Mavzu: Hujayra organiodlari. O’zak



Download 77,66 Kb.
bet1/4
Sana19.09.2021
Hajmi77,66 Kb.
#179162
  1   2   3   4
Bog'liq
amaliy


Mavzu: Hujayra organiodlari. O’zak.

Hujayra organiodlariga xondriosomalar, ichki to’rsimon apparat va sentrosomalar ( markaziy tanacha) kiradi.

Hujayra organoidlari stitoplazmaning tabaqalanishi( differentsatsiya) natijasida paydo bo’ladi. Hujayra organoidlari hujayra ichida moddalar almashinuvi, ichki sekretsiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi.

Xondriosomalar o’z shaklini turli tashqi muhit ta’sirida tez o’zgartira oladi. Hujayra shikastlansa xondiosomalar o’z shaklini o’zgartirib strukturasini yo’qotadi. Xondriosomalar ham oqsil va lipoidlardan tuzilgan. Xondiosomalarni fiziologik xolatini chuqur o’rganish organizmda boshlanib kelayotgan biror bir potologik jarayonni o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Xondorisomalarni shakli bva ko’p yoki oz bo’lishi hujayraning fiziologik holati bilan bog’liq, ular ma’lum bir strukturaga ega bo’ladi va lipoidlardan iborat qobiq bilan o’ralgan, oqsil bilan to’lgan koptokchalardan tuzilgan.

Xondriosomalar asosan oqsil va lipoidlardan tuzilgan bo’lsa ham uning tarkibida fermentlar va C vitamin ham bor, demak xondriosomalar hujayrada moddalar almashinuvida faol ishtirok etadilar.

Ichki to’rsimon apparat- bu organoid dastlab nerv hujayralarida topilgan. Hayvon tanasidagi hamma hujayralarda doimo uchraydigan organoidlarning biri. O’simlik hujayralarida bu organoid topilmagan.

Ichki to’rsimon apparat turlicha ko’rinishda, ba’zan noto’g’ri to’r shaklida, ba’zan chigal ipchalar shaklida bo’lishi mumkin.

Ichki to’rsimon apparat ham xondiosomalar kabi tashqi muhit ta’sirida tez o’zgarishga uchraydi. Fiksatorlar tarkibida kislota mavjud bo’lsa ichki to’rsimon apparat erib ketadi. Shuning uchun maxsus tadqiqotlar uchun to’qima osmiy kislota bilan ishlov briladi. Tirik hujayralarda ichki to’rsimon apparat ko’rinmaydi. Vazifasi hali aniqlanmagan. Ko’pincha o’zakni o’rab turadi. Hujayraning yoshiga va funksiyasiga ko’ra o’zgarib turadi.

Tsentrosomalar – hayvonlar va tuban o’simliklar hujayralarida uchraydi. Sitoplazmaning zich elementi qatoriga kiradi. Hujayrada alohida juft yumaloq donachalar shaklida uchraydi va sentriola deb ataladi.

Sentriolalarning atrofi tiniq zona- sentrosfera bilan o’ralgan. Sentrosomadan sitoplazmaga ko’pincha radial nurlar tarqaladi, bularga nur sfera yoki markaziy sfera deyiladi. Sentrosomalar hujayralarning ko’payish jarayonlarida yaqindan ishtirok etadi. Nafas olish yo’llaridagi tebranuvchi epiteliy hujayralarining kiprikchalari, bir hujayrali organizmlarning xivchinlari va erkak jinsiy hujayralarining dumchalari sentrosoma ishtirokida hosil bo’ladi.

O’zak- yoki karioplazma organizmning hamma hujayralarida bor.

Sut emizuvchi hayvonlar eritrotsidlarida o’zak bo’lmaydi. O’zaklarning shakli turlicha, yumaloq hujayrada o’zak yumaloq, yassi hujayralarda ikki tomoni qabariq, uzunchoq hujayralarda oval,ellips shaklida uchraydi.

Odatda bitta hujayrada bitta, ba’zi biriktiruvchi to’qima hujayralarida 10tadan ortiq o’zak uchrashi mumkin.

Hujayra sitoplazmasi va organoidlar hujayra hayotida kata axamiyatga ega. Hujayra ichida boradigan hammahayotiy jarayonlar sitoplazma, o’zak va organoidlar ishtirokida boradi.

Ozakning kimyoviy tarkibi sitoplazmaning kimyoviy tarkibidan keskin farq qiladi. O’zakda hujayraning DNK si hammasi mavjud. O’zakning funksiyasi unda DNK mavjudligi bilan bog’liq,DNK da barcha genetic irsiy informatsiya saqlanadi. O’zakda DNK molekulalari 2 marta ortadi ( redublikatsiya) natijasida genetic informatsiya keyingi bosqichdagi hujayralarga to’liq hajmda o’tkaziladi.

O’zak- sitoplazmadan ajratib turuvchi o’zak qobig’idan ( kariolemma) xromatin o’zakcha va karioplazmadan iborat tuzilgan.

Umuman organoidlar ( organella) membrane organellari- endoplazmatik to’q, Golji majmuasi, lizosoma va mitoxondriyalar va membrana emas organellalar- ribosoma, sentrosoma, mikrotrubkachalar va mikrofibrillalarga bo’linadi.

Hujayra emas tirik moddalar

To’qima hujayralardan tashqari tiriklik xususiyatiga ega bo’lgan, lekin hujayra strukturasi va shakliga ega bo’lmagan tirik moddalarga ega.

Hujayralar orasidagi moddalar ( ipchalar, shaklsiz moddalar) ham tiriklik belgilariga ega.

Embrionning boshlang’ich nerv trubkasi va skelet muskul ipchalari sitoplazmalar birlashmasidan tashkil topgan ko’p o’zakli simplast yoki sintsitiyadir.

Simplast yoki sintsitiyalardan hujayra hosil bo’lishi yoki hujayralar o’zaro qo’shilib simplast yoki sintsitiya shaklliga o’tishi mumkin. Shuning uchun ham tirik modda haqidagi tushuncha hujayralargagina xos emas, umuman tarkibida oqsil bo’lib, moddalar almashinuviga ega moddalar ham tirikdir.




Download 77,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish