Mavzu: Hujayra organiodlari. O’zak



Download 77,66 Kb.
bet2/4
Sana19.09.2021
Hajmi77,66 Kb.
#179162
1   2   3   4
Bog'liq
amaliy

Mavzu: Hujayraning bo’linishi

hujayralarning soni embrion tanasida va yosh organizmda juda tez ko’payadi, mavjud hujayralarning bo’linib ko’payishidan va hujayramas tirik moddalardan ( hujayra strukturasi tuzilishiga ega bo’lmagan) hujayralar paydo bo’ladi.

Hujayralar oddiy amitoz va murakkab ( kariokinez yoki mitoz) yo’l bilan ko’payadi. Hujayralar oddiy yo’l bilan ko’payganda o’zak ichidagi o’zakcha va o’zakning o’zi ham ikkiga bo’linadi, shundan so’ng sitoplazma ikkiga ajraladi, hatijada ikkita yosh hujayra paydo bo’ladi. Hujayralar oddiy yo’l bilan bo’linganida,bazan o’zaklar bo’linsa ham sitoplazma bo’linmasdan qoladi, natijada bitta hujayrada ikkita yoki bir nechta o’zak,ya’ni ko’p o’zakli simplast va sintsitiyalar paydo bo’ladi.

Embrion tanasidagi hujayralar, shikastlangan to’qima hujayralari regeneratsiya vaqtida hujayralar oddiy yo’l bilan bo’linib ko’payadi.

Oddiy yo’l bilan bo’linishda ba’zan o’zak moddalai turlicha, notekis tarqaladiva katta, kichik o’zaklar ham paydo bo’ladi. Bu kamchilik hujayradagi moddalar almashinuvi natijasida asta- sekin tiklanib ketadi. Sog’lom organizmda hujayralar tez ko’payadi va hayvon tez o’sadi.

Hujayralar murakkab bo’linishini birinchi marta botanik olim I.P. Chistiyakov aniqlagan. Hujayralar ko’pincha murakkab yo’l bilan bo’linadilar. Murakkab bo’linishda sitoplazma va o’zakda ko’plab o’zgarishlar ro’y berib, ketma-ket 4 ta fazanihujayra o’z boshidan kechiradi. Bu fazlar 4 ta:



  1. Profaza

  2. Metafaza

  3. Anafaza

  4. Telofaza

Profazada- o’zak strukturasi o’zgaradi, uning o’rnida juda ko’p ingichka xromatin ipchalaridan tashkil topgan zich koptokcha hosil bo’ladi. Xromatinning bu xolatiga zich to’pcha davri deyiladi. Xromatin ipcha keyinchalikyo’g’onlashadi va qisqaradi, endi bu davr yumshoq to’pcha davri deyiladi. Shu bilan bir vaqtda o’zakcha va o’zak qobig’I erib ketadi, o’zakmoddasi sitoplazma bilan aralashib ketadi.

Xromosomalardan zich to’pcha hosil bo’lishi bilan markaziy tanachalar- sentriola hujayraning qutblariga yaqinlashadi. Markaziy tanachalar orasidagi sitoplazmadan juda ingichka ipchalarga o’xshash axromatin dukchasi paydo bo’ladi. Xromatin sitoplazmga o’tib profaza tugaydi.

Metafaza- da xromosamalar axromotin dukchasi ipchhalari bilan bog’langan holda hujayra ekvatoriga joylashadi, bunda xromosomalarning bukilgan tomoni hujayra markaziga,uchlari esa hujayraning atrofiga qaragan bo’ladi.bu davr ona yulduz- monaster deyiladi. Keyinchalik bu xromosomalar uzunasiga bo’linadi va bir biridan uzoqlashadi, ya’ni hujayra qutblari tomon siljiy boshlaydi. Bu bilan

Anafaza- davri boshlanadi.ushbu davrda hujayraning har ikkala qutbida ma’lum tartibda joylashgan xromosomalar to’plami hosil bo’ladi. Hujayraga uning qutbi tomonidan qaralganda yulduzga o’xshab ko’rinadi, shu sababli bu qutbdagi yulduzchalarga qiz hujayralar deb nom berilgan.

Telofazda- qiz yulduzlari xromosomalari bir-biri bilan qo’shilib, yumshoq to’pcha hosil qiladi. Dastlabki profazada erib ketgan xromosamani o’rab olgan o’zak qobig’I qayta tiklanadi, ko’p o’tmay o’zak ichida o’zakcha ham paydo bo’ladi. Yumshoq xromotin ipcha zich to’pchaga aylanadi. Sentriolalarning har qaysisi ikkiga bo’linadi.

Axromotin dukchasining ipchalari erib ketadi. Sitoplazmaning aylanma bo’linish jo’yakchasi anafazada boshlanadi,telofazada bu jo’yak chuqurlashadi, natijada ona hujayradan ikkita qiz hujayra hosil bo’ladi.

Murakkab bo’linish davrida xondriosomalar va ichki to’rsimon apparat katta o’zgarishlarga uchrab, ba’zan to’rsimon apparat parchalanib ham ketadi. Hujayra organoidlari yosh hujayralarga taqsimlanadi. O’zak yosh hujayralarda yangidan paydo bo’lib, ya’ni uning strukturasi tinch xolatdagi hujayraga xos o’zakka aylanib qoladi. Yosh hujayralar to’qima elementlaridan ajralib tursa ham, keyinchalik o’ziga xos shaklga kiradi, qo’shni hujayralar hujayralar oralig’idagi moddalar bilan bog’landi, bora-bora hujayra o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib , sitoplazmada turli kiritmalar vujudga keldi va hujayra o’ziga xos fiziologik funkisiyalarni baja boshlaydi.

Murakkab bo’linishdagi turli fazalar turli muddat ichida o’tadi, masalan yosh biriktiruvchi to’qima hujayralari termostatda saqlansa:

Profaza 30daqiqadan 60 daqiqagacha;

Metafaza 2-10 daqiqa;

Anafaza 2-3 daqiqa;

Telofaza 3-12 daqiqa davom etadi.

Hujayra o’zagi 30-120 daqiqa davomida qaytadan tiklanadi. Hujayralarning bo’linishiga, ko’payishiga tashqi muxit va va nerv tizimi ta’sir etadi.

Ko’p qutbli murakkab bo’linish

Bunda sentrosoma uch yoki to’rtga bo’linib sitoplazmaga tarqaladi, natijada sitoplazmada uch yoki to’rta kutb xosil bo’ladi, xromosomalar shu qutblarga taqsimlanadi. Bitta o’zakdan uch yoki to’rtta o’zak, bitta ona hujayradan uch yoki to’rtta qiz hujayra kelib chiqadi.

Agar sitoplazma bo’linmasa, bitta ko’p o’zakli hujayra hosil bo’ladi.

Qizil ilikdagi gigant hujayralar- megakariotsitlarda, termostatda saqlangan epiteliy hujayralarida, tajriba sharoitida bir nechta spermatozoidlar ishtiroki bilan otalangan dengiz tipratikani tuxum hujayralaridako’p qutbli murakkab bo’linish bo’ladi. Ko’p qutbli murakkab bo’linish epiteliy to’qima hujayralaridan iborat havfli shishlarda ko’proq uchraydi.

Xromosoma –DNK molekulasining oqsil bilan birikmasi. U o’zakda hujayraning butun hayoti mobaynida mavjud va turli shakl va kattalikka ega.

Meyoz- mitozning alohida turi, unda hujayra ketma-ket ikki marta bo’linishi natijasida xromosomalarning soni 2 marta yoki barobar kamayadi. Birinchi mitotik bo’linishda gomologik xromosomalar yaqinlashadi va qutblarda har bir gomologik juftdan butun xromosomalar o’tadi. Ikkinchi bo’linishda mitozdagi singari qutbga har bir xromosomadan xromotidlar ketadi.meyoz yo’li bilan jinsiy hujayralar xosil bo’ladi. Gaploid to’plam xromosomalarga ega bo’lgan spermatozoid va tuxum hujayralari qo’shilishi natijasida diploid to’plam tiklanadi.

Mavzu: Urug’ hujayraning tuzilishi

1671-yilda talaba Gamm va olim A. Levenguk erkak jinsiy suyuqligida jinsiy hujayralar- spermatozoidlarni topgan edilar.

Spermatozoid so’zining ma’nosi urug’lik jonivor demakdir ( sperma-urug’, zoo-jonivor ( harakatchanlik)) A.Levenguk spermatozoidlarni yangi paydobo’layotgan organism deb o’ylagan. Boshqa olimlar esa spermotozoidlarni urug’ hujayra ichidagi parazitlar deb o’ylaganlar.

Spermatozoidlarni axamiyatini, urug’donlarda yetilishini, ya’ni erkaklik jinsiy bezlarida xosil bo’lishini, otalanish jarayonida ishtirok etishi chuqur o’rganishlar natijasida aniqlangan.

Erkak hayvonning eyakulyatida bir necha milliondan bir necha milliardgacha spermotozoid bo’lishi mumkin.

Spermotozoidlarning shakli ularning vazifasi bilan muvofiqlashgan. Ular dumchalari yordamida harakat qiladi. Otalanish vaqtida spermotozoidlar tuxum hujayra qobig’ini teshib kiradi va yangi organism vujudga keladi.

Spermatozoidlar o’zlarining funksiya va tuzilishlariga ko’ra organizmning boshqa to’qima hujayralaridan ancha farq qiladi.

Turli hayvonlarda xatto baliqlarda ham spermatozoidlar tuzilishida umumiy o’xshashlik mavjud bo’lsa ham, shakllari turlichadir.

Spermatozoid tuxum hujayradan 160000 marta kichik. Spermatoziodlarning boshi, bo’yni, tanasi va dumchasi bo’ladi.

Spermatozoid boshining oldingi qismida to’rsimon apparat bo’lib, ustidan g’ilof bilan o’ralgan. Bosh old tomonidan maxsus ferment- gialouranidaza bo’lib u tuxum hujayra qobig’ini eritib beradi va urug’ tuxum hujayra qobig’ini oson teshib o’tadi.

Spermatozoid boshining orqa qismini sitoplazma o’raydi, bu qismda zich o’zak moddasi to’plangan usti esa lipoid bilan o’ralgan.

Spermatozoid bo’yni ikkita sentrosoma tugunchasidan iborat. Bu tugunchalar modda orqali bir biriga qo’shilgan. Bog’lovchi qism glikogen va lipoidlardir.

Bu moddalarni parchalanishi natijasida spermotozoidlarni harakatga keltiruvchi energiya chiqadi.

Bog’lovchi qism o’rtadan o’tgan o’q ipcha, dumcha ipi, burama ipcha va ditoplazmadan tashkil topadi.

Bog’lovchi qism bilan bosh qismlar o’rtasida xondriosomadan iborat xalqa bor.

Bosh qism esa dumcha ipi va uni o’rab oluvchi sitoplazmadan iborat. Eng oxirgi qism yalang’och ipchadan tuzilgan.

Spermatozoidlarning uzunligi 55-57 mikrongacha.

Hayvon turi

Spermatozoid

Hujayra uzunligi mm



Boshchasining uzunligi

Harakat tezligi mµ/sek

Eyakulyatdagi urug’ miqdori

Mlrd.


Yetilgan spermotozoidning hosil bo’lish muddati

Hayvonning eng jinsiy yetilgan faollikvaqti yoshi

Ayg’ir

35-62

5-10

90

4-20

-

-

Buqa

51-63

5,6-8,5

120

5-12

6

2-8

Qo’chqor

55-60

4-5

50

2-10

4-5

1,5

To’ng’iz

37-62

7-10

-

25-80

4

1-2

Mavzu: Urug’ hujayraning taraqqiyoti- spermatogenez

Erkaklik jinsiy hujayralari juda murakkab yo’l bilan taraqqiy etadi, bunga spermatogenez deyiladi.spermatogenez 4 ta davrdan iborat:

1. Ko’payish davri

2.O’sish davri




Download 77,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish