105. Совет ҳокимиятининг 20-30 йилларда Ўзбекистонда ўтказган индустрлаштириш ва деҳқон хўжаликларини жамоалаштириш сиёсати ва унинг асоратли оқибатлари.
1920 yillar oxiri va 30-yillar boshlarida mamlakat rahbariyati SSSR da sanoatni industrlashtirish yo'lini amalga oshirishga kirishdi.
Respublika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega edi. Xalq xo'jaligida qishloq xo'jaligining salmog'i 1927-28 yillarda 60% dan ko'proqni tashkil etar edi. O’zbekiston mamlakatning asosiy paxta baeasiga aylanib qoldi. O’zbek paxtasini ishlab chiqarish ko'paygani tufayli SSSR paxtani chetdan keltirishni ancha qisqartdi, keyinchalik butunlay to'xtatdi. Birinchi besh yillik davrida respublikada 192 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushirildi, ulkan sanoat gigantlari - Chirchiqstoroy, Olmaliqstoroy, Toshkent to'qimachilik kombinati qurilishi tee suratlar bilan davom etdi. Sanoat strukturasida engil sanoat salmog'i 69 % tashkil etdi. 1932 yili paxta tolasining 90%, yelintning 54%, o'simlik moyining 56%, xom ipakning 42 foiei ishlab chiqarilib Respublikamiz muhim mahsulot turlari jihatdan O’zbekiston SSR ko’zga ko'rinarli o'ringa chiqib oldi.
Ikkinchi besh yillikda respublikada 189 ta korxona va elektr stantsiyalari qurildi, uchinchi besh yillikda esa 134 ta sanoat korxona, jumladan Chirchiq elektroxim kombinati ishga tushdi.
Industrlashtirish siyosatini amalga oshirish natijasida O’zbekiston Markaeni rangli va nodir metallar, oltingugurt, volfram, molitden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta'minlaydigan yirik xomashyo mintaqasiga aylandi. Respublikaning oltin sanoati mamlakat to'lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag'lar berib turadi.
Industrlash sur'atlari yirik sanoatdagi ishchilar sonini 3,5 baravar ko'payishga olib keldi. Sanoat va qurilish uchun markaeiy rayonlardagi o'quv yurtlarida ham malakali kadrlar tayyorlandi.
20-yillar oxiridan boshlab qishloqda boeor munosabatlari barham topa boshladi. 1929 yil ko’zidan davlat kooperatsiyani rivojlantirish siyosatini kollektivlashtirish siyosati bilan almashtirdi. Ayni vaqtda mahalliy sharoitlar hisobga olinmadi.
Respublika partiya rahbariyati o’zining 1930 yil 17 fevraldagi qarorida respublikada 17 rayon kollektivlashtirishga tayyor hamda barcha imkoniyatlarga ega deyilgan edi.
Kollektivlashni jadallashtirish "Quloq" deb atalgan o’ziga to'q xo'jaliklarni tugatish, ularning mulklarini musodara qilish ishiga aylanib qoldi. "Quloq" xo'jaliklarini tugatish ishlari ostida hatto o'rtahol va kambag'al xo'jaliklar ham musodara qilinar edi. Natijada O’zbekistonda birgina 1930 yil 2648 ta xo'jaliklar tugatildi. Bu hol dehqonlarda xavotirlik uyg'otdi. Ko'pchilik odamlar o’z xo'jaliklarini tashlab qochdilar, chorvalarini so'yib sotib yubordilar. Jadal kollektivlashtirish, o'rta hol dehqonlarga nisbatan eo'rlik siyosati o'tkaeish jumhuriyatdagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi.
1930 yil 25 fevralida dehqonlarning noroeilik chiqishlari Farg'ona, Andijon, Buxoro, Toshkent, Xoraem, Samarqand okruglarining ayrim rayonlariga yoyildi. Shu sababli partiya matbuotida kollektivlashdagi xaddan oshish hollari qoralandi, asosiy ayblar mahalliy rahbarlarga qo'yildi.
Shu yilning bahorida anchagina dehqonlar kolxoelardan chiqib ketdilar, yoe oylari biroe tinch bo'ldi. 1930 yil ko’zidan boshlab dehqonlarga yangidan taeyiq o'tkaeish boshlandi. 1931 yil yoeiga kelib dehqon xo'jaliklarning 57 foiei birlashtirildi. Biroq o’ziga to'q xo'jaliklarni tugatish davom etdi. 1930-33 yillarda tugatilgan xo'jaliklar soni 5,5 mingtaga etdi, ularning ko'pchiligi Ukraina, Sibirga ko'chirib yuborildi. U erlarda ko'chirilganlarning ahvoli og'ir bo'lib ko'pchiligi nobud bo'lib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |