18-mavzu. O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida mehnat munosabatlari Reja



Download 199,38 Kb.
bet1/8
Sana29.01.2022
Hajmi199,38 Kb.
#419000
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-Маьруза (1)


18-mavzu.O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida mehnat munosabatlari
Reja:

18.1.Harakatlar strategiyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi va mehnat iqtisodiyotidagi mohiyati


18.2. «Raqamli iqtisodiyot» – taraqqiyotning muhim omili
18.3. «Raqamli iqtisodiyot» asosida ish bilan bandlikka ko‘maklashish
Tayanch so`zlar : jahon bozori,kon’yunkturasi,globallashuv sharoitida raqobat borayotganligi hisobga,holda mamlakat-ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,strategiya
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.


18.1.Harakatlar strategiyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi va mehnat iqtisodiyotidagi mohiyati

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, makroiqtisodiy barqaror-likni, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash choralari ko‘rildi, kichik biznes va xu-susiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imko-niyatlar va qulay sharoitlar yaratildi.


Jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganligi hisobga olingan holda mamlakat-ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bosib o‘tilgan taraqqi-yot yo‘lining, mavjud muammolarning chuqur tahlil etilishi natijasida bugungi sharoitda amalga oshirilayotgan islohotlarga mutlaqo yangicha zamonaviy yondashuvlar talab etilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribani tah-lil etish, shuningdek, keng jamoatchilik fikrini o‘rganish natijasida mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini li-berallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga yo‘nal-tirilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti­ rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.


O‘zbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyo reytin-gida 187 mamlakat o‘rtasida 141-o‘rinni egallaydi.


Mamlakatda elektr uzatish tarmoqlari eskirib ketganligi oqibati-da 15­–20 % elektr energiyasi iste’molchiga yetib bormasdan, tarmoqning o‘zida behuda yo‘qotiladi. Respublikada yiliga gaz ishlab chiqarish hajmi ­55–57 mlrd kub metrni tashkil etgani holda, mazkur soha ko‘p yillar davo-mida modernizatsiya qilinmagani tufayli «zangori olov»ning 20–23 % ham boy beriladi.


Shuningdek, iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘o-yalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ma’lum bo‘lib qoldi. Yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xatolar, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan innovatsiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishda orqada qolish iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida to‘siqqa aylandi.

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ja-rayonida «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xiz-mat qilishi kerak», degan g‘oya hayotga izchil tadbiq etilmoqda. Xalq bilan yaqindan muloqot qilish tizimining asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolar-ning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifa-tida amalda o‘zini to‘la oqlamoqda. Ular O‘zbekistonda xalq hokimiyati nomi-gagina emas, amalda joriy etilayotganini ko‘rsatmoqda.


Mamlakatda milliy iqtisodiyot mutlaqo yangi asosda tashkil etilmoqda, uni yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifi-katsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. 2017 yilning o‘zida qo‘shimcha 1,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi fao-liyati yo‘lga qo‘yildi, yana 50 ta yangi sanoat zonasi tashkil etilmoqda.


Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida paxta-to‘qimachilik klasterla-rini yaratish doirasida paxta xomashyosini bozor talablari asosida yetishti-rish, narx-navoni shakllantirish va sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba boshlandi. Ushbu tajribani mamlakat miqyosida yoyish 1,4 mln tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniyatiga ega mamlakat to‘qimachilik sanoati ehti-yojini qondirish, qimmatli xomashyoning asosiy qismini O‘zbekistonning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga yiliga 10–15 mlrd AQSh dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish im-koniyatlarini ishga solish choralari ko‘rilmoqda.


Shahar va qishloqlarda 2017 yilda jami 3,5 mln kvadrat metrdan ziyod uy-joylar qurish dasturi boshlangan, 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘p namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi.


O‘zbekiston bir yil ichida 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar bilan 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishib, buning natijasida qa-riyb 60 mlrd AQSh dollari hajmida savdo va sarmoyaviy shartnomalar im-zolandi, ular ijrosini ta’minlash maqsadida 40 ta «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi


Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning birinchi yilida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 % ni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15,0 % ga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 mln AQSh dollariga yetdi. Davlatning oltin-valyuta zaxiralari 2017 yilning o‘zida 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Milliy valyutani erkin konvertatsiya qi-lishga kirishildi.


Milliy iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlar qisqartiril-moqda. Samarasiz va zarar bilan ishlaydigan korxonalar xususiylashtiri-lib, raqobatni kuchaytirish uchun monopoliyalarga barham berilmoqda, ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tilmoqda. Hu-dudlarda zamonaviy ishlab chiqarishlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun davlat-ijtimoiy sheriklik munosabatlari yo‘lga qo‘yilmoqda.


Ijtimoiy sohada aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pen-siya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha amaliy cho-ralar ko‘rilmoqda. Aholiga qulay, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘r-satishga e’tibor kuchaytirilmoqda.


Mehnat iqtisodiyotida har bir rahbar xodimning o‘zi ishlaydigan joy-da javobgarlikni zimmasiga olib, mehnat samaradorligi uchun fundamental maqsadlar va xodimlar manfaatlarini himoyalashga ko‘maklashuvchi vazifa-lar ustuvorligini yaqqol ko‘ra bilish bilan maqsadlar sari boshlashi – stra­ tegiyaning vazifasi hisoblanadi.


Strategiya bu strategik fikrlash, chuqur bilim va intuitsiya asosida muhitning kelgusi shartlarini mavjud prognozlar yordamida tizimli tah-lil qilish natijasidir.

Strategiyaga korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar tomonidan bosh maqsadga erishish uchun tashkilot oldida turgan va-zifa va muammolarni oldindan ko‘ra bilgan holda hal etishning va buning uchun zarur resurslarni maqsadli taqsimlashning umumiy konsepsiyasi si-fatida qaramoq kerak.


Har bir iqtisodchi, shu jumladan, mehnat iqtisodchisi uchun strategiyaning birinchi qonuni vaqtdan yutish qonunidir. Istiqbolli strategiyani amalga oshirish qancha barvaqt boshlansa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.


Strategiyaning ikkinchi qonuni – mutlaq raqobat ustunligiga erishish-dir. Strategik g‘oya jahondagi tovarlar bozorlarida ham, mehnat bozorida ham raqobat nihoyatda keskinlashgan hozirgi vaziyatda uzoq muddatli raqobat ustunligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.


Strategiya strateglar tomonidan ishlab chiqiladi. Akademik V. L. Kvint-ning ta’rifiga ko‘ra, «Strateg – bu strategiyalash metodologiyasiga suyangan holda strategik fikrlaydigan, kelajakni ko‘ra biladigan va his eta oladi-gan, zukko, intizomli va optimistik ruhdagi professionaldir. Strateg yangi global qonuniyatlarni tezda ilg‘ab oladi, strategiyalash ob’ektining muvaf-faqiyati va maqomini oshirish uchun uning fundamental qadriyatlari va man-faatlari xususida chuqur bilimlarni egallaydi»1.


Mamlakatning mehnat iqtisodiyoti bilan shug‘ullanuvchi strateglari sa-lohiyatli voqealarni ko‘ra bilishi va ularni strategiyalash bo‘yicha fikrlash quvvatiga ega bo‘lishi; ularda strategiya amalga oshiriladigan va strategi-yalash ob’ektini muvaffaqiyatga yetaklovchi kelajakning siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ekologik va boshqa shartlarini oldindan belgilagan holda, o‘zi-ni kelajak sharoitlarida his qila bilishi zarur. Ular strategik rejaning amalga oshirilishi monitoringini olib borishga, shuningdek, mehnat soha-sida ham ish faoliyati olib borayotgan xodimlar oldida ko‘zda tutilmagan ko‘ngilsizliklardan saqlanish yo‘llarini aniqlashga, bunday holatlar yuzaga kelgan holda ularning salbiy ta’sirini kamaytirishga, yuz berishi muqarrar bo‘lgan to‘siqlar va asoratlarni qanday yengib o‘tish kerakligini aniqlashga qodir bo‘lishlari kerak.




Strateglar mamlakat miqyosida yoki xududlarda aholi bilan ish olib bo-radigan xodimlar bo‘lib, ular strategik tafakkuri tufayli mutlaq yangi g‘o-yalarni ilgari surishga qodir o‘ta iste’dodli shaxslar bo‘lgani holda, ana shu innovatsiyalarni amalga oshirish yetakchilari, ya’ni liderlaridir.


Xar qanday jamoa orasida ajralib chiqqan yetakchi, ya’ni lider – menej­ ment tizimining birinchi unsuri bo‘lib, u o‘z jamoasini kelajakka yetaklov-chi o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatuvchidir. Ayni paytda u nafaqat o‘ziga itoat etuv-chilarni, balki jamoa va fuqarolarni birlashtiradigan, ularni safdosh qiladigan tashkilotchi hamdir. Lider – muayyan darajada strategiyani jon-lantiruvchi yetakchi sanaladi. Liderlik, aslida, strategiyani amalga oshirish nazariyasi va amaliyotining eng muhim tarkibiy qismidir.


Mehnat iqtisodiyoti fan sifatida, asosan, menejerlar tayyorlash dastu-riga keng o‘rin beradi. Bu jihatdan menejer kadrlar strateglar tomonidan ilgari surilgan innovatsiyalarni, liderlar yo‘lboshchiligida belgilab be-rilgan vazifalar ijrosini ta’minlovchilardir.


Strategiya o‘zining asosiy maqsadiga oraliq taktik vazifalarni hal etish natijasida erishadi. Strategiyani amalga oshirishning asosiy vositasi tak­ tika hisoblanadi. Taktikani strategiyaning asosiy maqsadini amalga oshi-rishning «yo‘l xaritasi» deb atash mumkin.


Siyosat, strategiya va taktika – strategik rahbarlik va boshqaruv jihatla-ri bilan bog‘liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ular quyidagicha farqlanadi: strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo‘lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan ob’ektning yo‘l ko‘rsatuvchisiga, mayog‘iga aylanadi; taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yi-cha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi; siyosat – bu strategiya va taktikaning yagona sama-rali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir. Boshqacha­ aytganda:


Strategiya + Taktika = Siyosat.1


Strategiyani shakllantirish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi (19.1-rasm).







Download 199,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish