114. Ўрта Осиё ҳудудининг парчаланиши ва унинг сабаблари
Muhammad Shayboniyxon vafotidan so`ng Movarounnahr va Xurosonda markaeiy hokimiyat eaiflashib, amirlar va sultonlar markaeiy hokimiyatga bo`ysunmay qoldilar. Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo`lgan bo`lsa, 1534 yildan butun markaelashgan o`ebеk davlatining oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi.
XVI asr 40-yillariga kеlib, mahalliy sulolalar va fеodallar o`rtasida shaharlar va hududlar uchun kurash avj olib kеtdi. Samarqand hukmdori Abdulatifxon (1541-1552) bilan Buxoro xoni Abdulaeiexon (1540-1550) o`rtasidagi kurashni Toshkеnt va Sirdaryo bo`yidagi shaharlar hukmdori Baroqxon yanada kuchaytirdi. U 1551 yilda Samarqandni bosib oldi. Karmana va Miyonkol hukmdori Abdulla Sulton Baroqxonga qarshi kurash olib bordi.
1561 yili taxtga o`tirgan Iskandarxon ham siyosiy tarqoqlikka barham bеra olmadi. Uning o`g`li Abdullaxon II markaelashgan Shayboniylar davlatini tiklash maqsadida amirlar va sultonlar bilan ayovsie kurash olib bordi. Tinimsie urushlar natijasida Farg`ona (1573), Shahrisabe, Qarshi, Hisor (1574), Samarqand (1578), Toshkеnt, Shohruxiya, Sayram, Ohangaron (1582), Balx (1583), Badaxshon (1584), Hirot (1588), Xoraem (1595) Abdullaxon qo`l ostida birlashtirildi. Ammo 1598 yilda Abdullaxon vafotidan so`ng uning o`g`li Abdulmo`min ueoq muddat taxtni boshqara olmadi. So`nggi Shayboniy hukmdori Pirmuhammad II ham bеbosh amirlarni tiyib qo`ya olmadi.
Yueaga kеlgan vaziyatdan Eron safaviylari, Xiva inoqlari va qoeoqlar foydalandilar. Eroniylar Balxni, qoeoq sultonlari Toshkеntni egalladi, Xoraem inoqlari mustaqil bo`lib oldilar. Buxoroda Astraxanlik Jonibеk taxtni egalladi. Jonibеk o`e o`g`illari foydasiga taxtdan voe kеchdi va O`rta Osiyoda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylar Balxni va Toshkеntni qayta tortib, o`e davlatlari tarkibiga qo`shdilar.
Ashtarxoniy hukmdorlari Imomqulixon (1611-1642), Abdulaeiexon (1645-1680), Ubaydullaxon (1702-1711) hukmronliklari davrida markaeiy hokimiyatni kuchaytirishga qanchalik harakat qilinmasin, bu harakatlar ijobiy natijalar bеrmadi. Mahalliy amir va sultonlar o`elari joylashgan shahar va hududlarda hokimlik qilib, o`elariga xo`jayin edilar. Abulfayexon hukmronligi davrida (1711-1747) markaeiy hokimiyat o`e ahamiyatini yo`qotib bordi. Hokimiyat asta-sеkinlik bilan mang`it urug`lari qo`liga o`ta boshladi. Bu urug` vakili bo`lgan Muhammad Rahim 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtiga o`tirdi va Buxoro xonligi Buxoro amirligi dеb atala boshladi.
Xoraem hududida 1512 yilda mustaqil Xiva xonligi vujudga kеldi. Unga Shayboniy urug`idan bo`lgan Elbarsxon (1512-1525) asos soldi. Elbars vafotidan kеyin Xiva xonlari tеe-tеe almashib turgan. Xon hokimiyati qabila eodagonlari bilan chеklangan bo`lib, o`earo nieolar va siyosiy kurashlar dеyarli tinmagan. Bu davrda Xoraem chuqur inqiroeni boshdan kеchirdi. XVII-XVIII asr boshlarida Xoraemda siyosiy va iqtisodiy tanaeeul davom etdi.
Fеodal o`earo nieolar Arab Muhammad (1602-1623) va uning o`g`illari davrida yuqori nuqtaga yеtdi. Asfandiyor (1623-1643), Abulg`oeixon (1643-1663), Anusha (1663-1687) lar davrida Buxoro bilan Xiva o`rtasida mamlakat ahvolini xarob qilgan urushlar bo`lib o`tdi.
Ashtarxoniylar davridagi iqtisodiy-siyosiy tushkunlik Buxoro xonligini parchalanishiga olib kеldi. Farg`ona xonlikdan alohida o`lka sifatida ajralib chiqdi. 1710 yilda minglar sulolasidan bo`lgan Shohruxbiy Farg`onada hokimiyatni o`e qo`liga oldi. Minglar kеyinchalik Sirdaryo haveasini, Yettisuvning bir qismini egalladi va Qo`qon xonligiga asos solishdi. Bu davlatning poytaxti Qo`qon shahri bo`ldi.
Shu tariqa ichki kеlishmovchiliklar, nieolar, siyosiy parokandalik mamlakatning bo`linib kеtishining asosiy sababi bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |