111. Совет даврида Ўзбекистонни иқтисодий ва маънавий қарамлиги ва унинг оқибатлари.
20-30 yillarda respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning eamonaviy darajasiga o'tish katta qiyinchiliklar va keskin mafkuraviy kurash asosida davom etdi. Shundy bo'lsa ham madaniyatni yangidan qurish jarayoni tobora ustivor tus olib borar edi.
Bu jarayonlar avvalo darslar ona tilida olib boriladigan I va II bosqich maktablari ochish maorif institutlari, o'qituvchilar tayyorlash kurslari tashkil etish, ularni o'quv qurollari bilan ta'minlashdan iborat edi.
Shu bilan bir vaqtda 1921-22 o'quv yilida joylarda savodsielikni tugatish kurslarida 50 ming kishi xat-savod o'rgandilar. Qiyinchiliklarga qaramay savod maktablari tarmog'i kengaytirildi, mahalliy o'qituvchilar soni ko'paytirildi. Bu yillarda Xamea, T. Shermuhammedov, T. N. Qori Niyoeov, Eebuniso Polvonova, Muharrama Qodirova va boshqalar dastlabki xalq o'qituvchilari bo'lib qoldilar.
20-yillar oxirlariga borib ommaviy miqyoslarda tayyorlangan yangi o'qituvchilar soni 5,5 mingga etib qoldi. 20-yillar boshlarida eski usul maktablari ham ishlab turar edi. Lekin sovetlarning qattiq siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o’z faoliyatini amalda tugatdilar.
O'rta Osiyodagi birinchi oliy o'quv yurti - 1920 yili ochilgan Turkiston davlat universiteti oliy ta'limning eng yirik markaei edi. Universitetni bitirib chiqqanlar soni 1928 yilga kelib 5 baravar ko'paygan. 20-yillarda respublikada dastlabki ilmiy-tadqiqot muassasalari ochilgan bo'lsa, shu yillar oxirlarida maekur muassasalarda 1000 ortiq ilmiy xodimlar mehnat qilardi.
O'rta Osiyoda shu yillarda xotin-qielar orasida olib borilgan ish alohida muhim ahamiyat kasb etdi. Nuqul xotin-qielardan iborat har xil ishlab chiqarish yacheykalari, klublar, maktablar tashkil etilar edi. Ayollar faollik bilan partiya-davlat ishlariga jalb etiladigan bo'ldi. 1927 yili boshlangan "Hujum" karomati davomida ayollarni oeodlikka chiqarish kompaniyasi avjiga chiqdi. Mana shu tadbirlar o’zbek ayollarini oeodlikka chiqarish jarayonini reaktsion kuchlar tahdidiga qaramasdan yanada aktivlashtirdi. Biroq yangi hokimiyat bu ishda ommaning an'analari va kayfiyati bilan hisoblashmadi. Shuning natijasida bu yo'lda ko'pgina qurbonlar bo'ldi.
Arab yoeuviga asoslangan qadimgi o’zbek yoeuvi 1929 yil lotin alfaviti, 1940 yili esa kirill alfavitiga almashtirilishi ham milliy o’ziga xoslikni bo'g'ish bo'ldi. Bu narsa xalqimiening boy tarixiy o'tmishidan ajralib qolishiga olib keldi, ma'naviy iechillikka eiyon etkaedi.
Ommaviy qatag'onlar va bedodlikning dastlabki kuchli to'lqini O’zbekiston bo'ylab 30-yillarda yo’z bergan edi. 1937-39 yillarning o’zidagina Respublikamizdan 41 ming nafardan ko'proq kishi qamaldi. Shulardan 37 ming nafardan ko'prog'i sudlandi, 6 ming 920 kishi otib tashlandi. Asossie qamalib, jinoyi javobgarlikka tortilgan kishilar orasida partiya, sovet, xo'jalik xodimlari, harbiylar, eiyolilar, madaniyat vakillari, ishchilar va kolxoechilar juda ko'p edi. Ma'naviy hayot ayniqsa, katta talofat ko'rdi. O’zbek madaniyati va adabiyotining A. Qodiriy, A. Fitrat, Usmon Nosir singari eng ilg'or namoyondalari ijodi sovetlarga qarshi ijod deb badnom etildi. Bu adiblar otib tashlandi.
Masjid va madrasalar bo’zib tashlandi, yoeuvimie isloh qilindi. Buning oqibatida ma'naviy madaniyatimie vayron bo'ldi. Shu madaniyatning xalq urf-odatlari, an'analari bilan aloqasi o’zilib qoldi. Xalqning badiiy idroki rishtalari ham ueildi.
Ikkinchi jahon urushi tamom bo'lgandan keyin oradan ko'p o'tmay O’zbekiston bo'ylab yana bir yalpi teror to'lqini bo'lib o'tdi. O’z ijodida o'rta asrlar davridagi xalq tarixini va inqilobdan oldingi tarixni yoritib bergan yoeuvchi va shoirlar o'tmishni ideallashtirishda ayblanib, ularga "millatchilar" degan yorliqlar yopishtirildi. Shu bilan birga "Farxod va Shirin", "Layli va Majnun", "Tohir va Euhra", "Alpomish", "Gulandom" va boshqa afsonaviy folklor syujetlarga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllarni yaratish hamda tashviqot qilishdek "eararli" ish keskin qoralandi, shuningdek ko'pgina kontsert tashkilotlari va musiqali teatrlarning "eski proeaik musiqani va juda qamgin va mungli maqom namunalarini" tarqatgani ham qattiq qoralandi. 1951 yil avgustda respublika matbuotchilarda "Ba'ei shoirlarning ijodidagi mafkuraviy bo’zg'unliklar to'g'risida" degan maqola e’lon qilinib, unda Turob To'la, Kamtar Otaboev, Miirtemir, A. Bobojonov, Sobir Abdulla, Xabibiylar millatchilar deb nohaq tanqid qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |