsda quyi molekulyar birikmalar bir hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega. Elektrotonik sinaps signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy sinaps esa faqat bir tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan sinaps ham bor. Bular tormozlovchi sinaps deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo „yoʻqotiladi“. Bu bilan nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.Retseptorlar (lotincha: receptor — qabul qiluvchi) tashqaridan(eksterotseptorlar) yoki organizmning ichki muhitidan (interotseptorlar) taʼsirotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv sistemasiga oʻtkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus hujayralar.
3. Термодинамика – системани ташкил этувчи жисмлар орасида энергиянинг бир туридан бошқасига алмашиниш қонунларини ўргатадиган физиканинг бир бўлимидир.Энергия- материя ҳаракатининг ўзгариш шаклидир ёки энергия системанинг иш бажара олиш қобилиятидир.Кимёвий энергия – моддаларнинг кимёвий табиати, яъни кимёвий боғ турлари билан белгиланадиган энергия. Тирик организмда иш бажарувчи энергия асосан кимёвий энергия ҳисобланади Иссиқлик энергияси – атом ва молекулаларнинг бетартиб иссиқлик ҳаракати ҳисобига келиб чиқадиган кинетик энергия йиғиндиси Термодинамиканинг биринчи қонунига биноан турли хилэнергиялар бир-бирига айланиши мумкин, аммо йўқолмайди ва ўз-ўзидан пайдо ҳам бўлмайди. Термодинамиканинг биринчи қонунини тирик организмга тадбиқ қилиб уни қуйидагича таьрифлаш мумкин: Озуқа моддалар ҳисобидан пайдо бўладиган иссиқлик энергияси (Q) атроф муҳитга бериладиган иссиқлик миқдори (Q й) ўрнини компенсация қилиш (коплаш) хамда организм бажарадиган (А) ишга сарф бўлади: Q = Q й + А Бу қоида одам организми учун иссиқлик баланси тенгламасидир.Термодинамиканинг биринчи қонунини биологик системаларга тўла тўкис тадбиқ қилиш мумкин. Тирик материянинг энг умумий хоссаси иссиқлик ажратиш хоссасидир. Модда алмашинуви содир бўладиган хамма хужайраларда иссиқлик ажралади. Ҳар қандай физиологик функциялар ҳам иссиқлик ажралиши билан ўтади.

21-VARIANT


1. Plazmatik membranaga kimyoviy tarkibiga koʻra, yogʻlar, oqsillar, uglevodlar va juda oz miqdorda boshqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga koʻra, Plazmatik membrananing asosiy qismi fosfolipid qoʻsh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkariga qaragan qismi gidrofob (suvda erimaydigan), tashqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvchan) xusu-siyatga ega. Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil boʻlgan glikopro-teinlar joylashgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi. Plazmatik membrana baryer (toʻsiq), moddalarni tashish (transport), regulyator (boshqarish) va katalitik funksiyalarni bajaradi

Download 127,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish