Mavzu: psixikaning nerv-fiziologik asoslari



Download 259,5 Kb.
Sana24.08.2021
Hajmi259,5 Kb.
#155283
Bog'liq
MAVZU1

MAVZU: PSIXIKANING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Nerf sistemasining tuzulishi

  • Nerv sistemasining tuzilishi. Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar. Neyron. Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik. Diffuz nerv sistemasi.
  • Markaziy nerv sistemasi. Bosh miya. Orqa miya. Ketingi miya. O’rta miya. Oraliq miya. Oldingi miya. Uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi va miyacha. To’rt tepalik, qizil yadro va miyaning boshqa ba’zi bir uchastkalari. Vegetativ markazlar. Miya dastasi. Oldingi miyaning o’ng va chap yarim sharlari. Bosh miya yarim sharlari po’stining yuza qismlari. Bosh miya po’stining qismlari.

Markaziy nerf sistemasi

  • Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan. Orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida joylashgan bo’lib, nerv to’qimasidan tuzilgan va shaklan go’yo yo’g’on chilvirga o’xshaydi. Orqa miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o’ng va chap qismlarga bo’linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to’plami), o’rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to’plami) joylashganligini orqa miyaning ko’ndalang kesigidan ko’rish mumkin. Kul rang modda kesigi shaklan kapalakka o’xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi.

Bosh miyya va psixik funksiyalari

  • Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora etadigan bo’lib qoldi.
  • Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar ko’rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po’sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning funksiyasini pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o’xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta ag’darila boshlasa, u ag’anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag’nab tushsa, o’nglanib oladi. Shunday qilib, baqa miya yarim sharlaridan mahrum bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.

Asosiy tushuncha va atamalar

  • Nerv sistemasi, nerv hujayrasi, o’simtalar, qoplovchi pardalar, neyron, qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik, Diffuz nerv sistemasi, markaziy nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya, ketingi miya, o’rta miya, oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi, miyacha, qizil yadro, vegetativ markazlar, miya dastasi, o’ng va chap yarim sharlar, yuksak psixik funksiyalar.
  • 3.5. Rezyume
  • Xulosa qilib aytganda, psixikaning moddiy asosini nerv sistemasi hamda bosh miya tashkil etadi. Shu sababli, ya’ni psixik hayot hodisalarini tushunish uchun nerv sistemasining qanday tuzilganligini va ishlashini bilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Markaziy nerv sistemasi o’z navbatida bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan. Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo’lmay, balki ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan markaz ham hisoblanadi. Bosh miya kalla qutisida joylashgan bo’lib, go’yo orqa miya tepasidagi ustki qavat sanaladi.

NERV HUJAYRASI

Nazorat savollari

  • Psixikaning moddiy asosi nimadan iborat?
  • Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik deganda nimani tushunasiz?
  • Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda nimani tashkil etadi?
  • Diffuz tipda tuzilgan nerv sistemasining tarkibiy qanday?
  • Bosh miya bilan orqa miya birgalikda qanday nerv sistemasi deb yuritiladi?
  • Bosh miya qanday qismlardan tashkil topgan?
  • Miya dastasi yoki miya stvoli deganda nimani bilasiz?
  • Bosh miya po’sti nima va u necha qismdan iborat?
  • Bosh miya va psixik funksiyalar bir-biri bilan qanday o’zaro muvofiqlikni tashkil etadi?
  • I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir qanday ilmiy tekshirishlarni o’tkazgan?

Download 259,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish