Mavzu: Embrion qavatlarining shakllanishi, to’qimalarning hosil bo’lishi.
Blastula devorchasini tashkil qilgan hujayralar o’zaro tabaqalanadi. Blastulaning pastki qavati bukilib, blastulaning ichiga o’sib kiradi. Blastulaning usti qavati esa pastga tomon o’sadi. Natijada embrion 2-qavatdan iborat bo’lib qoladi.
Embrionning ichki qavati endoderma, ustki qavati ektoderma deyildi. Hamma xordalilarda o’rta qavat mezoderma ham bor.
Embrion qavatlarini xosil bo’lishi gastrulyatsiya deyiladi, bu zaoradish- murtak- embrionning dastlabki rivojlanish bosqichi hisoblanadi.
Qanday hayvon bo’lishi, sariq moddaning oz-ko’pligiga qaramasdan gastrulyatsiya bosqichini o’taydi va undan embrion qavatlari kelib chiqadi. Har bir embrion qavati bir xil hujayralardan iborat. Har qaysi qavatdan esa hamma hayvonlarda ham o’xshash organlar taraqqiy etadi.
Embrion qavatlari hosil bo’lgach to’qima gistogenez va organlar taraqqiy borib tabaqalanish yuz beradi. Har qaysi turhayvonlarning o’ziga xos tomonlari bo’lishi bilan birga o’zaro o’xshashliklar ham bo’ladi. M:xordalilardaektodermadan nerv to’qimasi va terining epiteliy qavati xosil bo’ladi.
Endodermadan ovqat xazm qilish organlarining shilliq qavati, nafas yo’li, siydik puffagi shilliq qavatini qoplab turuvchi epiteliy, ovqat hazm qilish organlarining shilliq qavatidagi bezlar, so’lak bezi, jigar,me’da osti bezi hosil bo’ladi.
Mezodermadan mezenxima kelib chiqadi. Mezenxima embrion tanasidagi tayanch vazifasini bajaradi va embrion qavatlari hujayralarini oziq modda bilan ta’minlaydi. Mezenximadan keyinchalik qonning shaklli elementlari, biriktiruvchi to’qima,tog’aylar, suyaklar, silliq muskullar, qon tomirlar va teridagi muskullar hosil bo’ladi.
Mezodermadan skelet muskullari va ichki organlarni ustini qoplab turuvchi bir qavat yassi mezoteliy hujayralari taraqqiy qiladi.
Mezoteliy hujayralari zardobsimon suyuqlik ishlab chiqaradibu ichki organlarustini silliqlaydi, natijada ularning o’zaro ishqalanishi kamayadi, harakati yengillashadi.
Mezodermadan to’qimalar hosil bo’lishi bilan bir vaqtda organlar ham hosil bo’ladi.
Xordalilarda dastlab nerv trubkasi( naychasi) embrionning orqa tomonidagi ektodermadan ajralib chiqadi., yani embrion orqa tarafiida uning bo’yiga qarab nerv jo’yakchasi hosil bo’ladi. Keyinchalik bu jo’yakcha ektodermadan ajraladi, naycha shakliga kiradi va ektoderma ostiga joylashadi. Nerv naychasi hujayralarining tabaqalanishidan nerv hujayralari hosilbo’ladi.
Xorda turli hayvonlarda turlicha rivojlanadi, lekin hamma hayvonlarda xorda uzunasiga nerv naychasi ositga joylashadi. Boshlang’ich ichakning ba’zi qismlari kengayib, cho’zilib, burmalar hosil bo’ladi.
Tegishli qismdan qizilo’ngach, oshqozon, ingichka va yo’g’on ichaklar, jigar, oshqozon osti bezi, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o’pka vujudga keladi.
Lansetnikning embrion taraqqiyoti.
Erkak lansetnik yetilgan spermatozoidlarini, urg’ochi lansetnik esa tuxum hujayralarini suvga tashlaydi. Hak ikkala jinsiy hujayra juvda qo’shiladi.
Tuxum otalanib, to’liq tekis yo’l bilan bo’linadi.
Zigotaning animal qismidan vegetativ qutbi tomon bo’linish jo’yakchai boshlanadi.zigota dastlab meridional bo’linadi. Natijada katta kichikligi va tuzilishi bir xil bo’lgan 2 ta hujayrablastomer hosil bo’ladi.
Blastomer2- marta meridional bo’linib 4ta o’zaro tengblastomerlarga ajraladi.3- marta ekvotorial bo’linib 8 ta blastomerga
4-marta meridional bo’linib 16blastomerga;
5-marta ekvatorial bo’linib 32ta blastomerga;
6- marta meridional bo’linib 64 ta blastomerga;
7-marta ekvotorial bo’linib 128 ta blastomerga ajraladi.
Hosil bo’lgan blastomerlardan ichi zardobsimon suyuqlik bilan to’lgan shar yuzaga keladi.
Embrionning bu taraqqiyotbosqichiga blastula deyiladi. Blastula kesib ko’rilsa bir qavat hujayralardan tuzilganini ko’rish mumkin.bu qavat blastoderma deyiladi. Blastulaning ichi blastosel deyiladi.usti qismi qopqoqcha osti tub deyiladi. Tub qismidagi blastomerlarda sariq moddo ko’proq. Chunki sariq modda zigotaning ostiga cho’kkan bo’ladi. Qopqoq qismidagi blastomerlarda sariq modda kamroqligi uchun maydaroqdir, lekin shu tufayli tezroq maydalandi. Zigotaning tubidagi blastomerlar sariq modda ko’pligi uchun sekin maydalanadi, chunki sariq modda bo’linishga to’sqinlik qiladi.
Gastrulyatsiya – blastula stadiyasidan so’ng boshlanadi. Blastula qopqoqchasidagi va uning atrofidagi blastomerlarning tez bo’linishi orqasida blastulaning qopqoq qismi tez o’sa boshlaydi. Natijada blastulaning tub qismiblastulaningichiga qarab bukilib kiradi va blastula tubi blastosel orqali qopqoqcha ostiga kiradi.
Shu bilanembrion 2 qavatli bo’lib qoladi. Bu vaqtga kelib blastoselichidagi suyuqlik shimilib ketib blastosel yo’qoladi. Blastula tubining blastosel tomon bukilib o’sib kirishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliq boshlang’ich ichak kovakchasi yoki gastrosel deyiladi.
Gastroselning tashqariga ochiq tomoni blastopor ( boshlang’ich og’iz) atrofi esa blastopor lablari deyiladi.
Blastula tubining blastula qopqoqchasga borib qadalishi natijasida qopqoqcha og’irlashadi, shuning uchun ham embrionning blastopor qismi yuqori tomonda bo’ladi.blastulaning qopqoqchasidan hosil bo’lgan qavat- ektoderma, tub qismidan hosil bo’lgan qavat- endodermadir.
Mavzu: Baliqning embrional taraqqiyoti davrlari
1-sutkada bo’lib o’tadi:
1. Blastodiskning hosilbo’lishi 1-bosqich
2. Blastodiskning maydalanishi 2- bosqich
3. Blastula davri 3- bosqich
4. Gasturla davri. 4- bosqich
2- sutkada: 5- bosqich organogenez,organlar shakllanishi,
6- bosqich nerv muskul qisqara boshlaydi
7- bosqich nafas olish boshlanadi.
2- sutka oxiri va 3- sutka boshlarida:8- bosqichembrion bosh qismi sariq moddadan ajraladi. Og’iz ko’rinadi., jabra- jag’ shakllanadi. Suzg’ich qanotlar shakllanadi.
78 soatdan so’ng tuxumdan yorib chiqish boshlanadi.
Mavzu: Baliqlarning embrional taraqqiyoti
Baliqlarning embrional taraqqiyoti tuxum hujayrada sariq moddaning oz-ko’pligiga vataashqi muxitga qarab o’zgaradi.
Otalanish ba’zi baliqlarda ichki, ba’zisida esa tashqi bo’ladi. Masalan, akulalarda otalanish ichki bo’lib, tuxum sariq moddaga boy, tuxumning diametri 20 sm gacha bo’lishi mumkin.
Otalangan tuxumni oqsil va shox moddadan iborat himoya qiluvchi mustahkam parda o’rab turadi.
Baliq tuxumida sariq modda ko’p, animal va vegetativ kutblar alohida-alohida joylashgan.
Animal qismning sariq moddasida sitoplazma juda oz. tuxumdagi sariq moddaning ko’p qismi vegetativ qismda joylashgan. Shuning uchun ham bo’linish tuxumning faqat animal qutbida, ya’ni sitoplazma joylashgan tomonida boradi. Birinchi va ikkinchi bo’linish jo’yakchalari meridian bo’ylab bo’linadi.
Bo’linish jo’yakchalari faqat sitoplazma joylashgan qismda bor.
Bo’linishdan 4 blastomer hosil bo’ladi. Bu blastomerlarning animal qismi chegaralangan, vegetative qismi esa sariq modda bilan qo’shilgan. Bu blastomerlar ko’ndalangigabo’lingandan keyin animal qismda hosil bo’lgan, yangi blastomerlar sariq moddadan alohida joylashadi.
Tuxumning animal qismida ko’p qavatli hujayralardan ibora-orolcha-embrion qalqonchasi vujudga keladi. Qalqoncha o’zaro zich joylashgan blastomerlardan iborat qalqoncha ostidagi blastomerlar tarqoq joylashgan. Bu tarqoq hujayralarning bir qismi embrionning normal oziqlanishiga ishtirok etadi.
Tarqoq hujayralar sariq moddani suyultirish uchun ferment ishlab chiqarib embrion tanasida sariq moddani tez hazm bo’lishiga yordam beradi.
Blastulaning tubi asosan sariq moddadan iborat. Blastulaning old tomoni embrion qalqonchasining o’sishi uchun axamiyatga ega. Blastulaning orqa qismidagi blastosel esa gastrulatsiyaning kelib chiqishi natijasida embrion qavatlarini paydo bo’lishi uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, embrion qalqonchasining orqa chegarasi bukilib, ikki qavatli bo’lib qoladi va sariq modda ustidan ko’tarilib o’sadi. Bu gastrulyatsiya davrining boshlanishidir.
Gastrulyatsiya davrida embrion qalqonchasining ust tomidagi mayda hujayralardan ektoderma pastki tomonidagi yirik hujayralardan esa endoderma vujudga keladi.
Mezodermani hosil qiluvchi hujayralar blastula qalqonchasi atrofiga joylashgan bo’lib, ektoderma va endoderma orasiga o’sib kiradi. Mezoderma shakllangach, uning darsal qismidan mezoderma, ventral qismidan esa mezenxima hujayralari hosil bo’ladi.
Mezenxima hujayralaridan qon hujayralari va qon kapilyarlari paydo bo’ladi. Shunday qilib ektoderma, endoderma va mezodermadan iborat embrion sariq moddaning animal qismiga joylashadi.
Kelajakda embrionning normal rivojlanishi uchun embrion va sariq modda orasida tana burmasi paydo bo’lib, u embrion bilan sariq modda xaltachasini bir-biridan ajratib ( ayrib) turadi.
Sariq moddani embriondan tashqarida yotgan ektoderma, endoderma va mezoderma qavatlari o’raydi.
Embrion bilan sariq moddaorasida sariq poyacha bor. Sariq poyacha yordamida embrion sariq modda bilan tutashadi.
Mezodermadagi qon timirlarisariq modda xaltachasini o’rab, undagi sariq moddaning embrion tanasiga sarf bo’lishi uchun xizmat qiladi.
Sariq modda xaltachasi embrionning tanasidan ajraydi.
Embrional rivojlanish-taraqqiyot- otalangan tuxum hujayra davridan chavoq baliqni tashqi muxitdan oziqlanishni boshlash vaqtigacha davom etadi.
2 ta kichik davrlarni o’z ichiga oladi:
Tuxum xaltacha,qobiqichida rivojlanish
Tuxum qobig’idan tashqarida rivojlanish
Lichinkalik davri-tashqaridan oziqlanishgao’tadi, lichinkaning tashqi shakli xali katta organizm ko’rinishida emas. Lichinkada o’ziga xos organlar bo’lib, keyinchalik ular yo’qolib ketadi.
Chavoq baliqlik davri- chavoq baliq ko’rinishi katta baliqnikiga o’xshash, ichki organlari yo’qolib boradi, katta baliq uchun xos bo’lgan ichki organlar shakllanadi va funksiyako’rsatadi. Jinsiy organlar xali taraqqiy etmagan.
Energiya resurslari asosan o’sish uchun sarflanadi.
Ikkilamchi jinsiy belgilar xali yo’q.
Yarim yetuk baliqlik davri- asta-sekin jinsiy belgilar, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanib boradi, lekin xali organizm urchish uchun tayyor emas.
Yetuk baliqlik davri - yilning ma’lum fasllarida organizm urchish uchun tayyor, baliq turi uchun xos ikkilamchi jinsiy belgilar mavjud. Energiya asosan jinsiy tizim uchun ( tuxum, sperma hosil qilish,) migratsiya- ko’chish, qishlash, ko’payish uchun zaxira hosil qilishga sarflanadi.
Qarilik davri- jinsiy funksiyalar asta-sekin so’nadi, uzunasiga o’sish to’xtaydi yoki sekinlashadi.
Mavzu: Baliqlarning epiteliy to’qimasi
Baliqning epiteliy to’qimasi embrion taraayiyoti davrida embrionning har uchala davrida vujudga keladi. Ektoderma qavatidan-terini qoplovchi epidermis, endodrmdanichak, mezodermadan- ich bo’shlig’i devorini qoplovchi epiteliy taraqqiy qiladi. Epiteliy to’qimasi baliqning ichki to’qima va organlari ni turli tashqi zararli ta’sirlardan mikroblardan saqlaydi, ximoya qiladi.
Epiteliy to’qima maxsuli- baliq tangachalari ximoya vazifasiga ega. Organizm bilan tashqi muxit orasidagi modda almashinuvi jarayoni epiteliy to’qima si ishtirokida boradi. Organizm uchun kerakli ozuqa, kislorod epiteliy to’qimasidan shimilib o’tadi va boshqa tashlandiq moddalar epiteliy to’qimasidan tashqariga chiqariladi. Organizm uchun juda zarur fermentlar va boshqa suyuqliklarni bezlarning sekretor hujayralariishlab chiqaradi.
Qoplovchi epiteliyda issiq-sovuq va mexanik ta’sirlarni sezuvchi juda ko’p retseptorlar bor. Epiteliy to’qimasi hujayrasio’ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega.
Hujayraning tashqi muhitga qaragan qutbiga animal qism,hujayraning bazal membranaga birlashgan qutbiga bazal qism deyiladi. Epiteliy hujayralarida hamma asosiy organoidlar,yani xondriosomalar , to’rsimon apparat bor. Bu organoidlar hujayra o’zagi ustida joylashgan. Epiteliy to’qima hujayralari turli tashqizararli ta’sirlar natijasida emiriladi. Ularning o’rniga yosh hujayralar vujudga kelib, organizmni tashqi xavfli ta’sirlardan saqlaydi.
Epidermisning hamma hujayralariko’payish xususiyatiga ega bo’lmaydi, faqat eng chuqur joylashgan silindirik hujayralar faol ko’payadi.
epiteliy
Epiteliy to’qima klassifikatsiyasi
Bir qavatli
Ko’p qatorli
O’tib turuvchi
Ko’p qavatli
tebranuvchi
Ko’p qavatli yassi
Bir qatorli
silindirik
kubsimon
yassi
-kubsimon epiteliy buyraning siydik naychalari va bezlarining yo’llari joylashgan.
-silindirik xoshiyador epiteliy ichaklarining shilliq qavatini qoplaydi.
- tebranuvchi epiteliy nafas yo’llari, tuxum yo’lida.
-ko’p qavatli yassi epiteliy-og’iz qizilo’ngach ko’zning muguz qavatida
-terini qoplovchi ko’p qavatli yassi epiteliy hujayralar qatlamlari turlicha, bu tashqi ta’sirdarajasiga bog’liq, ya’ni tashqi mexanik ta’sir qancha kuchli bo’lsa epiteliy hujayralari qatlami ham shuncha oshadi. Tangacha teri epiteliy hujayralari asta-sekin muguzlanadi. Hujayra protoplazmasida kerotogiamin donachalari vujudga keladi, bu donador hujayralar yuqoriga siljishi bilan donachalari ham ko’yadi. Bunday hujayralardan epidermisning donador donador hujayralari qavati yuzaga keladi.
Hujayralar qavati o’zaro qo’shilib tiniq qavatga aylanadi. Tiniq qavat ustidagi hujayralar nobud bo’lib muguzlangan qavat hosil qiladi. O’tib turuvchi epiteliy ko’p yoki 2 qavatlidir. Siydik yo’li naychalari shilliq qavatini qoplaydi. Shakli o’zgarib turgani uchun o’tib turuvchi deb nomlanadi.
Bezlar
Organizmdagi deyarli barcha bezlar embrional taraqqiyot davrida epiteliy to’qima hujayralaridan kelib chiqadi. Har bir hujayra modda almashinuvi natijasida o’zidagi tashlandiq moddalarni tashqariga chiqaradi. Bunga eksretsiya deyiladi.
Eksret tashqi muxitda ba’zi bir fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Organizm uchun zarur bo’lgan moddalarni sekret deyiladi. Sekret tarkibidagi turli fermentlar turli oziq moddani parchalashda faol ishtirok etadi.
Sekretepiteliy hujayralari ayrim organlarda tarqoq holda yoki ayrim joylarni qoplab olgan bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari sekretor hujayralari biriktiruvchi to’qimadan iboratparda ichiga to’planibb sekretororgan- bezni tashkil qiladi.
Agar bezlarning sekretlari bevosita yoki ayrim naychalar orqali tashqi muxitga chiqsa bunday bezlarni tashqi sekretsiya bezlari deyiladi.
Organizmdagi shunday bezlar ham borki ularning sekretlari tashqariga chiqarilmay qon va limfa ga bevosita shimiladi- bu bezlarga ichki sekretsiya bezlari deyiladi. Ichki sekretsiya bezlarini endokrin bezlar ham deyiladi. Grekcha endon-ichki, krino ajratish.
Tashqi sekretsiya bezlari bir hujayrali ko’p hujayrali. Bir hujayrali bezlar epiteliy qavatida joylashadi. Nafas oluvchii yo’llarning shilliq qavatidagi tebranuvchi epiteliyhujayralari orasidagi qadoqsimon hujayralar misol bo’ladi.
Tuban hayvonlarda bunday bir hujayrali bezlar terining epidermis qavatida joylashgan. Ko’p hujayrali bezlar epiteliy qavatining ichkarisiga joylashgan ularoddiy va murakkab tuzilgan. Ular ko’p – so’lak bezlari meda osti bezi, jigar.
Murakkab bezlarning chiqaruv naylari daraxtsimon shakllangan.
Daraxt shoxchalari uchlarida sekretor hujayralarida iborat.turli shakldagi sekretorlar qismchalar bor.
Bir necha sekretor qismchalar mayda va o’rta chiqaruv naylar bir kopsula ostiga to’planib bez bo’lakchalarini hosil qiladi.
Umumiy epiteliy to’qimasi kelib chiqishi va funksiyalarining har xil bo’lishiga qaramasdan boshqa to’qimalardan farq qiladigan umumiy begilari mavjud:1. Epiteliy zich joylashgan hujayralar to’plamidan iborat-bu ximoya uchun;
2. Epiteliy to’qimasi chegarada joylashgani uchun epiteliy xromosomada qutbli differensiyallanish mavjud.
3. Epiteliy to’qimasida qon tomirlar bo’lmaydi. Bazal membrana orqali diffuziya yo’li bilan oziqlanadi.
4. Epiteliy to’qimasida doimo bazal membrada xususiyatga ega epitely to’qimasi ostida biriktiruvchi to’qima joylashdi.
5. Epiteliy to’qima yuqori darajada qayta tiklanish xiliga ega.
Filogenetik klassifikataiyabo’yicha epiteliy to’qima 5 ga bo’linadi:
1. teri epiteliysi
2. ichak epiteliysi.
3. buyrak epiteliysi.
4. sellomik- seroz bo’shliqni qoplaydi.
5. Ependin- sezgiorganlarining tarkibida.
Mavzu: Baliqlarning tog’ay-suyak to’qimasi.
Suyak baliqlarda juda mustahkam tuzilma. U ham boshqa to’qimalar kabi modda almashinuv jarayonida organizmning boshqa qismlari bilan o’zaro a’loqada bo’ladi . ularning faoliyati neyro tizim va garmonlar orqali boshqariladi.
Hamma oziqmoddalar qon orqali suyak to’qimasiga yetkazib beriladi.
Suyak to’qima qattiq bo’lishiga qaramay dinamik to’qima, u doim yangilanib turadi, bunda suyakning bir qismi so’rilib muntazam qayta qurilib va tiklanib turadi.
Suyak to’qimasi tayanch, mineral moddalar almashinuvidan tashqari yana qator funksiyalarni bajaradi. Suyaklar ichida qizil yoki sariq suyak ko’migi joylashadi, u yerda qon shaklli elementlari hosil bo’ladi,bu nozik tuzilmalar suyak bilan qonning ximoya qilib turadi. Suyak ichki organlar uchun ximoya vazifasini o’taydi, eng muximi muskullar uchun murakkab richak sistemasini hosil qiladi.
Suyak to’qimasining tuzilishi
Suyak to’qimasi hujayralar va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Hujayralararo modda suyak to’qimasida minerallashgan yoki mineral tuzlar bilan to’liq bo’lib tolalardan va qattiq asosiy modda yoki amorf moddadan tashkil topgan uch xil suyak hujayralari farqlanadi:
Osteotsitlar;
Osteoblastlar;
Osteoklastlar;
Osteotsitlar o’simtali hujayralar, o’simtalar ham mayda o’simtalarga tarqaladi.
Osteoblastlar- yunoncha suyak, kurtak. Suyak usti pardasida, suyakning yangidan hosil bo’layotgan qismlarida uchraydi, kubsimon, piramidasimon yoki ko’p qirrali shakllarda bo’ladi, yumaloq yoki ovalsimon yadroga ega.
Osteoblastlar suyak hosil qiluvchi hujayralardir. Bu hujayralar doimo oqsil sintez qilib, hujayralararo moddaga ajratib turadi. Hujayralararo modda hosil bo’lishi tugagandan so’ng ular faol bo’lmaga suyak hujayralari-osteotsitlarga aylanadi.
Osteoklastlar- yunoncha klao- parchalanish, bu hujayralar ohaklangan joy va suyak to’qimalarining parchalanishida ishtirok etadi. Shakli noto’g’ri yumaloq bo’lib, juda ko’p( 50tagacha) yadroga ega.
Suyak to’qimasining hujayralararo moddasi oxaklashgan bo’lib 70 % gacha anorganik, 30% organic moddalardan tashkil topgan. Hujayralararo modda ikki qismdan: tolalardan va asosiy moddalardan iborat. Tolalar asosan organik moddalardan tashkil topgan, ular asosiy yoki osteokollagen tolalar deyiladi.
Asosiy moddasuyak to’qimasida asosan mineral moddalardan- tuzlardan tashkil topgan.
Tuzilishi bo’yicha ikki xil suyak to’qimasi tafovut qilinadi: dag’al tolalai suyak to’qimasi va ingichka tolali yoki plastinkasimon suyak to’qimasi.
Dag’al tolali suyak to’qimasi- yangi xomila, lichinka, chavoq baliqlarda uchraydi. Kattalarda esa tog’aylarning suyakka birikka joyida, kalla suyagining choklarida uchraydi. Bu suyakni dag’al tolali deb atalishiga sabab shuki, suyak to’qimasining ossein tolalari juda dag’al va turli yo’nalishda bo’ladi. Xomilada hosil bo’lga dag’al tolali suyak o’sishi va keying taraqqiyoti natijasida asta-sekin plastinkasimon suyakka aylanadi.
Plastinkasimon suyak to’qimasi.
Voyaga yetgan organizmda barcha suyaklar- yassi naysimon suyaklarning asosiy qismi plastinkasimon suyakadan tashkil topgan.
Bu suyakning asosini suyak plastinkalari tashkil etadi, plastinkalar ingichka bir biriga parallel xolda joylashgan kollagen tolalardan va osteotsit hujayralaridan iborat.
Suyak plastinkalarining joylashuviga qarab ikki xil suyak moddasi farqlanadi: kompakt va g’ovak suyak.
Kompakt suyakda plastinkalar bir biriga jips birlashib joylashadi.
G’ovak suyaklarda plastinkalar har xil yo’nalishda bir-biriga nisbatan turli hil burchak hosil qilib joylashadi va ularning orasida kichik-kichik bo’shliqlar va naychalar hosil bo’ladi.
Suyak usti pardasi( periost ) va endost. Suyak ustki tomondan suyak usti pardasi bilan o’ralgan. Unda ikki qavat : ichki tolali va tashqi adventitsial qavatlar farqlanadi.
Ichki qismi nozik tolali biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan, kollagen tolalardan tashqari o’zida elastic tolalar ham tutadi. Bu yerda mayda qon tomirlar va osteoblast hujayralari joylashadi.
Endost- juda nozik parda bo’lib, suyakni ichki tomondan qoplaydi. U osteoblast hujayralarini ushlovchi biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, uning kolagen tolalari suyak ko’migining stroma tuzilmalariga o’tib ketadi. Suyak to’qimasi mezenximadan ikki usulda : to’g’ridan to’g’ri mezenximadan( bosh suyaklari) yoki mezenximadan hosil bo’lgan tog’ay modeli o’rnida hosil bo’lishi mumkin.
Suyak to’qimasining regeneratsiyasi- suyak usti pardasi hisobiga bo’lib, suyak butunligicha buzilsa bu yerga qo’shni qismlarining suyak usti pardasi hujayralari intila boshlaydi. Natijada 2- tomonning suyak usti pardasi birlashadi. Suyak usti pardasidagi qon tomirlar va osteblastlar hosil bo’ladi. Shu joyda nozik suyak plastinkalari hosil bo’la boshlaydi. 10-12 kundan so’ng suyak plastinkasi suyakning singan qismini mufti shaklida o’rab oladi, buni suyak qadog’I deyiladi.
Suyakning o’sishi va rivojlanishiga tashqi va ichki omillar ta’sir etadi.
Ovqatlanish sust bo’lsa, qonda Ca, P yetishmasa hujayralararo moddaning oxaklanishi sust bo’lishiga sabab bo’ladi.
Vitamin D yetishmasa Ca ichaklardan so’rilmaydi- raxit.
Ichki omil- gormanoal-yod.
Mavzu: Baliqlarning nerv ( asab) to’qimasi.
Nerv to’qimasi eng yuqori darajada tabaqalangan to’qima. Murakkab tuzilgan nerv to’qimasidan nerv sistemasi kelib chiqadi. Nerv sistemasi tashqi va ichki ta’sirlarni tez qabul qilib oladi va javob qaytaradi. Tshqi va ichki ta’sirlarni tananing hamma yeriga tarqalgan retseptorlar sezadi. Retseptorlarning bir qismi tananing yuza qismiga joylashgan bo’lib tashqi ta’sirlarni qabul qiladi. Qabul qilingan ta’sir markaziy nerv sistemasiga uzatiladi. Bunday retseptor ekstroretseptorlar deyiladi.
Ichki organlarning devorlarida joylashib, ularning fiziologik o’zgarishlari markaziy nerv sistemasiga uzatuvchi retseptorlar introretseptorlar deyiladi. Retseptorlardan kelgan ta’sirlar markaziy nerv sistemasida tezda analiz qilinib, tabaqalangach harakat nervlari orqali muskul yoki bezlarga uzatiladi. Bunga javoban muskul yoki bezlardning ishi yo tezlashadi, yo sekinlashadi.
Hamma hayvonlarda, baliqlarda ham nerv to’qimasi 2 xil elementdan: nerv hujayralari- neyron va nevrogliyadan tuzilgan.
Nerv hujayralarining shakl va vazifalari turlicha bo’lsa ham, ularning umumiy belgilari mavjud.
Nerv hujayralari hammasi o’simtali, sitoplazmada esa neyrofibrillalar ko’p. nerv hujayralari o’simtalari bo’lmasa ta’sirni boshqa hujayralarga o’tkazmaydi. Nerv hujayralari 1,2 va ko’p o’simtali bo’ladi.
Nerv hujayralari va nerv o’simtalarining tuzilishi
Nerv hujayratanasining ko’pchilik qismi neyroplazmadan iborat. Har bir nerv hujayrasining dendrit va neyrit o’simtalari bor. Dendritlar ko’p va daraxt kabi shoxlangan, bularorqali nerv hujayra tanasiga turli ta’sirotlar keladi.
Neyrit orqali ta’sirotlar hujayra tanasida boshqa nerv hujayralariga o’tadi. Neyritning yon tarmoqlari bo’lmaydi, faqat uchidagina mayda shoxchalar bor.
Nerv hujayralarining o’simtalari qobiq bilan o’ralgan. Bu o’simtalar nerv tolalari deyiladi. Yumshoq qobiqli nerv tolalari bevosita birlashgan neyrogliya hujayralaridan hosil bo’ladi. Nevrogliya hujayralari sitoplazmasining nerv o’simtasining yaqin qismida moyga o’xshash modda- myelin ko’p uchraydi. Yumshoq qobiq mielindan tashkil topadi. Nevrogliya sitoplazmasining tashqi qismida myelin bo’lmaydi,nevrogliya hujayralari o’zagi joylashadi, sitoplazmaning bu qismi Shvann qobig’I deyiladi.
Yumshoq qobiqli nerv tolalri sezuvchi ( afferent) nerv hujayralarining dendrit laridan yoki harakat (efferentor) nerv hujayralarining nevritlaridan iborat.
Nevrogliya hujayralari yumshoq qobiqli nerv tolalarining yuzasini bir tekisda qoplamaydi. Bunda gliya hujayralari o’zaro tutshmaydi. Natijada nerv tolalari ustida tugunlar yuzaga keladi. Bu tugunlar orqali nerv tolasi bilan to’qima suyuqligi orasida moddalar almashinuvi jarayoni bo’lib turadi.
Nerv qobig’ini biriktiruvchi yumshoq to’qimadan iborat ipchalar o’rab turadi. Bu ipchalar o’rami endonerviy deb ataladi.
Mielinsiz nerv tolalari ichki organlarning devorlarida bo’lib, ta’sirotlarni yumshoq qobiqli nervlardan ko’ra sekinroq o’tkazadi. Mielinsiz nerv tolalari bo’g’imlarga bo’linmagan, shu sabali mikroskopda tekis ko’rinadi. Bu nerv tolalari ham Shvann qobig’I bilan o’ralgan.
Sezuvchi nerv uchlari ( afferent ) retseptorlar deyiladi.
Harakat nerv uchlarining muskul va bezlarga borib tirmashib shoxchalangan o’simtalari harakat (efferentor) nervlar deyiladi.
Retseptorlar 3 xil:
-tashqi muhit ta’sirlarini qabul qiluvchi retseptorlar- ekstroretseptorlar;
- harakat organlaridan uyg’otuvchi ta’sirlarni keltiruvchi retseptorlar- propriretseptorlar;
- ichki organlardan ta’sirotlarni keltiruvchi retseptorlar- introretseptorlardir.
Ular ta’sirotlarni juda tez qabul qiladi.
Retseptorlar oddiy va murakkab tuzilishga ega.
Oddiy retseptorlar yalang’och nerv tolalaridan iborat.
Murakkab retseptorlar biriktiruvchi yumshoq tuzilmadan iborat maxsus kapsula bilan o’ralgan.
Nerv tolalari uchlari
Sezuvchi nerv tolalri to’qima ichiga o’sib kirishi bilanoq o’z pardasi, qobig’ini yo’qotadi va yalang’och nerv tolalariga aylanadi. Bu nerv tolalari o’zaro birlashib to’rchalar va tugunchalar hosil qiladi. Sezuvchi nerv tolalari ko’ndalang targ’il muskul ipchalarining ustidan o’rab oladi. Bunday murakkab retseptorlar ko’p qavatli yassi epiteliy ichida ham uchraydi.
Maxsus epiteliy hujayralari atrofida juda ingichka nerv tolalaridan iborat to’r hosil bo’ladi. Ichki organlarning ko’pchiligida teri ostidagi biriktiruvchi yumshoq to’qimada Fomer- Pagini tanachasi uchraydi. Sezuvchi nerv uchlari atrofini biriktiruvchi yumshoq to’qimadan iborat pardalar o’rab turadi. Pardalarning orasi to’qima shirasi bilan to’lgan bo’lib, pardalar tarang tortilib turadi. Shuning uchun ichki va tashqi boshi parda ichidagi suyuqlikka, tanacha o’rtasiga joylashgan nerv uchiga ta’sir qiladi. Natijada baliq ( hayvon) ichki va tashqi boshini o’zgarishi ni sezadi.
Silliq muskullardagi harakat nerv ipchalari har bir muskul hujayrasini o’rab oladi yoki nerv tomirchalarining uchi muskul hujayrasi ichiga – sarkoplazmaga kirib turadi.
Muskul ipchalari yoki hujayralarning harakat nervlari ta’siri bilan qisqaruvi ancha murakkab, ya’ni harakat nervlari orqali kelgan ta’sirlar natijasida nerv tomirlarining uchlaridan aktiv modda ajralib chiqadi. Bu modda mediator deb ataladi.
Ajralib chiqqan bu modda muskul ipchalari va hujayralarini qitiqlaydi va harakatga keltiradi. Secretor hujayralar esa bu modda ta’siri ostida suyuqlik ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |