Mavzu: Umurtqalilarda ko’ndalamg targ’il muskullar qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli Reja: - Mushak tizimining umumiy tarifi
- Ko’ndalang targ’il muskullar
- Silliq muskullar, qisqarish mehanizmi
Hayvonlarning harakati, tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakati, ichki a’zolarning ishlashi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo’lishi, ajratuv aktlari turli guruh mushaklar faoliyati tufayli amalga oshiriladi. Mushaklar - barcha yuksak hayvonlarning muhim ijrochi (ishchi) a’zolari, ya’ni effektorlari hisoblanadi. Yuksak hayvonlarda targ’il va silliq mushaklar farqlanadi. Shu bilan birga, ko’z qorachig’i mushaklari va ko’z stiliar tanasining mioepitelial hujayralari, ixtisoslashgan qisqaruvchi hosilalari ham alohida o’rganiladi. - Hayvonlarning harakati, tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakati, ichki a’zolarning ishlashi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo’lishi, ajratuv aktlari turli guruh mushaklar faoliyati tufayli amalga oshiriladi. Mushaklar - barcha yuksak hayvonlarning muhim ijrochi (ishchi) a’zolari, ya’ni effektorlari hisoblanadi. Yuksak hayvonlarda targ’il va silliq mushaklar farqlanadi. Shu bilan birga, ko’z qorachig’i mushaklari va ko’z stiliar tanasining mioepitelial hujayralari, ixtisoslashgan qisqaruvchi hosilalari ham alohida o’rganiladi.
- Mushaklar qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xususiyatlaridan tashqari qisqaruvchanlik, ya’ni qo’zg’alish paytida qisqarish yoki bo’shashish (taranglik darajasini o’zgartirish) qobiliyatiga ham ega.
- Targ’il mushaklar skeletning harakat apparatlarini, ko’z harakatlari, chaynash va boshqa bir qancha muhim harakat apparatlarini shakllantiradi. Yurak mushaklari ham targ’il mushaklar hisoblanadi.
Odam va hayvonlarning targ’il mushaklari (yurak mushaklari bundan mustasno) MAT tomonidan to’liq boshqariladi, avtomatizm xususiyati bo’lmaydi, ya’ni MATning buyrug’i bo’lmasa ishlamaydi. Ular ixtiyoriy mushaklar deb ataladi, chunki odam xoxishiga bo’ysunadilar. - Odam va hayvonlarning targ’il mushaklari (yurak mushaklari bundan mustasno) MAT tomonidan to’liq boshqariladi, avtomatizm xususiyati bo’lmaydi, ya’ni MATning buyrug’i bo’lmasa ishlamaydi. Ular ixtiyoriy mushaklar deb ataladi, chunki odam xoxishiga bo’ysunadilar.
- Targ’il mushaklarning xossalari. Ko’ndalang-targ’il mushaklarning odam va umurtqali hayvonlarda uchta asosiy xossasi farqlanadi: 1. Qo’zg’aluvchanlik, ya’ni membranani ionlar uchun o’tkazuvchanligini o’zgartirib, ta’sirotga harakat potensiali vujudga keltirishi bilan javob berish qobiliyati;
- 2. O’tkazuvchanlik, ya’ni harakat potensialini tola bo’ylab tarqatish qobiliyati;
- 3. qisqaruvchanlik, ya’ni qo’zg’alish natijasida kaltalanish yoki o’z tarangligini o’zgartirish qobiliyati.
- Bu mushak tolasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uning protoplazmasida (sarkoplazmasida), tolaning uzunchoq o’qi atrofida joylashgan ko’pgina yupqa (diametri taxminan 1 mkm) iplarning, ya’ni miofibrillalarning mavjudligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |