18.3-jadval
An’anaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari
Xususiyatlar
|
An’anaviy ish joylari
|
Virtual ish joylari
|
|
Doimiy, barcha xodimlar uchun
|
|
Amal etish vaqti
|
bir xil, masalan soat 9 dan 18
|
Xodim uchun eng maqbul paytda
|
|
gacha
|
|
Ish o‘rnining
|
Qoida bo‘yicha, korxonada,
|
Xodim uchun eng maqbul joyda
|
joylashishi
|
tashkilot va muassasa idorasida
|
|
Amal etish muddati
|
Asosan uzoq muddatli
|
Asosan qisqa muddatli,
|
shartnomada ko‘rsatilishicha
|
|
|
Ish beruvchi
|
Asosan bitta
|
Ko‘pincha bir nechta
|
|
|
|
|
Mehnatga haq to‘lash
|
Vaqtbay va soatbay
|
Soatbay
|
shakli
|
|
|
«Raqamli iqtisodiyot»da ish bilan bandlik noodatiy deb nomlanayotgan mehnat faoliyatini yuzaga chiqardi. Noodatiy mehnat faoliyati va ish bi-lan bandlik iqtisodiy adabiyotda keng talqin etiladi. Ular shakli bo‘yicha mehnat shartnomalarini tuzish (shoshilinch bitimlar, qisman ish bilan ban-dlik va hokazolar) mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqt (kun, hafta, oy), mehnat funksiyalari (masalan, loyihada ishlash) bo‘yi-cha tahlil etiladi. Shu bilan birga noodatiy mehnat faoliyati va ish bilan bandlikda o‘z faoliyatini Internet orqali amalga oshiradiganlar o‘zini o‘zi band qilganlar xos toifasiga kiritilmoqda.
Noodatiy ish bilan bandlikda, eng avvalo, raqamli iqtisodiyotda Inter-netda ish bilan bandlik ommalashib boryapti. Ayni paytda xodimlar o‘rta-sida mehnat bozorida raqobat tobora keskinlashyapti va mehnat taqsimoti kuchaymoqda. Bunday mehnat faoliyati ishni uyda (teleish), mijozning xudu-dida (xizmat ko‘rsatish), xizmat vazifasini bajarish uchun boshqa xududlar-da (ko‘rgazmalar, anjumanlar) tashkil etish turlarini paydo qildi. Germa-niyada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar xozirgi paytda xodimlarning 30,0 % korxona yoki muasasa xududidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshi-rayotganligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning har 5 nafaridan 4 tasi ish joylarining texnologik jihozlanishi tubdan o‘zgarganligini ko‘rsatdilar. Shuningdek, mehnat vazifalarini bajarish sur’atlari keskin ortmoqda. Mobil vositalar orqali xodimlarga topshi-riqlar darhol yetkazilmoqda.
Kelajak ish kuchi uchun eng muhimi axborot texnologiyalarini egallash hisoblanadi. Ushbu texnologiyalarni faqat tor mutaxassislargina emas, turli kasbdagi barcha xodimlar egallashi zarurati tug‘ilmoqda. Bu jarayon «malakaning yangilanishi» nomini oldi. Jumladan, hozirgi davrda rivo-jlangan davlatlarning kompaniyalarida mehnat funksiyalarini bajarishda Internet texnologiyalaridan tobora keng foydalanilmoqda. Masalan, Ger-maniyada xodimlarning 80 % raqamli texnologiyalarni egallagan. Bu malaka raqamli savodxonlik nomini oldi. Bu yangi texnikaviy vositalar va u bi-lan bog‘liq axborot va kommunikativ tarmoqlardan malakali foydalanishni
anglatadi.
Raqamli iqtisodiyotda endilikda ishsizlik avvalgi ma’nosini o‘zgar-tirmoqda, chunki hozirgi paytda raqamli texnologiyalar orqali ish joyla-ri emas, balki mehnat faoliyati topshiriqlari taqsimlanmoqda (masalan, kimoshdi vositasida).
Raqamli texnologiyalar xodimni yuqori malaka va bilim bilan birga
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni va mehnat faoliyatini muxtor ravishda amalga oshirishni talab qilmoqda. Endilikda xodim o‘z mehnat faoliyati-ni o‘zi tartibga soladi, uning natijalari va mehnatiga xaq to‘lash Internet rqali taqdim etilayotgan takliflardan kelib chiqqan holda amalga oshiri-ladi. Ayni paytda xodimning mehnat faoliyatining tashqi nazorati uning o‘zini jalb etmagan holda ma’lumotlar, hisobotlar orqali amalga oshirila-di.
Virtual ish joylarining boshqa afzalliklari ham ko‘p. Jumladan, ushbu usul mehnat jarayoniga qo‘shimcha ravishda nogironlar, farzandlarini parva-rish qilayotgan ayollar, talaba yoshlarni jalb etish orqali ish bilan bandlik-ni rivojlantirish, mehnat bozorini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Ayni paytda ish kuchi ortiqcha bo‘lgan mintaqalardagi aholi boshqa joyda, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar ish beruvchilari bilan shartnoma asosi-da mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Virtual ish bilan hozirgi paytda, jumladan, AQShda 20 mln, Yevropa It-tifoqida esa 4 mln kishi band. Amerikalik ekspertlarning hisoblab chiqi-shicha, agar mamlakatda xodimlarning 10,0–20,0 % virtual ishga o‘tkazilsa, har yili 23 mlrd AQSh dollari tejaladi, avtomobillarga ishlatiladigan 13 mln tonna yonilg‘i iqtisod qilinadi, ish joyiga borish va uyga qaytish uchun 3 mlrd soat behuda yo‘qotilmaydi1. Bunday mehnat faoliyati turlariga loyiha-konstruktorlik, tahliliy, buxgalteriya va boshqa ko‘pgina ishlarni bajarish kiradi.
«Citrix Global Index Workshifting» tomonidan jahondagi axborot texnolo-giyalari kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar ularning 37,0 % ida mehnat faoliyatining bunday shakli qo‘llanilayotganligini, so‘rovda ishti-rok etganlarning 93,0 % esa ana shunday xodimlarni idoradan tashqarida ishlashga o‘tkazish niyatlari borligini ko‘rsatdi2. Bunday usul mehnat faoli-yatini insonparvalashtirish, xodimga o‘z ish va dam olish vaqtini mustaqil rejalashtirish kabi qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
O‘zbekistonda ham aholini virtual ish bilan ta’minlash istiqbollari katta. Shuning uchun, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda. 2017 yilning o‘zida mamlakat-da Internetdan foydalanuvchilar soni ikki baravarga ortdi va 14,7 mln ki-shini tashkil etdi. Mintaqalarda 18,3 mingta baza stansiyalari o‘rnatilgan. «Elektron hukumat» faoliyati kuchaytirilib, u orqali ko‘rsatilayotgan xiz-matlar turlari va hajmi muttasil ortib bormoqda.
Xalqaro elektr aloqa uyushmasi O‘zbekistonni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etdi. O‘zbekiston Xalqaro elektr aloqa uyushmasining reytingida 2017 yilning o‘zida jahon mamlakatlari o‘rtasida birdaniga 15 pog‘onaga ko‘ta-rildi.
Mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda AQSh va Fransiyaning «Alcatel Lucent», Yaponiyaning «NEC Corporation» va «Sumitomo Corporation», Xitoyning «Huawei Technologies» va «ZTE Corporation», Janubiy Koreyaning «KT Corporation», Shvesiya va Norvegiya-ning «Telia Sonera», Finlyandiya va Germaniyaning «Nokia Siemens», Rossiya-ning «VimpelKom» kompaniyalari O‘zbekiston bilan innovatsion hamkorlik qilmoqda. 2021 yilga borib mamlakatda yana 270 ming kilometr optik-tolali aloqa tarmog‘ini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Nazariy va muhokama uchun savollar
1.Harakatlar strategiyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi va mehnat iqtisodiyotidagi mohiyati
2. «Raqamli iqtisodiyot» – taraqqiyotning muhim omili
3. «Raqamli iqtisodiyot» asosida ish bilan bandlikka ko‘maklashish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |