Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik kursatish kunikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan mulokotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni okilona xal kilish, faoliyati natijalarini real baxolash, bilim, kunikma va malakani izchil rivojlantirib borish bulib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik kuzga tashlanadi.
Ular uzida kuyidagi mazmunni ifodalaydi:
a)peixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda soglom psixologik muxitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshka ishtirokchilari bilan ijobiy mulokotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni uz vaktida anglay olish va bartaraf eta olish;
b)metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jixatdan okilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini tugri belgilash, metod va vositalarni maksadga muvofik tanlay olish, metodlarni samarali kullay olish, vositalarni muvaffakiyatli kullash;
Do'stlaringiz bilan baham: |