1980-yillar tarjimashunoshlik deb atalgan va tez qanot yoyib borayotgan fan uchun kuchayish davri bo‘ldi


XVI asrda tarjima qilingan asarlar



Download 198,99 Kb.
bet26/43
Sana14.09.2021
Hajmi198,99 Kb.
#174298
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Shpargalka Tarjima tarixi

5.5. XVI asrda tarjima qilingan asarlar

XV asr oxiri va XVI asr boshlarida shayboniylar sulolasi davri bosh­lanadi. Shayboniylar Shaybon ulusidan bo‘lib, ba’zan ularni “dash­ti qipchoqliklar” deb ham ataydi. Yoyiq (Ural) daryosidan Sharq­da Sirdaryo bo‘ylarigacha cho‘zilgan yerlarda barpo bo‘lgan ulus “shay­bon” deb atalardi. Bu ulus ko‘chmanchi o‘zbeklar edi.

Shayboniyning maqsadi faqat qozoq xon­li­giga zarba berishgina bo‘lmay, butun O‘rta Osiyoni o‘z qo‘li osti­ga olish edi. Shu maqsadda Shayboniy o‘zining sharqiy qo‘shnisi – Mo‘­g‘u­lis­ton bilan harbiy ittifoq tuzadi va 1480 yilda qozoq xonligi tepasiga chiqqan Burunduqqa zarba bera boshlaydi. XV asrning 90-yil­lari­da Shayboniyxon Dashti Qipchoqning Janubiy qismlarini, Quyi Sir­daryo havzasidagi O‘tror, Sayram, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni bosib oladi. Shayboniyxon 1499 yilda Movarounnahrga otlanadi. Mayda-may­da temuriy davlatlariga bo‘linib ketgan Movarounnahr kuchli Shaybo­niy lashkarlari oldida qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shayboniyxon 1500 yilda Samarqandni oladi. Bobur Shayboniyga qarshi yurish qilib, Sa­mar­qand­ni qayta qo‘lga kiritadi, lekin Shayboniy 1501 yilda yana hu­jum boshlab, Bobur qo‘shinlarini shahardan siqib chiqaradi. Shaybo­niy lashkar­lari 1504 yilda Xorazmni, 1507 yilda Hirotni ishg‘ol qiladi, Xu­ro­son, Ozarboyjon, Bag‘dodgacha bo‘lgan yerlar qo‘liga o‘ta­di.

Bobur 1511 yilda shoh Ismoildan ko‘mak olib, Movarounnahrga hujum boshlaydi, ammo u ma’lum muvaffaqiyatlarga erishsa ham, shayboniylardan Ubaydulla (Shayboniyning jiyani) 1513 yilda unga va eron askarlariga qattiq zar­ba beradi. Oqibatda Bobur Kobulga qochib borib, u yerda katta askar to‘playdi va Hindistonga hujum qiladi. Bobur 1525 yillardan boshlab Shimoliy Hindistonni o‘ziga qaratib oladi. Bobur tuzgan davlat “Buyuk mo‘g‘ullar” imperiyasi nomi bilan atalib, to XIX asrgacha yashab kelgan.

Ubaydullaxon ham shoir va tarjimon edi, u arab va fors tillarini o‘zining ona tiliday bilardi. U uch tilda: o‘zbek, fors va arab tillarida she’rlar yozgan (“Ubaydiy” – uning adabiy taxallusidir). 1530 yilda otasi Ko‘chkinchixon (Shayboniyxonning amakisi) o‘lgach, Ubaydullaxon uning o‘rniga xon bo‘ldi va 1539 yilda Buxoroda vafot etdi. Ubaydiyning kulliyoti (asarlar to‘plami) bizgacha yetib kelgan. Uning nomi “Kitobi kulliyoti zarb Ubay­dullaxon” (Ubaydullaxon asarlarining to‘plami) bo‘lib, o‘z ichiga tojikcha yozilgan she’rlarning devoni, arabcha yozilgan she’rlar (maqolot), o‘zbekcha she’rlari (hikmat), g‘azal va boshqa asarlari kirgan. Arab tilidan hadisni o‘zbek tiliga o‘girgan tarjimon shoir Ubaydiy edi. Uning otasi Ko‘chkinchixon (1510-1530 yillarda xonlik qilgan) davrida bir qancha tarix kitoblari tar­jima qilindi. Rashididdinning “Jomeut-tavorix” asarini va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sini buxorolik Muhammad Ali bin Darvesh Ali tarjima qilgan. Quyida o‘sha asarning tarjimoni Darvesh Alining kitobga yozgan bosh so‘zini keltiramiz:

Abdullaxon (1557-1598) shayboniylar sulolasining so‘nggi xonlaridin biri edi. Uning vafotidan so‘ng Xorazmda mustaqil xonlik barpo bo‘ldi. 1599 yilda qariyb bir asrga yaqin hukm surgan shayboniylar sulolasi o‘rnini Movarounnahrda ashtarxoniylar sulolasi egalladi. XVII asr boshlarida ikki xonlik (Buxoro, Xorazm xonligi) barpo bo‘ldi. Abdullaxon zamonida qanday badiiy asarlar tarjima qilingan va qanday tarjimonlar yashab ijod qilganligi ma’lum emas. 1585 yilda “Hadoyiqul-islom” (Islom bog‘lari) nomli asar (1445 yilda yozilgan) tojik tiliga ag‘darilgan. Tarjimoni ma’lum emas. Uni Xalil bin Muhammad kotib ko‘chirgan. 1585 yil tarjima qilingan asarlardan biri “Tafsiri Ya’qub Charxiy” (inv.№7180) bo‘lib, Sanjar Maxmud Sulton farmoyishi bilan hoji Hamadoniy o‘zbek tiliga o‘girgan.



Download 198,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish